Reja: Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyusiyasi


Download 31.13 Kb.
bet2/2
Sana14.11.2023
Hajmi31.13 Kb.
#1773468
1   2
Bog'liq
Bilish nazariyasi

Mifologik bilim Mif – ibtidoiy odam tafakkurining tabiat hodisalarini tushunish va tushuntirishning oʼziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Mif narsa va obraz, jism va xossa, «asos» va tamoyillarni farqlamaydi. Voqealar oʼxshashligi yoki ketma-ketligini sabab va oqibat bogʼlanishi sifatida talqin qiladi. Mif oily darajada universal voqealar, chunonchi: inson oʼlimi va uning mangu barhayotligi, dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat yutuqlari (masalan, olovning oʼgʼirlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida hikoya qiladi. Mifning mazmuni ramziy tilde ifodalanadi, natijada uning xulosalari keng va koʼp maʼnoli tus kasb yetadi. Koʼp sonlilik tamoyilini, aks yettirish, muayyanlik va antromorflik (yaʼni, inson xususiyatlarini tabiat obʼektlariga oʼtkazish), obraz va obʼektni tenglashtirish kabilar mifologik bilishning oʼziga xos xususiyatlaridir. Borliqni anglab yetish usuli sifatida mif inson, jamiyat, dunyoni modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi. Diniy bilim insoniyat toʼplagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhim koʼrinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borligʼining mazmunini aniqlashdan iborat. Din universumning pirovard mazmunlari haqidagi oʼz tasavvurini asoslab, dunyo va insoniyatning birligini tushunishga koʼmaklashadi. U inson hayotini oʼzgartirishga qodir boʼlgan haqiqatlar tizimidan iborat. Diniy taʼlimotlarning oʼziga xos xususiyati shundan iboratki, ular jamoa tajribasini ifodalaydi va shu bois nafaqat har bir dindor odam, balki dinga sigʼinmaydiganlar uchun ham qadrlidir. Diniy taʼlimotlarning vazifasi Xudo bormi, uni qanday qilib bilish mumkin, umuman, Xudoni bilish mumkinmi, degan savollarga javob berishdan iborat. Din oʼz dunyoqarashini Muqaddas Kitob matnlarida, shuningdek, diniy rasm-rusum va urf-odatlarda ifoda etadi. Diniy rasm-rusumlarning bir unsur ramziy ahamiyatga egadir. Diniy ramzlar gʼoya va obraz muvozanatini oʼzida mujassamlashtiradi. Meditatsiya – oʼz tafakkurini bir obʼektga qaratish, inson yeʼtiborini chalgʼituvchi barcha begona omillarni chetga chiqarish yoʼli bilan fikr yuritish, narsa, gʼoya, dunyoni idrok yetishdir. Dinda meditatsiya shaxsiy ongning Absolyut bilan birikuvini anglatadi.Falsafiy bilim. Falsafa sanʼat va din kabi, bilish vazifalarini yechish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi sanʼat va din bilan uygʼun holda–insonning dunyoda maʼnaviy moʼljal olishiga koʼmaklashishdan iborat. Falsafiy bilish ayni shu maqsadga boʼysundirilgan.Ilmiy bilim. Bilishning yeng oily shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni taʼriflar yekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bogʼlaydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan oʼzining aniqligi bilan ajralib turadi. Ilmiy bilim, maʼnaviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning oʼziga xos xususiyatlarini aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi. Ijtimoiy bilim, asosan, oʼzi oʼrganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab moʼljal oladi. Bu yerda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan yemas, balki sifat va xususiylik nuqtai nazaridan oʼrganiladi. SHu sababli miqdor metodlarining ulushi, bu yerda, tabiiy-matematik siklga mansub fanlarga qaraganda kamroq. Biroq, bilimning matematikalashuvi, kompyuterlashuvi jarayonlari bu yerda ham tobora kengroq tus olib bormoqda.Inson bilishini shartli ravishda bir necha turlarga boʼlib oʼrganish mumkin. Dastlab inson bilishini unda borliq qanday holda inʼikos yetganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin. Oddiy (kundalik) bilish kishilarning odatdagi oʼz kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita oʼz sezgi aʼzolari va tafakkurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil boʼlib, odatda «sogʼlom fikrlar»da oʼz ifodasini topgan boʼladi. Oddiy bilish hamma kishilarga xos bilishdir. Ilmiy bilish yesa, oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, u borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, odatda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. Shu sababli ilmiy bilish uzoq davom yetadigan, muayyan usullar va yoʼllar bilan amalga oshiriladigan murakkab, ziddiyatli bilishdir. Shu tufayli ilmiy bilish bilan hamma kishilar yemas, balki bir guruh yoki alohida kishilar: tadqiqotchilar, olimlargina shugʼullanadilar.Bulardan tashqari, inson bilishida uning qanday paydo boʼlishi jihatdan hissiy bilish, mantiqiy bilish, intuitiv bilish, gʼoyibona bilish va shu kabi koʼrinishlari ham farq qilinadi. Hissiy bilish deyilganda, odatda, insonning his qilishi, sezgi aʼzolari orqali predmet va hodisalarni, ularning tashqi tomonlarini, tashqi belgi va xususiyatlarini bevosita bilish tushuniladi. Insonning bu bilishi, deyarli hayvonlarga ham xos boʼlgan bilish bilan bir xil xususiyatlarga yega boʼlgan bilishdir (lekin ular tub farqlarga ham yega). Mantiqiy bilish yesa insonning predmet va hodisalarni tafakkur orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib va konkretlashtirib, ularni fikrda bilishidir.Hissiy bilishning barcha shakllariga xos boʼlgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, hissiy bilish obyektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) subyektga (individga, toʼgʼrirogʼi, uning sezgi organlariga) bevosita taʼsir yetishini taqozo yetadi. Tasavvur ham bundan istisno yemas. Unda obrazi qayta hosil yetilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet yemas, u bilan bogʼliq boʼlgan boshqa predmet-signal taʼsir yetadi.
Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks yettiradi.
Uchinchidan, hissiy obraz predmetning yaqqol obrazidan iborat.
Toʼrtinchidan, hissiy bilish, konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham, har bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bogʼliq tarzda oʼziga xos xususiyatga yega boʼladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E. Falsafa. Darslik (barcha bakalavr yo‘nalishlari uchun). – Samarqand: SamDU nashri, 2021.-712 b.

  2. Falsafa asoslari [Matn]: o‘quv qo‘llanma / Q.Nazarov [va boshq.]. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. – 380 b.

  3. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. – 416 bet.

  4. Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E. – Texnika va information texnologiyalar falsafasi. Darslik. – Samarqand: Samarqand davlat universiteti, 2019. 216 bet.

  5. Falsafa yensiklopedik lug‘at. Nazarov Q.tahriri ostida. –T.: Sharq, 2011

  6. Shermuxamedova N.A. Gnoseologiya – bilish falsafasi. -T.:“Noshir”, 2011.

  7. Nazarov Q. Aksiologiya – qadriyatlar falsafasi. –T.: O‘FMJ, 2004.

  8. Jo‘rayev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. – T.: Ma'naviyat, 2008

Download 31.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling