Kengayuvchi olam gipotezasi. Kosmologiya muammosining taklif qilingan yechimlariga nisbatan
munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar cheksiz kengayuvchi Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta portlash»
kontseptsiyasiga ko’ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda kichkina hajmda o’ta zich singulyar holatda
bo’lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash» olamning kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu
kengayish jarayonida moddaning zichligi o’zgargan, maydonning egriligi to’g’rilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga
ko’ra, kengayish o’rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. SHu asosda harakatlanuvchi Olam
gipotezasi ilgari surilgan bo’lib, unga ko’ra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan
boshlanadi. Aqlga sig’maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion maydonda
singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko’plab metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning
har biri barcha fizik ko’rsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida to’ologiyali (o’lchovlar miqdori har xil
bo’lgan mahalliy ochiq yoki mahalliy yo’iq) makoni va o’z kosmologik vaqtiga ega bo’lishi mumkinligi taxmin
qilinadi.
Hozirgi «ko’p sonli dunyolar» kontseptsiyalarida olamning ajabtovur manzarasi chiziladi. Bu fundamental
falsafani moddiy dunyoning makon va vaqtdagi cheksizligini metrik cheksizlik ma’nosida emas, balki materiyaning
makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim, degan asosiy qoidasi bilan
hamohangdir.
Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan savol javobsiz qolmoqda.
Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda nurlanish manbai uzoqlashib borayotganini, ya’ni galaktikalar
taxminan o’zigacha bo’lgan masofaga proportsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi umumiy
e’tirof etilgan fakt hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |