Reja: Etnos va etniklik tushunchalari hozirgi etnologiya fanida qabul qilingan


Download 27.73 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi27.73 Kb.
#1050784
1   2   3
Bog'liq
ETNOS VA ETNIKLIK TUSHUNCHALARINING MOHIYATI VA BU BORADAGI ZAMONAVIY QARASHLAR

XULOSA

Mazkur yondashish etnik jarayon-larni siyosiy buyurtma asosida o'rganishga asoslangan bo'lib, uni muayyan mafkuraviy qolipga solib qo'ygan edi. Oqibatda juda ko'p etnik muammolar bir yoqlama, yuzaki hal qilingan. XX asrning 70-80-yillariga kelib etnologiya fanida atoqli etnograf L.N. Gumilev-ning etnogenez nazariyasi ustuvor bo'lib, etnoslarning kelib chiqishi va rivoji mexanizmini o'rganish birinchi darajali masalaga aylanadi. Ushbu masala ayni paytda mustaqillikni qo'lga kiritgan mamlakatlar uchun o'ta dolzarb mazmun kasb etadi. Chunki xalqlarning o'zligini anglashga intilishi milliy ildizlari va xususiyatlarini chuqur o'rga-nishga kirishishi tabiiy holdir.


Albatta, etnologiya fani oldingi etnografiyadan bir oz farq qilsa-da, real ijtimoiy jarayonlar bilan uzviy bog'liq bo'lgan, uning hozirgi tarixiy muammolarni o'rganishdagi ahamiyati juda katta. Agar ilgari etnografiya predmeti tadqiqi asosan, qoloq etnoslar, turmushdagi eski sarqitlar va ijtimoiy tuzum masalalari bo'lsa, endilikda eng taraqqiy qilgan ilg'or xalq va elatlar ham etnologiyaning diqqat markazida turibdi. Hozirgi zamon industrial jamiyat etnoslarini va qoloq xalqlarni o'rganishda yangi muammolar paydo bo'lib, boshqa fanlar bilan hamkorlikda — etnosotsiologiya, etnopsixologiya, etnolingvistika, etnodemografiya kabilar etnologiya fanini yuqori pog'onaga, ya'ni inson va uning madaniyatini o'rganuvchi yangi ijtimoiy fan qilib ko'tardi. XX asrdagi asosiy tarixiy voqealarni o'rganishda etnomadaniy omillarning roli nihoyatda o'sganligi ko'zga tashlanadi. Chunki XX asr haqiqatdan ham milby harakatlar, milliy mustaqillik uchun kurashlar, milliy uyg'onishlar, qolaversa millatchilik asri bo'lib tarixga kirdi. Demak, nafaqat o'tgan asrda, kirib kelgan XXI asrda ham etnik jarayonlar, millatlararo munosabatlar, etnoslarning turmush tarzi, moddiy va ma'naviy madaniyati xususiyatlarini o'rganuvchi etnologiya fani muhim omil bo'lib qolaverdi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, etnologiya hozir jahonda mustaqil tarixiy fan deb tan olingan bo'lsa, «etnos» atamasi to'g'risida olimlar orasida yakdillik yo'q.


Download 27.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling