Reja: Falsafada rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Qonun tushunchasi. Qonun turlari


Olamni anglashda inkorni inkor qonuni talablariga muvofiq fikr yuritishning zarurligi


Download 62.16 Kb.
bet6/17
Sana15.06.2023
Hajmi62.16 Kb.
#1477485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari

Olamni anglashda inkorni inkor qonuni talablariga muvofiq fikr yuritishning zarurligi. Inkorni inkor qonuniga muvofiq, ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro’y beradi. Biroq, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. Rivojlanish burama shaklda, ma’lum nisbiy takrorlanishlar asosida, oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga qarab boradi.
Metafizik yo’nalish inkorning ijodiy yaratuvchilik rolini tan olmaydi. Bundan farqli o’laroq, dialektik qarash eski narsani yangi narsa inkor qilishini ta’kidlaydi. Olamda hech bir sohada o’zining ilgarigi yashash shakllarini inkor etmaydigan rivojlanish sodir bo’lishi mumkin emas.
Har bir jarayon inkor qilish jihatiga ega. Ichki ziddiyatlar tufayli taraqqiyot jarayoni ertami — kechmi eski narsaning yemirilishiga va yangi narsaning vujudga kelishiga olib keladi. Vujudga kelgan bu yangi narsa eskining inkor qilinishidir.
«Har bir qarama-qarshilikda bo’lgan narsa, — deydi Forobiy, - boshqa tomonidan buzdirilishi lozim bo’ladi, birinchi esa o’z tabiati bilan qarama-qarshi tomonidan inkor etilgan bo’ladi. Bu esa uning aslida (substansiyasida) mavjud bo’lgan bo’ladi»1.
Eskining yangi tomonidan inkor qilinishi natijasida moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ilgarilanma harakati sodir bo’ladi.
Eskining rivojlanish jarayonidagi yemirilishi — inkorni inkor qonunining faqat bir tomonidir. Uning boshqa tomonini eskining yemirilishi jarayoni bilan bir vaqtda vujudga keladigan yangi narsa qaror topadi. Bu yangi narsa eskining o’rnini egallab, undagi ijobiy narsalarni saqlab qolgan holda yangining yanada yuksakroq, ilg’or holatini ifodalaydi.
Shunday qilib, taraqqiyot bir-birini almashtirib turadigan bosqichlardan iborat bo’lib, bir bosqich ikkinchi bosqich tomonidan, ikkinchisi esa uchinchisi tomonidan inkor etiladi. Eskining yemirilib, yangining paydo bo’lishi, taraqqiyot jarayonidagi dialektik inkorning ikkita muhim va ajralmas jihatidir.
Inkorni inkor qonuni quyidagi bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

Download 62.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling