Reja: Evklidning Negizlar kitobining turli tillardagi tarjimalari to`g`risida


Download 50.52 Kb.
bet1/5
Sana09.05.2023
Hajmi50.52 Kb.
#1447642
  1   2   3   4   5
Bog'liq
36 Noyevklid geometriya


Evklid geometriyasi birinchi aksiomatik nazariya sifatida
Reja:
1.Evklidning Negizlar kitobining turli tillardagi tarjimalari to`g`risida.

2. NоEvklid geоmetriyaning аsоschisi.

3. Lobachevskiy Nо Evklid geоmetriyasiga qo’shgan hissasi.
Evklid "Negizlar" kitobi ko`p marta qo`lda ko`chirilgan, dunyoning hamma tillarida qayta-qayta nashr qilingan. Yevklidning bu asari 1482-1880 yillar orasida dunyo xalqlari tillarida 460 marta nashr qilindi. Shulardan 155 tasi lotin, 142 tasi ingliz, 48 tasi nemis, 38 tasi franso`z, 27 tasi italyan, 14 tasi gollandiya, 5 tasi rus, 2 tasi polyak, qolgan 27 tasi esa boshqa tillarga tarjima qilingan. Viii asr oxiri - ix asr boshlarida yevklidning "negizlar" kitobi birinchi marta yunon tilidan arab tiliga tarjima qilinadi.
Bag'dod xalifasi xorun ar-rashid (786-809) va ikkinchi marta xalifa ma'mun (813-833) davrlarida birinchi va ikkinchi tarjimalarini xajjoj ibn yusuf arab tiliga o`giradi, uchinchi marta esa bag'dod matematiklaridan sobit ibn qurra (830-901) arab tiliga tarjima qiladi va oldingi tarjimalardagi kamchiliklarni to`zatadi. Yevkiid "Negizlari" 15 kitobdan iborat bo`lib, ular quyidagicha:
1 -kitob 34 ta qoida, 48 ta teoremadan iborat bo`lib, ular to`gYi chiziqli geometrik shakllarga bag'ishlangan. Ular uchburchak, to`rtburchak va ularning burchaklari, vertikal burchaklar, parallel chiziqlar, kesmani teng bo`Iish, berilgan burchakka teng burchakyasash, pifagor teoremasi, parallelogramm burchaklari. Diagonallari kabi masalalargabag'ishlangan. 2-kitob 2 ta qoida va 14 ta teoremadan iborat bo`Iib, ular geometriyani algebraga tadbiq qilishga bag'ishlangandir. Undagi 2-10 teoremalar ayniyatlar haqida, 11-teorema esa platon davrida kesmani bo`lishda "oltin kesim" nomi bilan mashhur boigan usulga bag'ishlangan. 3-kitob 11 ta qoida va 37 ta teoremani o`z ichiga oladi, shu jumladan, aylanalar, ularga o`tkazilgan urinmalar, vatarlar va ularning xossalariga bag'ishlangan.
Bu xossalarning hammasi gippokrat tomonidan tekshirilgan. 4-kitob 7 ta qoida va 16 ta teoremadan iborat bo`lib, ular aylana tashqarisiga va ichkarisiga chizilgan muntazam ko`pburchaklarga tegishlidir 5-kitob 20 ta qoida, 4 aksioma va 25 ta teoremani o`z ichiga oladi. 6-kitob 5 ta qoida, 33 ta teoremadan iborat bo`lib, ular shakllar o`xshashligiga bag'ishlangan, bu joyda 5-kitobda keltirilgan nisbatlar va proporsiyalar nazariyasi yordamida geometrik algebra metodini rivojlantirish, kengaytirish mumkinligi ko`rsatilgan. Bu kitobi bilan geometriyaning planimetriya qismi tamom bo`ladi.
7-9-kitoblar arifmetika va sonlar nazariyasiga bagishlanadi. Bu kitoblari progressiyalar, yevklid algoritmi, tub, toq va juft sonlar haqidagi teoremalar keltirilgan. Ko`p tarixiy manbalar bu bo`limni yevklidning arifmetika kitobi deb ham yuritadilar.
10-kitob irrasional ifodalarga bag'ishlangan. Bu o`rinda yevklid umumiy o`lchovga ega bo`lgan va boimagan miqdorlar haqida gapiradi. Bu kitob 115 jumla (teorema) dan iborat bo`lib, 18 tasi umumiy o`lchovga ega bo`lgan ., miqdorlar haqida. 36-41, 73-78-teoremalar esa bikvadrat tenglamalar ildizi bo`lgan kvadrat irrasionalliklarga bag'ishlanadi. 11-kitob 29 ta qoida va 39 ta teoremadan iborat bolib, uiarni hammasi stereometriyaga bag'ishlangan.

Download 50.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling