Reja: eritmalarning termodinamik nuqtai nazardan tavsiflanishi Erish jarayonining termodinamikasi


Eriydigan Moddalr To’yingan eritma va eruvchanlik


Download 1.05 Mb.
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#999069
1   2   3
Bog'liq
prezentatsiya fiz-kimyo

Eriydigan Moddalr

To’yingan eritma va eruvchanlik

Pirovardida, berilgan harorat uchun erigan moddaning to’yingan kontsentratsiyasi doimiy bo’lib qoladi. YA’ni eritmaga o’tayotgan va eritmadan vaqt birligida ketayotgan zarrachalar soni tenglashadi. Dinamik, muvozanat vujudga keladi: G=0; Xosil bo’lgan eritma to’yingan eritma deyiladi. Bunda erishilgan to’yingan kontsentratsiya - ushbu moddaning eruvchanligidir. Eruvchanlik ko’pincha molyar yoki erituvchining massa birligi (kg) orqali ifodalanadi.

Agar eritma kontsentratsiyasi to’yingan eritma kontsentratsiyasidan yuqori bo’lsa, hosil bo’lgan eritma o’ta to’yingan eritma bo’ladi. Bunday eritma beqaror muvozanatda bo’ladi. G>0. Bunday eritma o’z-o’zidan yoki ozgina tashqi ta’sir (silkitish, kristallar tashlash va b.) natijasida to’yingan eritmaga xos chin muvozanat holatiga o’tadi

Eruvchanlik. Agar eriydigan modda GH = TS Moddani u yoki bu erituvchida erish qobilyati eruvchanlik deyiladi. Son jixatidan moddaning eruvchanligi uning to’yingan eritmasi kontsentratsiyasiga teng. Eruvchanlik xuddi kontsentratsiya kabi o’lchov birliklarida ifodalanadi. Masalan, 1l to’yingan eritmadagi erigan modda miqdori (mol/l), yoki 100 g to’yingan eritmada erigan modda massasi (gramm) orqali ifodalashi mumkin. Keyingi ifoda, ya’ni 100 g to’yingan eritmadagi erigan modda massasiv(gramm) ko’pincha eruvchanlik, 100 g erituvchini to’yintiradigan erigan modda massasi bilan ifodalanadi. Bu qiymat - erish koeffentsenti deb yuritiladi. Eruvchanlik eriydigan modda va erituvchi tabiatiga, haroratga, bosimga, eritmada boshqa moddalar borligiga bog’lik.

3 Suyultirilgan eritmalarning kollegativ xossalari.

Ushbu mavzuda bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqlikliklar ham gap boradi. Bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqliklar xossasi boshqalardan keskin farq qiladi.b

Bu mavzuda erituvchiga nisbatan eritmaning termodinamik xossalarini o’zgarishi ko’riladi: bug’ bosimini pasayishi, qaynash haroratini ortishi, muzlash haroratini pasayishi, osmotik bosim. Bu xossalar kollegativ (kollektiv) xossalar, ya’ni bir-biriga bog’liq xossalar deyiladi. Ular umumiy bitta sabab - erigan modda zarrachalarining soni bilan ifodalanadi. Eritmaga biron bir modda solinsa, faqat erigan moddaningemas, balki erituvchining ham xossasi o’zgaradi. Bu erigan modda va erituvchi molekulalarining ta’sirlanishiga, erituvchi molekulalarining kamayishiga va erigan modda zarrachalari soniga bog’liq. Erituvchini xarakterlash uchun ideal eritmalar tushunchasi ishlatiladi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling