Reja: Etakchi ko’prikning vazifasi va konstruktsiyasi. Zanjirli traktorlarning ketingi ko’priklaridagi mexanizmlar. Zanjirli traktorlarning burish mexanizmlari. Friksion burish muftalari. Planetar burish mexanizmlari va ularning kinematik


- Rasm. Zanjirli traktorlarning planetar boshqarish mexanizmi


Download 151.5 Kb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1304369
1   2   3   4
Bog'liq
Zanjirli traktorlarning orqa ko’priklari va burish mexanizmlari

29- Rasm. Zanjirli traktorlarning planetar boshqarish mexanizmi.
a- tuzilishi; b- harakatlanishs xemasi; 1,6,7,8,13- shesternalar; 2,4- tormoz
shkivi; 3- purjina; 5- val; 9- vodilo; 10- satalitlar; 11,12- tormoz lentalari.
Bu erda markaziy uzatmaning katta yetaklanuvchi shesternasi planetar mexanizmning korpusiga qattiq o’rnatilgan. Tojsimon shesterna esa shu korpusning ichki sirtiga o’yib ishlangan. Quyosh shesternasi bilan uning tormozi bir butun bo’lib, ular yarim o’qlarda erkin o’tiradilar.
Traktor to’g’ri chiziqli harakat qilayotga paytda quyosh shesternaning tormozi tortilgan, yarim o’qlarning tormozi esa bo’shatilgan bo’ladi, ya’ni o’qlarning tormozi bo’sh bo’lganligi uchun ular aylanayotgan bo’ladi. U holda yarim o’qlarga harakat birinchi va ikkinchi shesternasi orqali uchinchi shesternaga undan esa tojsimon shesternaga beriladi. Tojsimon shesterna satellitlari aylantirib, ularni quyosh shesternasi atrofida aylanishiga majbur qiladi. Satellitlar bilan birga vodilo ham aylanib, yarim o’qni aylantiradi. Shu tariqa yarim o’qlar bir hil aylanishlar chastotasi bilan aylanib, traktorni to’g’ri chiziqli harakatini ta’minlaydi.
Aytaylik, traktorni burish lozim bo’libqoldi, masalan chapga. U vaqtda planetar mexanizm quyidagicha ishlaydi: xaydovchi tomonidan quyosh shesternasining tormozi qo’yib yuboriladi. Shu bilan quyosh shesternasi aylanishiga imkoniyat yaratiladi. Harakat markaziy uzatmadan planetar mexanizmning korpusiga beriladi va tojsimon shesterna orqali satellitlar o’z o’qi atrofida aylana boshlaydi, ya’ni ular endi quyosh shesternasi atrofida aylanmay balki aksincha, o’rnida turgan holda aylanib tormozi bo’shatilgan quyosh shesternasini o’zini aylantira boshlaydi. Shuning uchun u vodiloni olib keta olmaydi. Demak, chap yarim o’q aylanmaydi. Chap tomondagi yetaklovchi yulduzchaning burchak tezligini kamaytirish quyosh shesternasi tormozini bo’shatish darajasiga bog’liq. Qancha ko’p bo’shatilsa, yarim o’qning burchak tezligi shuncha kam bo’ladi. Agarda traktorni chap tomonini o’rnida turgizib burish lozim bo’lsa, yarim o’qda joylashgan tormoz tortiladi va yarim o’q butunlayicha harakatdan to’xtatiladi.
Traktorni o’ng tomonga burganda ham shu ishlar amalga oshiriladi. Planetar mexanizm DT- 75 va T- 4A traktorlarida qo’llanilgan.
Planetar mexanizmda differensial mexanizmida uchraydigan kamchilik bartaraf qilingan. Burish paytida bir tomondagi yetakchi yulduzchani aylanishlar chastotasi qancha kamaysa, ikkinchi tomondaginikiga shunchaga ko’paymaydi. Shuning uchun ularda blokirovka mexanizmining bo’lishi taqazo etilmaydi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling