Reja: Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyusiyasi
Download 31.13 Kb.
|
1 2
Bog'liqBilish nazariyasi
Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yoʼnalishlari Reja: Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyusiyasi Bilimning asosiy turlari va shakllari Haqiqatning asosiy shakllari va konsepsiyalari Gnoseologiya, yepistemologiya, bilish nazariyasi, shaxsiy bilim, falsafiy bilim, mifologik bilim, diniy bilim, obʼekt, subʼekt, agnostitsizm, skeptitsizm, sezish, idrok yetish, xotira, tasavvur qilish, yempirik bilim, kuzatish, yeksperiment, xaqiqat, xaqiqat mezonlari Dunyoni anglash, ong, inʼikos, bilish, gnoseologiya, bilim, kundalik (empirik) bilim, nazariy bilim, bilish obyekti, Insonning oʼzini qurshagan dunyoga boʼlgan munosabatlaridan biri - bilishdir. Inson oʼz hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, yaʼni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki oʼzini, oʼzining ruhiy-maʼnaviy dunyosini ham bilib boradi. Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham oʼrganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini oʼrganadi va ochib beradi. Falsafa yesa inson bilishining yeng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini oʼrganadi va ochib beradi. Falsafa paydo boʼlgan paytdan boshlab, inson bilishining tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi? Uning yeng umumiy qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat? degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. Shu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shugʼullanmagan birorta ham falsafiy oqim, birorta ham faylasuf yoʼq. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yoʼnalishlar bu sohaga oid oʼz qarashlarining maʼlum tizimini ishlab chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil taʼlimotlar, turli qarashlar kelib chiqdi. Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud yemas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimizning yigʼindisi (kompleks yoki kombinatsiyalar)dan iborat xolos, binobarin biz oʼz sezgi va idrokimiznigina bila olamiz, degan fikrlarni bildirishganlari maʼlum. Boshqa bir guruh faylasuflar yesa insonning dunyoni va oʼzini bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni toʼliq bilolmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydilar yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. Skeptitsizm taʼlimoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bogʼliq yekaniigini aytishib, hamma yeʼtirof qiluvchi, isbot talab qilinmaydigan inson bilimlarining boʼlishi mumkinligiga shubhalanadilar. Dunyoni bilishni qisman yoki butunlay inkor qiluvchi falsafiy taʼlimot boʼlgan agnostitsizm vakillari inson dunyoni bilishga qodir yemas, degan gʼoyani ilgari suradi. Masalan, ingliz faylasufi D.Yum taʼlimotiga koʼra, bilish obʼyekti, bilimlarimizning manbai obʼektiv borliq yemas, balki subʼektiv sezgi va idroklarimizdir, biz oʼz sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz. Nemis faylasufi I.Kant yesa insondan va uning ongidan tashqarida obʼyektiv borliqning mavjudligini yeʼtirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni «narsalar biz uchun» va «narsalar oʼzida»ga boʼladi. Uning qarashicha, «narsalar biz uchun»ni inson bila oladi, «narsalar oʼzida»ni yesa inson bila olmaydi. Kantning «narsalar biz uchun»i - bu insonni qurshab turgan predmetlar va hodisalar, shu jumladan, tabiat ham. «Narsalar oʼzida» yesa: yerkinlik, oʼlmaslik, xudo va shu kabilardir. Ularni inson hech qachon toʼliq bila olmaydi. Kant oʼz bilish nazariyasida yeʼtiqodga oʼrin qoldirish, uni mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi va cheklaydi. U inson aqlini nazariy va amaliy aqllarga boʼladi, amaliy aql, uningcha, cheklangan. Uning qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilishga ham yega boʼlavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasigacha unda aprior (lot. arriori - soʼzidan olingan boʼlib, tajribadan oldin degani) bilimlar boʼladi. Bu aprior bilimlar tugʼma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha yega boʼlgan boʼladi. Qadimgi yunon faylasuflari inson dunyoni va oʼzini bilishi, hahiqatga yerishishi mumkin, deyishgan. Ular hissiy va aqliy bilishning roli haqida ham qimmatli fikrlar aytishgan. Oʼrta Osiyo mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʼbek, Navoiylar ham insonning dunyoni va oʼzini bilish masalasi haqida toʼxtalib, inson tabiat va jamiyatni hamda oʼzini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi, inson aqli - faol, u bilishning asosiy qurolidir, deyishadi. Ular inson bilishi maʼlum narsalardan nomaʼlum narsalar tomon rivojlanib boradi, deb koʼrsatishgan. Tasavvuf falsafasi vakillari yesa oʼz qarashlarida insonning hissiy bilishi tashqi bilishni, aqliy bilish yesa ichki bilishni tashkil qilishini aytishib, ularning oʼzaro bogʼliqligini ham uqtirganlar. Shu bilan birga, ular inson dunyoni va oʼzini bilishi uchun maʼnaviy kamolotga yerishmogʼi lozim, lekin bu kamolotga yerishish quruq intilish bilan yemas, balki oʼqish, oʼrganish, bilimlarni va hunarlarni yegallash, jamiyatda boshqa kishilar bilan oʼzaro muloqotda va munosabatda boʼlish orqali yuzaga keladi, deyishadi. Nemis klassik falsafasining vakili Gegel yesa inson bilishini mutlaq ruhning inson qiyofasida oʼz-oʼzini anglashidir, deydi. Nemis klassik falsafasining soʼnggi vakili L.Feyerbax yesa insonning dunyoni bilishini yeʼtirof yetib, dunyo insondan va uning ongidan tashqarida mavjud, inson bilishi tabiatning, uning sezgilari va tafakkuridagi toʼgʼri inʼikosi yekanligini aytadi. Insonda, deydi u, dunyoni bilish uchun qancha sezgi aʼzosi kerak boʼlsa, shuncha sezgi aʼzolar bor. Uningcha, sezgilar bilish jarayonining boshlangʼich bosqichi boʼlib, sezgi aʼzolari insonni tashqi dunyo bilan bogʼlaydi. Feyerbax fikricha, sezgi aʼzolari insonni tabiat bilan tanishtiradi, lekin uni (tabiatni) tushuntirmaydi. Inson bilishining yuqori bosqichi tafakkurdir. Tafakkurning asosiy vazifasi yesa sezgi aʼzolari orqali yigʼilgan maʼlumotlarni toʼplash, solishtirish, tahlil qilish, izohlash, umumlashtirish, shular asosida ularning ichki mazmunini ochish va ulardan xulosalar chiqarishdir. Tafakkur tashqi dunyoni bevosita, chuqurroq aks yettiradi. Bulardan tashqari, XVII-XIX asrlarda intuitiv bilish haqidagi taʼlimotlar ham kelib chiqdi. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini oʼrganish falsafa tarixida muhim oʼrin yegallab kelmoqda. Inson oʼz bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, oʼz-oʼzini oʼzgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning yeng samarali usullarini tadqiq yetish falsafa tarixida muhim ahamiyatga yega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shugʼullanuvchi maxsus sohasi - gnoseologiya vujudga keldi. Inson bilishi nihoyatda koʼp qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal yetish bilan shugʼullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish yehtiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qoʼyadi. Xususan, XVII asr oʼrtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini oʼrganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shugʼullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan gʼoyani olgʼa surdilar. XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alohida urgʼu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I.Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida yemas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida bahs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin qoʼyildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar. Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va oʼzi togʼrisida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, maʼnaviy faoliyat turidir. Inson oʼzini qurshab turgan atrof-muhit toʼgʼrisida bilim va tasavvurga yega boʼlmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shugʼullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm boʼlib, har qanday kasb-korni yegallash faqat ilm orqali roʼy beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos boʼlgan maʼnaviy yehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir. Insoniyat koʼp asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham oʼzi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil qilinadi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos boʼlgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy yehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shugʼullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular — ilm-fan kishilari boʼlib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shugʼullanadilar. Hozirgi zamon gʼarb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini oʼrganuvchi maxsus soha — yetnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini oʼrganish bilan shugʼullanadi. 2. Inson oʼzini qurshagan dunyoni anglab yetadi, uni har xil usullar yordamida oʼzlashtiradi. Bu usullardan ikkita yeng muhimini qayd yetish mumkin. Birinchi – moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – maʼnaviy (ideal) usul; uning doirasida subʼekt va obʼektning bilishga doir munosabatlari ular oʼrtasidagi koʼp sonly munosabatlarning biridir. Oʼz navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va oʼzining har xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi oʼzaro bogʼliq boʼlsa-da, lekin bir-biriga oʼxshamaydi va har bir-biri oʼziga xos xususiyatlarga ega. Kundalik amaliy bilim. Tabiat haqida, shuningdek, odamlarning oʼzlari,ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar toʼgʼrisida yelementlar bilimlar beruvchi kundalik amaliy bilimlar bilishning tarixan yeng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam boʼlsada, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga yega boʼladi, maʼlumotlar, qoidalar va shu kabilarning oddiy majmuini tashkil yetadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U sogʼlom fikr, yeʼtiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning anʼanalar, rivoyatlar, oʼgitlar va hokazolarda ifodalangan koʼrinishlari, intuitive ishonch, sezgilar va shu kabilarni oʼz ichiga oladi.Oʼyin vositasidagi bilim nafaqat bolalar balki kattalar faoliyatining ham muhim unsure hisoblanadi. Oʼyin jarayonida shaxs qizgʼin bilish jarayonini amalga oshiradi, bilimlatning katta hajmini oʼzlashtiradi, madaniy boylik ishga doir oʼyinlar, sport oʼyinlari,aktyorlarning oʼyinlari va shu kabilar qon-qoniga singdiriladi. Oʼyin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, ularning maʼnaviy dunyosi va maʼlum bilimlari oʼzaro til toppish koʼnikmalari va shu kabilarni shakllantirishda muhim ijtimoiy rol oʼynaydi. Hozirgi zamonda oʼyin tushunchasidan matematika, iqtisodiyot, kibernetika va boshqa fanlarda keng foydalanilmoqda. Download 31.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling