Reja epidemiya va


Download 30.62 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi30.62 Kb.
#1473226
  1   2   3
Bog'liq
EPIDEMIYA5


REJA

  1. Epidemiya va Pandemiya haqida

  2. Pandemiya bilan yuzma-yuz

  3. Dunyoda epidemiyalar tobora ko‘paymoqda. Nima uchun?




Epidemiya (epi... va yun. yeto — xalq) — infeksion kasalliklarning maʼlum hududda odatdagidan koʻp tarqalishi. Endemiya epidemiyasi va pandemiya epidemiyasi farqlanadi. Infeksiya manbai (kasallik qoʻzgʻatuvchisi bilan zararlangan odam yoki hayvon), qoʻzgʻatuvchining yuqish sabablari, shuningdekorganizmning mazkur kasallikka beriluvchanligi uzoq vaqt saqlanganda epidemiya vujudga keladi va davom etadi. Bunda tez kasallik oʻchogʻini topib, atrofidagi aholining xavfsizligini taʼminlash, kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarning bemorlardan sogʻlom odamlarga oʻtish yoʻllarini bartaraf etish (masalan, oʻlat epidemiyasida kemiruvchilarni yoʻqotish, bemorlarni ajratib qoʻyish) va kasallikka beriluvchan kishilarni emlash choralari koʻriladi. Bunda, albatta, dezinfeksiyadesinseksiya, bemorlarni alohidalash kabi tadbirlar ahamiyatlidir. Insoniyat duch kelgan pandemiya rejalarimizni buzib yubordi, iqtisodiyotga qaqshatqich zarba berdi, xalqaro aloqalarni muzlatib, xalqlarni o‘z hududlaridagi uylariga qamab qo‘ydi.
Pandemiya (yun. pandemos — yoppasiga, xalqaro) — epidemik kasallikning bir mamlakat, bir necha mamlakat, qitʼa yoki kontinentda yoppasiga tarqalishi. Pandemik tarqalish havo-tomchi yoʻli bilan yuqib, inkubatsion davri qisqa yuqumli kasalliklarga xos. Gripp kasalligi bunga misol boʻla oladi.[1]
Yaqin oylarda pandemiya tugashini kutishga hatto umid ham yo‘q. Virus tobora avjiga chiqmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 21 oktyabr holatiga dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 40,5 milliondan oshib, ulardan 1,12 milliondan ortig‘i vafot etdi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish bu raqamning hayratomuz va dahshatli ekanini bayon etdi.
Albatta, har bir mamlakat o‘z kuchi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish siyosatini olib bormoqda. Bu borada kasallangan va vafot etganlar bo‘yicha past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan davlatlarning tajribasini o‘rganish muhimdir.

Download 30.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling