Zanjirli traktorlarning orqa ko’priklari va burish mexanizmlari
Reja:
1. Etakchi ko’prikning vazifasi va konstruktsiyasi.
2.Zanjirli traktorlarning ketingi ko’priklaridagi mexanizmlar.
3.Zanjirli traktorlarning burish mexanizmlari. Friksion burish muftalari.
4.Planetar burish mexanizmlari va ularning kinematik sxemalari.
Etakchi ko’prikning vazifasi va konstruktsiyasi.
Traktorlarning etakchi ko’priklarining vazifasi uzatmalar qutisidan berilayotgan burovchi momentni etakchi g’ildirak yoki etakchi yulduzchaga etkazib berishdan iborat. Bundan etakchi ko’prikda burovchi momentni traktorning bo’ylama o’qiga nisbatan 900 ga burib berish ham amalga oshiriladi.
Etakchi ko’prik o’ziga xos vazifani bajaruvchi quyidagi mexanizmlardan iborat: markaziy uzatma; differensial mexanizmi (g’ildirakli traktorlarda); planetar mexanizm yoki burish muftalari (zanjirli traktorlarda); tormoz va oxirgi uzatmalar.
Yuqorida sanab o’tilgan mexanizmlarning bir biriga nisbatan zanjirli traktorlarning ketingi ko’prikda joylanishi quyidagi rasmda keltirilgan.
27- Rasm. Zanjirli traktorlarning burish mexanizmlari.
a- tuzilishi; b- burish mexanizmi detallari;
1- lentali tormoz; 2,8,14- vallar; 3- uzatmalar qutisi; 4- burish muftasi; 5- oxirgi uzatmaning shesternasi; 6- etakchi disk; 7- etaklanuvchi; 9- purjina; 10- etakchi baraban; 11- etaklanuvchi disk; 12- richak; 13- siquvchi disk;
Zanjirli traktorlarga qo’yilgan burish muftasining vazifasi planetar mexanizm vazifasi bilan deyarli bir hil.
Yuqorida sanab o’tilgan mexanizmlarning turlari har hil traktorlarda turlicha bo’lishi mumkin. Shuning uchun ularga alohida to’htalib o’tamiz.
Burish muftasining vazifasi va tuzilishi.
Burish muftasi ham zanjirli traktorlarda qo’llaniladi, uning vazifasi chap va o’ng etaklovchi yulduzchalarni har hil burchak tezlikda aylanishini ta’minla, burishni amalgam oshirishdan iborat. Uning quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |