Reja: Exiuridlarning umumiy tuzilishi


Download 20.16 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi20.16 Kb.
#1389555
Bog'liq
15-II- Zoo Exiuralar Spunculalar


15--MA’RUZA:EXIURALAR (Echiura) va SIPUNCULALAR (Sipuncula)
Reja:
1. Exiuridlarning umumiy tuzilishi
2. Sipunculalar hayot tarzi
3. Oziqlanishi
4. Tip vakillarining o’ziga xos xususiyatlari
Tayanch so’zlar: Exiuridlar,sipunkulidlar,tashqi va ichki tuzilishi
Exiuridlarning sistematik o‘rni aniq ma’lum emas. Ko‘pchilik olimlar ulami halqali chuvalchanglarga yaqinlashtirishadi. Dengiz tubida loyga ko‘milib hayot kechiradi. Tanasi va selomi halqalarga ajralmagan. Tuxumidan halqalilarga о‘xshash troxofora lichinka chiqadi. 150 ga yaqin turi ma’lum.
Tashqi tuzilishi. Tanasi uzunligi 3 sm dan 185 sm gacha. Tanasi bo‘g‘imlarga ajralmagan; oldingi qismida uzun xartumi, orqa qismida chiqarish teshigi boiadi. Og‘zi xartumi asosida joylashgan .Ba’zi turlarining xartumi ikkiga ajralgan. Xartumin-ing chuqurlashgan qorin tomonida kipriklar boiadi.Kipriklar suv va undagi mayda organizmlami og‘iz tomonga haydaydi. Og'zidan keyinroqda 2 ta yirik qillar joylashgan. Tanasining keyingi qismida ham ko'ptuklilarning qillariga
o‘xshash 2 qator kipriklari bo’ladi. Teri-muskul xaltasi devori halqalilarga o‘xshash. Tanasi bir qavat epiteliy bilan qoplangan.Epiteliy tana sirtiga kutikula ishlab chiqaradi. Epiteliy ostida 2 qator muskullar bor. Selom bo‘shlig‘ini peritoneal epiteliy o ‘rab turadi.
Ichki tuzilishi. Hazm qilish sistemasi uzun egri- bugri naydan iborat; oldingi, o ‘rta va keyingi qismlarga bo linadi. Ichak tanadan 10 martagacha uzunroq. Orqa ichak joylashgan bir juft anal xaltachalari 12-300 ta hilpillovchi voronkalar bilan qoplangan. Voronkalarning bir uchi selomga, ikkinchi uchi anal xaltachasiga ochiladi. Anal xaltachalari nafas olish va ayirish vazifasini bajaradi.
Qon aylanish sistemasi tana bo‘ylab uning orqa qismidan o‘tadigan qon tomiridan iborat. Qon tomiri ikkiga ajralib, ikkita yon xartum tomirlarini hosil qiladi. Bu tomirlar xartumdan orqaroqda bitta umumiy qorin qon tomiriga birlashadi. Qorin qon tomiri ichak osti bo‘ylab tananing orqa tomonigacha davom etadi. Orqa va qorin qon tomirlar ichak atrofini aylanib o ‘tadigan ikkita halqa tomirlari orqali tutashgan. Qoni rangsiz, Icykotsitlari boiadi.
Ayirish sistemasi uch xil ko‘rinishga ega. Exiuridlar lichinkasida bir juft protonefridiydan iborat. Protonefridiy metamorfoz jar ay onidareduksiynga uchraydi. Voyaga yetgan davrida anal xaltalari ayirish vazifasini bajaradi. Voyaga yetgan exiuridlarda selomga ochiladigan tipik nefromiksiylar liain boiadi. Ular jinsiy mahsulotlarni chiqarish vazifasini ham bajaradi. Nefromiksiylar tananing oldingi qismida joylashgan bo'lib, qorin tomondan tashqariga ochiladi. Ko'pchilik exiuridlarda ular 1-4 jif t bo'ladi.

Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi qorin


nerv stvoli va halqum atrofi nerv halqasidan iborat. Nerv sistemasi umumiy
tuzilishi ko'ptuklilarga o‘xshasa-da, nerv hujayralarining nerv stvoli bo'ylab
tarqoq joylashganligi, ya’ni nerv gangliylarining bo ‘lmasligi bilan ulardan
farq qiladi. Ayrim sezgir hujayralardan boshqa sezgi organlari bo'lmaydi.
Jinsiy sistemasi. Exiuridlar ayrim jinsli. Gonadalari toq, tanasi key­
ingi qismining qorin tomonida joylashgan. Jinsiy dimorfizm keskin rivoj­
langan. Bonelliyaning urg'ochisi yashil rangli, uzunligi 1-15 sm gacha,
xartumining uchi ikkiga ajralgan. Erkagi juda mayda (1-3 mm) bo'lib,
urg'ochisi nefridiylari bo‘shlig‘ida yashaydi. Erkagining tanasi kipriklar
bilan qoplangan (95-rasm); tuzilishi juda soddalashgan; qon aylanish siste­
masi bo'lmaydi; ichagining uchi berk, og'zi bo'lmaydi. Exiuridlar erk­
agining hayoti o'ziga xos bo'ladi. Dastlab ular urg'ochisi xartumida
o'rmalab yuradi; so'ngra uning ichagiga, keyin nefridiylariga o'tib oladi.
Erkaklari nefridiylar orqali o'tadigan tuxum hujayralariga
urug' chiqarib ularni urug'lantiradi.
Rivojlanishi. Exiuridlar ustida olib borilgan kuzatishlar lichinkalar
yashayotgan muhit sharoitining jins rivojlanishidagi ahamiyatini ochib bo­
radi. Lichinkalar alohidaboqilganida ulardan faqat urg‘ochi jins rivojlana­
di. Agar lichinka voyaga yetgan urg‘ochisi solingan idishda boqilsa, ular
urg‘ochisi xartumiga o‘tiribolibregressiv metamorfozga uchraydi, ya’ni,
tuzilishi soddalashadi va parazit erkagiga aylanadi. Lichinkaning erkak
bonelliyaga aylanishi urg‘ochisi xartumi qoplag'ichi ishlab chiqaradigan
moddaga bog‘liq.
SIPUNKULIDLAR (SIPUNCULIDA) SINFI
Sipunkulidlar - dengizlarda suv tubidagi loyni kovlab yoki bo‘sh nay-
chalarda va chig‘anoqlarda yashaydigan chuvalchangsimon hayvonlar.
250 ga yaqin turi ma’lum. Sistematik o‘rni exiuridlar singari aniq ma’lum
emas. Voyaga yetgan davrida yoki lichinkalarida ham hech qanday
metamer belgilar ko‘rinmaydi. Ular ham birlamchi halqalashmagan selo-
mik hayvonlar hisoblanadi.
Sipunkulidlar tanasi ingichkalashgan xartumga va birmuncha keng
gavda qismiga bo‘linadi. Xartumi maxsus muskullar yordamida tanasi
ichiga tortilishi yoki chiqarilishi mumkin. Og‘zi xartumning uchki qismida
joylashgan. Teri-muskul xaltasi yaxshi rivojlangan. Qon aylanish siste­
masi bo'lmaydi. Ayirish sistemasi nefromiksiyalardan iborat. Sipunkulid­
lar ayrim jinsli hayvonlar. Tuxumidan troxofora lichinkasi chiqadi. Sipunkul­
idlar deyarli hamma dengizlarda uchraydi. Tanasining o‘rtacha uzunligi
bir necha santimetr, eng yirik vakili Siphonomecus multicinctus ning
uzunligi 51 sm ga yetadi.
Download 20.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling