Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


Relyativistik kosmologiya


Download 229.75 Kb.
bet38/44
Sana10.11.2023
Hajmi229.75 Kb.
#1761769
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
Mavzy №1. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li -fayllar.org

Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga da’vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni
biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan o’rganadi. Relyativistik kosmologiya
asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1916 yilda umumiy nisbiylik nazariyasini yaratgach, oradan bir yil o’tib (1917) olamning 
birinchi relyativistik modelini tuzdi, uning ma’nosi qo’yidagicha:
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va izotro’ tuzilishga ega
degan xulosa kelib chiqadi. Garchi og’ir ob’ektlar yaqinida makon-vaqt geometriyasi o’zgarsa-da, bu o’zgarish
olamning o’zgarmas egrilikka ega bo’lgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og’ishdir, xolos.
2. Olam turg’un, vaqtda o’zgarmasdir. SHu bois maydon geometriyasi evolutsiyaga ega bo’lishi mumkin 
emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni cheksiz ko’lamli to’rt o’lchovli
tsilindr ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi bo’ylab vaqt o’qi o’tadi, u o’tmishga ham,
kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu o’zgarmas musbat egrilikka
ega uch o’lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa mavjud bo’lmagan



dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. Ayni holda maydon «o’z-o’zida tutashadi» va bu unda


hech qachon to’siqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o’tmishda qolgan. Uning olamning turg’un modelini
yaratishga urinishlari, hozirgi davrda olamning abadiyatda o’zgarmas holda mavjudligi haqidagi an’anaviy
tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi. Olamning turg’un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini
ham e’tiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni belgiyalik kosmolog M.Lemetri
rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg’unligi haqidagi taxmindan voz kechdi, lekin uning bir xilligi va izotro’ligi 
haqidagi ‘ostulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil yechimini taklif qilish imkonini berdi: 
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng bo’lsa, maydon evklid maydoni
bo’ladi, ya’ni egriligi nolga teng bo’ladi va dunyo cheksiz bo’ladi.
2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina bo’lsa, olam maydoni Lobachevskiy geometriyasi bilan
tavsiflanadi, u manfiy egrilik va cheksiz hajmga ega, ochiq va bel ko’rinishida bo’ladi.
3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo’lsa, maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi
cheklangan bo’ladi. Dunyo berk va chekli bo’lib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.

Download 229.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling