Reja: Erimalar haqida umumiy tushuncha Eritmalar xossalari


Download 7.96 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi7.96 Kb.
#1780947
Bog'liq
MirzadillayevaZiyoda 77.22 fizik-kimyo


TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
MUHANDISLIK FAKULTETI
“FIZIK KIMYO”FANIDAN
MUSTAQIL ISH TAQDIMOTI
BAJARDI: 77-22 GURUH TALABASI
MIRZADILLAYEVA ZIYODA
TEKSHIRDI: NORBOYEVA MADINA

Mavzu: eritmalarning xossalari. Moddalarning molekulyar massasini krioskopik usulda aniqlash.

REJA:

1.Erimalar haqida umumiy tushuncha

2.Eritmalar xossalari

3.Krioskopik usulda erigan modda molekulyar massasini topish


Eritmalar — tarkibida ikki yoki undan ortiq moddalari bor bir jinsli sistemalarga aytiladi. Ayni moddalar orasida turli xil fizik va ximik o’zaro ta’sirlar ham bo’lishi mumkin. Eritmada qaysi moddaning miqdori ko’p bo’lsa shu modda erituvchi hisoblanadi.
Masalan, biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar ikki modda bir-birida erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa, eritmada miqdori koʻproq komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu moddalarning qaysi biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni erituvchi deb olinadi.

Eritmalar erigan modda zarrachalarining katta kichikligiga qarab uch guruhga

Eritmalar erigan modda zarrachalarining katta kichikligiga qarab uch guruhga

bo’linadi:

1. Chin eritmalar – 1 nanometr

2. Kolloid eritmalar – 1-100 nanometr

3. Dag’al dispers eritmalar – 100 nanometrdan yuqori


Eritmalar agregat holatiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:
  • Gazlar aralashmasi (havo) eritmalar
  • Suyuq eritmalar
  • Qattiq eritmalar

  • Suyuq eritmalarga gazlarning suyuqlikdagi , suyuqliklarning suyuqlikdagi va qattiq moddalarning suyuqlikdagi eritmalari deyiladi.

Eritmadagi diffuziya hodisasi , osmos xodisasi, eritmalarning bug’ bosimi, muzlash va qaynash temperaturalari va hokazolar eritmaning xossalari hisoblanadi.
Bir modda zarrachalarining ikkinchi modda ichida taqsimlanishini ta‘minlovchi jarayonni diffuziya deyiladi. Agar yuqori   kontsentratsiyali eritma olib, uning ustiga ohista suv quyilsa, erigan modda zarrachalari suvga o’ta boshlaydi va eritma bir xil kontsentratsiyali bo’lishga intiladi. Eritmalarda diffuziya hodisasining puxta o’rganish natijasida quyidagi qonuniyatlar chiqarilgan;
- eritmalarda diffuziya jarayoni juda sust boradi; diffuziya tufayli zarrachalar kontsentratsiyasi yuqori bo’lgan joydan kontsentratsiya kam bo’lgan joyga o’tadi va, nihoyat, sistema bir xil kontsentratsiyaga erishadi;
- eritmalarda diffuziya tufayli og’irlik kuchi ham yengiladi; diffuziya tufayli ikkala modda zarrachalari bir-birining orasiga kiradi.
Osmos hodisasi
Agar erituvchi bilan eritma o’rtasiga yarim o’tkazgich parda (membrana) qo’yilsa, bu parda orqali erituvchi zarrachalari eritmaga o’tib, uni suyultira boshlaydi
Erituvchi zarrachalarining yarim utkazgich pard orkali utis jarayoni osmos deyiladi. Erigan modda zarrachalari yarim o’tkazgich parda orqali o’ta olmaganligi sababli unga urilib ko’rsatadigan bosimi osmotik bosim deb ataladi. Bu bosim ta‘sirida yarim o’tkazgich parda yirtilib ketishi ham mumkin, chunki eritma yetarli darajada kontsentrlangan bo’lib, yarim o’tkazgich parda uncha baquvvat bo’lmasa bu vaktda vujudga keladigan osmotik bosim bir necha o’n, hatto yuz atmosferaga yetishi mumkin.
ERIGAN MODDANING MOLEKULYAR MASSASINI KRIOSKOPIK USULDA ANIQLASH
Laboratoriva ishini baiarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar: kendal kolbasi,shtativ, elektr isitgich, termometr, benzoy va salitsil kislotalar.
Rasta usuli bo‘yicha erigan moddaning molekulyar massani aniqlashda erituvchi sifatida benzoy kislotadan foydalaniladi. Benzoy kislotaning krioskopik konstantasi K=8,788 ga teng bo‘lib, uning muzlash haroratlari farqini oddiy termometr yordamida o‘lchash mumkin.
Laboratoriya ishini baiarish tartibi: Tajriba o'tkazish uchun benzoy kislota va salitsil kislotalardan jadvalda berilgan nisbatda (3- jadval) aralashma tayyorlab olinadi. Ingichka quruq shisha kapillyaming bittasiga ma’lum nisbatda benzoy kislota va salitsil kislotadan iborat aralashmadan, ikkinchisiga toza benzoy kislotadan solinadi.
Ikkala shisha kapillyar (4) termomctming simob ustunchasiga (3) ikki tarafdan mahkamlanadi va vazelin moyli (1) kolb&ga o'matilgan havo g'ilofiga ya’rii ichki shisha idishga (2) asta tushirilib, aralashma suyuqlanib (gaz gorelkasi (5)) ketguncha qizdiriladi.
Kapillyar rezina xalqa bilan mahkamlanganda, uning to'ldirilgan qismi termometming simobli rezervuari bilan barobar turishi kerak. Termometmi mahkamlashda g ‘ovakli tiqin bo ‘lakchalaridan foydalaniladi. Termometming simobli rezervuari havo g ‘ilofi tubiga tegmasligi lozim. Hammomdagi moy sathi kapillyaming yuqori tomonidan balandroq turishi kerak. Ishlash vaqtida havo g moy hammomidan olish man etiladi.
Suyuqlanish harorati odatdagi usulda o‘lchanadi. Avval qizdirishni sekin olib borib, oxirgi kristallaming suyuqlanish harorati, so‘ngra tez sovutilib, birinchi kristallaming hosil bo’lish harorati aniqlanadi va yozib olinadi. Izoh: keyingi har bir aralashmani qizdirishni oldindan sovutilgan hammomda olib borish zarur.
Krioskopik usulda erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash qurilmasi
Tajriba bir xil natija olinguncha bir necha marta qaytariladi. Olingan natija asosida salitsil kislotaning molekulyar massasi hisoblanadi.
К - benzoy kislotaning krisokopik doimiysi
G - benzoy kislotaning massasi (ya’ni, erituvchining massasi)
g - salitsil kislotaning massasi (ya’ni, erigan moddaning massasi) ATk = Tentuvchi - Teritma - erituvchi va eritma kristallanish haroratlari orasidagi farq. Izoh: salitsil kislota - С7НбОз, M=138,12; rangsiz kristall; W = 1 5 9 ,5 ° C , Tqayn =211°C

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 7.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling