2. AKT sohasiga oid: Oʽzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Oʽzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishganiga uncha ko‘p muddat bo‘lmaganiga qaramasdan, u jahon hamjamiyatida va sivilizatsiyasida o‘zining munosib o‘rnini mustahkam egallab oldi va ildam qadamlar bilan XXI asrga - axborotlashgan jamiyat sari kirib keldi. Respublikamizda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi (1993 yil, 2003 yil)”, “EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofaza qilish haqidagi (1994 yil, may)” qonunlari va ularning bajarilishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini axborotlashtirish konsepsiyasining (1994 yil, dekabr) ishlab chiqilishi fikrimizning yorqin dalilidir. Chunki hozirgi paytda insoniyat, shuningdek informatika fani muqarrar haqiqat bilan yuzma-yuz bo‘lmoqda. Uning asosiy masalasi – muammosi insoniyat faoliyatining boshqa biror sohasida bo‘lmagan-uchramagan informatsion-axborot inqirozini (behisob ko‘payib ketishini) yengib o‘tishdir. Ammo qo‘yilgan masalani yechishni zamonaviy axborot texnologiyalari majmui – superkompyuterlar, kompyuter va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlar, Internet umumjahon tarmoqlaridan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |