Reja: Erkin kurashchining jismoniy tayyorgarli


Download 104.83 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi104.83 Kb.
#1158629
  1   2
Bog'liq
Erkin kurashchining jismoniy tayyorgarligi. Egiluvchanlik va uni rivojlantirish usuliyoti.


Erkin kurashchining jismoniy tayyorgarligi. Egiluvchanlik va uni rivojlantirish usuliyoti.
Reja:

  1. Erkin kurashchining jismoniy tayyorgarli

  2. Egiluvchanlik va uni rivojlantirish

  3. Maxsus egiluvchanlik - kurashchining texnik-taktik xususiyatlari

Erkin kurash tarixi ildizi Qadimgi Yunonistonga va Misrga borib taqaladi. Ma’lumki, har xil sport turlari bo’yicha kompleks sinovlar qadimgi Yunonlar umumiy jismoniy tayyorgarligi asosini tashkil qilgan. Erkin usulda kurashish hamma sport turlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lgan.


Kurashchilar bellashuvlarida, hozirgi qoidalardan farqli o’laroq, raqibni safdan butunlay chiqarib yuborish yoki uni mag’lub bo’lganligini tan olishga majbur qilish g’alaba mezoni bo’lib xizmat qilgan. Kurashda bunga raqibni bellashuvni davom ettirishdan mahrum qiluvchi samarali usullarni o’tkazish, eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlab esa - uni tizzada turishga majbur qilish yo’li bilan erishilgan. Qadimgi dunyo haykaltaroshlari kurash bellashuvlaridan parchalarni tasvirlaganlar. Bu bellashuvlarda kurashchilar oyoqlardan ushlashlar bilan bir qatorda oyoqlar yordamida bajariladigan harakatlardan foydalanganlar.
Zamonaviy erkin kurash, mutaxassislarning fikricha, Angliyada shakllangan. Amerika qit’asiga ko’chib o’tgan aholi orasida “Ketch” sport turi keng tarqalgan. Ketchning ikkita yo’nalishi mavjud bo’lgan. Birinchisi professional yo’nalish, ikkinchisi yoshlar yo’nalishi. Shulardan birinchisida yiqitish va tashlash texnik usullaridan tashqari qo’l va oyoq bilan zarba berish usullari xam ruxsat etilgan. Ikkinchisi, ya’ni yoshlar yo’nalishi hozirgi erkin kurash xisoblanadi. XVIII asrdanoq bu yerda shunday kurash varianti mavjud bo’lganki, bunda kurashchilarga hujum vositalarini tanlashda keng imkoniyat berilgan. XIX asr Yevropada professional kurashning jadal rivojlanish asriga aylandi.
Sportdagi professionalizm Amerikani ham egalladi. Kurash serdaromad mashg’ulotga aylandi.Shimoliy Amerikada erkin kurashni targ’ib qiluvchi yoshlar sport to’garaklari paydo bo’la boshladi. Kurash insonni har tomonlama rivojlantiruvchi, qiziqarli va tomoshabop sport turiga aylandi. 1904 yilda AQSHda o’tkazilgan uchinchi Olimpiya o’yinlarida amerikaliklar, mezbon sifatida o’z huquqlaridan foydalanib, birinchi bor olimpiya dasturiga Yunon-rim kurashi o’rniga erkin kurash musobaqalarini kiritdilar. Biroq boshqa davlatlar vakillari bu musobaqalarda ishtirok etmadilar, chunki hamma ishtirokchilar bitta mamlakat - AQSH vakillari edi. Keyingi Olimpiya o’yinlari (1908 y.) dasturida ikkita kurash turi bor edi. Biroq V Olimpiya o’yinlarida (Shvetsiya, 1912 y.) tashkilotchilar erkin kurashni Olimpiya dasturiga kiritmadilar va sportchilar Yunon-rim kurashi musobaqalarida qatnashdilar.
VII Olimpiya o’yinlaridan boshlab (Belgiya, 1920y.) erkin kurash doimiy ravishda Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritiladi. Lekin Olimpiya o’yinlari turli mamlakatlar erkin kurashchilarining o’z kuchlarini sinab ko’radigan yagona musobaqalar edi. Boshqa hech qanday xalqaro musobaqalar u vaqtda o’tkazilmasdi.
Birinchi Yevropa chempionati 1929 yilda Parijda, birinchi jahon chempionati esa 1951 yilda Tokioda o’tkazildi.
O’zbekistonlik kurashchilar xalqaro maydonda katta yutuqlarni qo’lga kiritganlar. Bu ikki marta olimpiya chempionlari, bir necha bor jahon chempionlari Arsen Fadzaev va Maxarbek Xadartsev, shuningdek uch karra jahon chempioni Aslan Xadartsevlardir. Shular qatorida E.Abduramanov, E.Yusurov, L.Sherilov, A.Xaymovich, R.Ataulin, X.Zangiev, R.Islamov, A.Ochilov, D.Zaxartdinov va R.Xinchagovlar ham katta yutuqlarga erishganlar.Erkin kurash tarixi ildizi kadimigi Yunonistonga borib takaladi. 1904 yilda AQSH da o’tkazilgan uchinchi Olimpiya O’yinlarida amerikaliklar birinchi bor Yunon-Rim kurashi o’rniga erkin kurash musobaqalarini kiritdilar. 1920 yili Belgiyada o’tkazilgan VII Olimpiya o’yinlari dasturiga erkin kurash doimiy ravishda kiritilgan. 1929 yili Parijda birinchi Yevropa chempionati o’tkazilgan. 1951 yili Tokioda birinchi jaxon chempionati o’tkazilgan. Erkin kurash sport turi O’zbekistonda Yunon-rim kurashi xisobiga rivojlangan deyish mumkin. Sababi XIX asrda Amerika qit’asida rivojlangan erkin kurash XX asr boshida Evropada, XX asrning 20-30 yillarida Rossiyada tarqaldi, 50-60 yillarda O’zbekistonga xam kirib keldi. O’sha davrlarda Yunon-rim kurashi bo’yicha Resrublika chempionatida birinchi o’rinni egallagan kurashchilar sobiq Ittifoq chempionatiga Yunon-rim kurashi bo’yicha qatnashardi, ikkinchi o’rinni egallagan sportchilar erkin kurash bo’yicha qatnashardi. Keyinchalik O’zbekiston terma jamoasining bosh murabbiysi Kursat Alievich Ablaev tomonidan olib borilgan rivojlantiruvchi ishlar evaziga erkin kurash bo’yicha xam alohida ko’zga ko’ringan sportchilar tayyorlana boshladi. Shulardan 70 yillarda Enver Abduramanov Jahon Kubogi sohibi va Yevropa chempioni bo’ldi. Obid Nazirov, Raxmonberdi Axmedov, Qo’ldosh Asraqulov, Axroljon Ro’ziev, Aleksandr Nedorezovlar tomonidan olib borilgan rivojlantiruvchi ishlar oqibatida 80 yillarda va 90 yillar boshida Arsen Fadzaev 1988 (Seul, Janubiy Koreya) va 1992 (Barselona, Israniya) yillardagi Olimpiada chempioni, hamda olti karra Jahon chempioni, aka-uka Aslanbek 1988 (Seul, Janubiy Koreya) va Maxarbek Xadartsevlar 1988 (Seul, Janubiy Koreya) va 1992 (Barselona, Israniya) yillardagi Olimpiada chempioni, hamda Jahon chempionligiga erishib O’zbekistonda erkin kurash yaxshi rivojlanganligini e’tirof etishda. Mustaqillik yillarida, xususan 2012 yilda London (Angliya) olamshumul voqea sodir etildi, ya’ni xam yurtimiz Artur Taymazov uchinchi Olimpiada oltin medalini qatorasiga qo’lga kiritdi. Uning Olimpiadalardagi to’rtta medali bor. Birinchi medalini 2000 yilda Sidney (Avstraliya) Olimpiadasida kumush medal sohibi bo’ldi. 2004 yilda Afina (Gretsiya) Olimpiadasida birinchi oltin medal, 2008 yilda Rekin (Xitoy) Olimpiadasida ikkinchi oltin medal va 2012 yildagi London Olimpiadasida uchinchi oltin medalni qo’lga kiritdi. Bunday sport natijasi dunyoda kamdan-kam polvonlar erishadigan natijadir. Shu yuqori natijalar ko’rsatgani va O’zbekiston bayrog’ini yuqoriga ko’targani hamda O’zbekiston madxiyasi nufuzli musobaqalarda yangragani uchun O’zbekistonda sof tilladan Artur Taymazovning xaykali bunyod etildi. A.Taymazovdan boshqa sportchilarimizning natijalari xam yaxshi ko’rsatgich deb baholashimiz mumkin, ya’ni 1993 yilda Ramil Ataulin Jahon chempionatining bronza medalini qo’lga kiritdi. 1996 yildagi Atlanta Olimpiadasida Magomed Ibragimov kumush medal va Kuramagomed Kuramagomedov bronza medal sohibi bo’ldilar. Soslan Tigiev 2008 yilda Pekin Olimpiadasida kumush medal sohibi bo’ldi. Yurtdoshlarimizdan Dilshod Mansurov 2001 va 2003 yillarda Jaxon chempionligini qo’lga kiritgan.
Xalqaro maydonlarda O’zbekiston kurashchilaridan Arsen Fadzaev va Maharbek Xadartsev (ikki karra olimpiya va bir necha bor jaxon chempionlari), Aslan Xadartsov (44 karra jaxon chempioni) E.Abduramanov, E.Yusurov, L.Sherilov, A.Xaymovich, R.Ataulin, X.Zangiev, R.Islomov, A.Ochilov, D.Zahartdinov va R.Xinchagovlar xam katta yutuqlarga erishganlar. Milloddan avvalgi 708 yildan boshlab Yunonistonda o’tkazilgan Olimpiyada o’yinlari dasturiga erkin kurashga o’xshash musobaqalar o’tkazilgan. XIX asrning 2 yarmida Buyuk Britaniyada erkin kurash zamonaviy qoidalari ishlab chiqilgan. 1992 yil O’zbekiston xalqaro xavaskor kurashchilar assotsiyasi FILA-ga a’zo bo’ldi. XX asrning 50 yillaridan boshlab O’zbekiston erkin kurashi ommaviylashib borid. 1956 yildan erkin kurash bo’yicha erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazilgan. 1990 yildan boshlab O’zbekiston erkin kurash bo’yicha “Mustaqillik kubogi” Gran-pri musobaqasi o’tkazildi. 2003 yildan erkin kurash bo’yicha ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazildi. Erkin kurash bo’yicha Olimpiyada va Osiyo o’yinlari, jaxon va Osiyo chempionatlari xamda boshka nufuzli musobaqalarda g’olib chiqqan O’zbekistonlik sportchilardan Leonid Sherilov, Arsen Fadzaev, Maharbek Xadartsev, Ruslan Xinchagov, Ramil Ataulin, Adxam Ochilov, Dilshod Mansurov, Magomed Ibragimov, Artur Taymazovlardir. Erkin kurash bo’yicha Artur Taymazov o’ziga hos rekord o’rnatdi, 2000 yilda Sidney Olimpiadasida kumush va keyingi (Afina-2004y, Pekin-2008y, London-2012y.) uchta Olimpiada O’yinlarida qatorasiga g’olib
bo’lgan.
Egiluvchanlik va uni rivojlantirish uslublari Egiluvchanlik - bu kurashchining katta amplitudada harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Egiluvchanlik bo’g’imlardagi harakatchanlik bilan aniqlanadi. U, o’z navbatida, bir qator omillarga bog’liq: bo’g’im sumkalarining tuzilishi, paylar, mushaklar cho’ziluvchanligi va ularning cho’zilish qobiliyati. Bir nechta egiluvchanlik turlari
mavjud.
Faol egiluvchanlik - bu shaxsiy mushak kuchlanishlari hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir.
Sust egiluvchanlik - bu tashqi kuchlar: og’irliklar, raqib harakatlari hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir. Sust egiluvchanlik hajmi faol egiluvchanlikning tegishli ko’rsatkichlaridan yuqori.
Dinamik egiluvchanlik - dinamik xususiyatlarga ega mashqlarda namoyon bo’ladigan
egiluvchanlikdir.
Statik egiluvchanlik - statik egiluvchanlikka ega mashqlarda namoyon bo’ladigan
egiluvchanlikdir.
Umumiy egiluvchanlik - turli yo’nalishlarda eng yirik bo’g’imlarda katta amplituda bilan harakatlarni bajarish qobiliyatidir.
Maxsus egiluvchanlik - kurashchining texnik-taktik xususiyatlarga tegishli bo’g’imlar va yo’nalishlarda harakatlarni katta amplituda bilan bajarish qobiliyatidir. Cho’ziltiruvchi mashqlar: oddiy, prujinali harakatlar, o’zini ushlagan holda siltanishli, tashqi yordam bilan bajariladigan harakatlar egiluvchanlikni rivojlantirishning asosiy vositalari
hisoblanadi.
Bunday mashqlar bilan shug’ullanish paytida bir qator uslubiy shartlarni bajarish
lozim:
1) mashqlarni boshlashdan oldin albatta badan qizdirish mashqlarini kiritish; 2) muayyan maqsadlarni oldinga qo’yish, masalan, gavda yoki buyumning ma’lum bir nuqtasiga qo’lni tekkazish;3) cho’ziltirish mashqlarini ma’lum bir ketma-ketlikda seriyalab bajarish: qo’llar uchun, gavda uchun, oyoqlar uchun; 4) cho’ziltirish mashqlari seriyalari orasida bo’shashtirish mashqlarini bajarish; 5) mashqlarni bajarish paytida asta-sekin ularning amplitudasini oshirish; 6) mashqlarni bajarishda shuni hisobga olish lozimki, harakatchanlikni rivojlantirishning eng asosiy uslubi - bu takrorlash uslubi hisoblanadi.
Bir-ikki oyda har kuni ikki marta shug’ullanuvchilarning alohida qobiliyatlariga qarab 25-50 takrorlashdan iborat me’yordagi cho’ziltirishga qaratilgan mashqlardan tashkil torgan mashg’ulotlar davomida egiluvchanlik ancha o’sishi mumkin.
2.10.O’smir yoshdagi kurashchining jismoniy tayyorgarligi O’smir yoshdagi jismoniy tayyorgarlik to’g’ri qaddi-qomatni, harakatlanish malakalarini shakllantirish, har tomonlama jismonan takomillashtirish, kurashda texnik harakatlarni egallash uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishni o’z ichiga
oladi.
12-14 yoshda tezlik, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 15-16 yoshdagi o’smirlarda kuch rivojlana boshlaydi va tezkor kuch mashqlarini bajarishga qobiliyat namoyon bo’ladi. 16-18 yoshda ko’p kuch va tezlik talab etiladigan mashqlar osonroq o’zlashtiriladi, chidamlilikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. O’smir kurashchilarni tayyorlashda shularni e’tiborga olish juda
muhimdir.
Chidamlilikni boshqa jismoniy sifatlar bilan birga rivojlantirish zarur. Professor V.R.Filinning (1980) ta’kidlashicha, bu yoshda chidamlilikka qaratilgan uzoq vaqt davom etadigan va bir tomonli mashg’ulot o’smirlarga xos bo’lgan tezkor nagruzkalariga moslashishni rasaytiradi. 12-15 yoshda kuchni rivojlantirish asosan o’z massasi og’irligi, to’ldirma to’plar, gantellar, gimnastika tayoqchalari, sherik (turli og’irlikdagi) bilan hamda turli gimnastika sport anjomlarida mashqlar bajarish yordamida amalga oshirilishi lozim. 16-18 yoshdagi kurashchilarda kuchni rivojlantiruvchi mashqlar sport anjomi og’irligini oshirish, dastlabki holatni o’zgartirish, mashq bajarish vaqtini uzaytirish, mashqlar orasidagi dam olish vaqtini kamaytirish hisobiga murakkablashtiriladi.Yosh o’smirlarning chidamliligini rivojlantirishda ehtiyotkor bo’lish lozim o’rtacha nagruzkalar, kichik me’yor yoki dam olish uchun tanaffusli o’quv-mashg’ulot bellashuvlaridan iborat mashqlar). Nagruzkalarga moslashib borgan sari dam olish tanaffuslari qisqartiriladi. Masalan, tik turishda 2+2 kurashida (navbatma-navbat hujumlar va himoyalar) 3 minutlik tanaffus asta-sekin 1 minutgacha qisqartiriladi. Parterda 2+2 bo’lib 1 minut tanaffus bilan navbatma-navbat kurashishda mashg’ulot vaqtini 3+3 gacha uzaytiriladi. Keyinchalik kurash sur’atini kuchaytirish mumkin. Chidamlilikni rivojlantirish uchun chegaralangan joyda bir tomonlama qarshilik bilan (biri faqat hujum qiladi, ikkichisi faqat himoyalanadi), parterdan yuqori yoki tik turishga chiqish bilan kurash o’tkaziladi. Bu mashqlar qiyin holatlardan chiqib ketish yo’lini topishga o’rgatadi.
Professor V.R.Filin tadqiqotlarining ko’rsatishicha 13 yoshda bo’g’imlarda harakatchanlik yangidan oshadi,15 yoshda u eng katta hajmga ega bo’ladi, 16-17 yoshda harakatchanlik ko’rsatkichlari kamayadi. Shu sababli o’smirlik yoshida egiluvchanlik va bo’g’imdagi harakatchanlik mashqlari majburiydir. 12-18 yoshda egiluvchanlik va bo’g’imlardagi harakatchanlik buyumlarsiz hamda kichik og’riqlar bilan (gimnastika tayoqlari, gantellar, to’ldirma to’rlar) bajariladigan faol-sust xususiyatiga ega mashqlar orqali yoki asta-sekin harakat amplitudasini kuchaytiruvchi va kengaytiruvchi sherik yordamida rivojlantiriladi. Shuningdek qaddi-qomatni shakllantirish mashqlari kattalarga nisbatan ko’p qo’llaniladi.
Shunday qilib, o’smirlarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi ko’pgina vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Yosh o’smirlar bilan ko’proq o’yin uslubi qo’llaniladi, mashg’ulotlar turlicha va ehtirosli o’tkaziladi. Hamma mashqlar asosiy mashg’ulot shakli - darsda bajariladi. O’smir kurashchining jismoniy tayyorgarligini maqsadli amalga oshirish uchun kurashdagi o’quv-mashg’ulot jarayonida saf (tartibli) mashqlar (saflanish, buyruqlarni bajarish, qadam tashlab va yugurib harakatlanishlar) qo’llaniladi. Ularning maqsadi -kurash mashg’ulotini tashkil etish, to’g’ri qaddi-qomatni shakllantirish, intizom, o’zaro munosabat va tartibni tarbiyalashdir. Saf mashqlari darsning kirish, tayyorlov va yakuniy qismida mashqlarni bajarish uchun guruhlarni tashkil qilish, saflantirish va qayta saflanish uchun, shuningdek nagruzkadan so’ng zo’riqishni bartaraf etish maqsadida bajariladi.Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar qatoriga oddiy gimnastika (qo’llar, oyoqlar, gavda, og’irliklar bilan, og’irliklarsiz, buyumlar bilan va buyumlarsiz hamda sheriklar bilan) mashqlari va og’ir atletika, eshkak eshish, sport o’yinlari kabi sport turlaridagi ba’zi mashqlar kiradi. Bunday mashqlar kurashchining jismoniy rivojlanishini yaxshilaydi,harakat malakalari zahirasini kengaytiradi, organizmning fukntsional imkoniyatlarini oshiradi, ish qobiliyatining tiklanishiga yordam beradi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar bilan bir vaqtda asab-mushak kuchlanishlari xususiyati va o’smir organizmining ish tartibiga ko’ra o’xshash bo’lgan mashqlarni ko’proq qo’llash zarur. Turli sport turlaridan olingan mashqlar, ularni bajarish xususiyati va shartlariga qarab, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda turli pedagogik vazifalarni hal etishga imkon berdi.
Asosan kuch, chidamlilik, tezlik, egiluvchanlik va chaqqonlikni tarbiyalashga qaratilgan mashqlarni ajratish qabul qilingan. Og’irliklar bilan (tayoqlar, gantellar, to’ldirma to’plar va h.k.) gimnastika mashqlarini ko’p marta bajarish kuch chidamliligini rivojlantiradi. Ushbu mashqlarni katta tezlikda qisqa vaqt ichida bajarish tezlik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Har bir mashq ma’lum bir sifatni yoki bir guruh sifatlarni rivojlantiradi. Masalan, sherik qarshiligida yoki shtanga bilan bajariladigan mashqlar, o’z og’irligi bilan tortilish hamda qo’llarni bukib-yozish mashqlari kuchni; kesishgan joyda yugurish - chidamlilikni; katta tezlik bilan bajariladigan gimnastika mashqlari, qisqa masofalarga yugurish -kurashda harakat tezligini tarbiyalashga yordam beradi. Basketbol o’yini chaqqonlik, chidamlilik va tezlikni kompleks holda tarbiyalashga imkon yaratadi. Yuqori emotsional qo’zg’alishda katta bo’lmagan shiddat bilan bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm ish qobiliyatini, ayniqsa shiddatli mashg’ulotlar o’tkazilgandan so’ng asab tizimini tiklashga yordam beradi. Ular ertalabki badan tarbiya vaqtida va mashg’ulot mashg’ulotlarida darsning birinchi bo’lagida (tayyorlov qismida) hamda asosiy qism oxirida qo’llaniladi. Bundan tashqari, o’rmonda, dalada, daryo bo’yida (suzish, eshkak eshish va to’p o’ynash bilan) jismoniy tayyorgarlik bo’yicha maxsus mashg’ulotlarni tashkil qilib turish shart.
Kurash mashg’ulotlarida katta jismoniy nagruzkadan so’ng organizmni nisbatan tinch holatga keltirish uchun o’smirlarni mushaklarni bo’shashtirishga, nafas olishni tinchlantirishga (o’ta bo’shashtirilgan mushaklarni silkitish harakatlari, chuqur nafas olish uchun o’pka qafasini kengaytiruvchi mashqlar va h.k.) qaratilgan mashqlarni mustaqil bajariga o’rgatish zarur.
Mushaklarni bo’shashtirishga qaratilgan mashqlar hatto bellashuv jarayonida ushlash va zo’riqishdan holi bo’lgan qisqa vaqt ichida kuchning yanada tez tiklanishiga yordam
beradi.



Download 104.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling