12-kitob 18 ta teoremadan iborat bo`lib, bunda piramida, prizma, silindr, shar kabi geometrik jismlar tekshirilgan.
13-kitob 18 ta teoremani o`z ichiga olgan. Bu kitobida yevklid beshta muntazam ko`pyoqli (tetraedr, oktaedr, ikosaedr, kub, dodekaedr)ni yasash masalasi tekshiriladi. Manbalarning tasdiqlashicha, yevklidning 5-kitobi yevdoksga va 13-kitoibning bir qismi teetetga tegishli ekanligini ko`rsatadi. 5 ta muntazam ko`pyoqlini yasash masaiasi birinchi marta iskandariyalik matematik Rapp (iii asr) o`zining mashhur "matematik to`plam" nomli asarida e'lon qiladi.
Yevklidning "negizlar" asariga ko`plab markaziy osiyolik olimlar sharhlar yozganlar. Shulardan biri xorazm ma'mun akademiyasida faoliyat ko`rsatgan Abu Ali ibn Sinodir.
Abu ali ibn sinoning geometriyaga oid kitoblari "donishnoma", "yevklidga sharhlar" (taxriri uklidis. 2720-raqamli ayo sofiya qo`lyozmasi) va "usul 'ilm al-handasa" ("geometriya negizlari") asarlaridir.
O`rta asrlarda to`rtta matematik fan: geometriya, astronomiya, arifmetika va mo`zika birgalikda o`qitilgan. Ibn sino yevklidning "negizlar" asarini kvadriviurrfga asoslanib yozilgan.
Abu Ali ibn Sinoning "usul ilm al-handasa" 1976 yilda qohirada nashr qilingan asarida ta’riflardan keyin talab qilinadigan jumlalarni keltirib, ularni "aniqlanadigan negizlar", ulardan keyin aksiomalarni "umumiy tushunchalar" deb atagan.
Ibn Sinoning "usul 'ilm al-handasa" asarining Qohirada chiqqan nashri asosan 15 kitobdan iborat bo`lib, olim ularga alohida nomlanishlar bergan. "usul ilm al-hadasa" asari geometriyadan darslik hisoblangan. Shu sababli ibn Sino bu asarida Yevklidning "negizlari" kitobini asos qilib olgan bo`lsa ham, geometrik masalalarni va jumlalarni o`quvchilarga oson tushunishlari uchun sodda tilda tushuntirgan.
No Yevklid geometriya
XIX аsr bоshigа kelib geоmetriya fаni yetаrlichа rivоjlаngаn mustаqil bo’limlаrigа egа bo’lgаn fаn sifаtidа shаkllаnаdi. Аnаlitik gemetriyaning G.Dаrbu tоmоnidаn, differensial geоmetriyani Gаuss tоmоnidаn, prоektiv geоmetriyani J. Pоnsele, Shteyner, Shаl, Shtаudt, Myobidа, Shtudi, Kаrtаnlаr tоmоnidаn, so’ngrоq esа Lоbаchevskiy geоmetriyasi vа bundаn keyin А. Kelli vа F. Kleyn tоmоnidаn rivоjlаntirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |