Reja fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Axborotni kodlash. Ma’lumotlarning kompyuter xotirasida tasvirlanishi. Sanoq tizimlari
Download 72.2 Kb.
|
4. Axborotni kodlash. Ma’lumotlarning kompyuter xotirasida tasvirlanishi. Sanoq tizimlariASCII kodlashtirish tizimi Ikkilik kodlash orqali har bir raqam va alifbodagi belgilar jahon andozalaridagi kodlash jadvali – ASCII (American Standart Code for Information Interchange) yordamida ikklik belgilar ketma-ketligida ifodalanadi. ASCII jadvali yordamida ayrim belgilarning ikkilik tizimidagi kodlari: A – 01000001 I – 01001001 B – 01000010 J – 01001010 ya’ni ASCII jadvalida keltirilgan, masalan A belgisi o‘noltilikda 41(16) ga teng bo‘ladi. Bu yerda belgi turgan katakda kesishgan ustun va satr raqamlari qo‘shilib yoziladi. ASCII jadvali quyidagi guruhlarga ajratilgan: boshqaruvchi belgilar, arifmetik amallar belgilari, raqamlar, maxsus belgilar, lotin alifbosi, milliy alifbo, psevdografika belgilari, matematik belgilar. Quyidagi jadvalda ASCII kodlari keltirilgan belgilar 0 dan 7F (o‘nlik tizimda 0 dan 127 gacha) berilgan. Jadval. ASCII ning asosiy jadvali (16-lik sanoq tizimida) Kodlarning ikkinchi qismi 80 dan FF gacha bo‘lib ( 128 dan 255 gacha) ASCII standartining kengaytmasi hisoblanadi. Har bir belgi uchun 8 bit ajratish zarur bo‘ladi. ASCII standarti kengaytmasining alternativ variantlar ham mavjud bo‘lib, unda harflar ketma-ketligi boshqacha bo‘ladi.
Zamonaviy hisoblash texnikasi ko‘pincha axborotni signallarning ketma-ketligi yordamida kodlashning ikki usulidan foydalaniladi magnitlangan va magnitlanmagan, yuqori yoki past kuchlanishli va hokazo. Bir holatni 0 bilan, ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkilik kodlash deyilib, 0 va 1 raqamlari bitlar (ing. Dit-dinary-digit-ikkilik raqam) deb ataladi. Bunda har bir murakkab tushuncha, ikkilik belgilari ketma-ketligida ifodalanadi. Shunday qilib quyidagilar bajariladi.
Oʽnlik raqamlarni ikkilikda (binarli) kodlash. Alifbo belgilarini ikkilikda kodlash (axborot almashinishning alifbo standart kodi (ASCII). Kodlar ikki xil: tekis va tekis bulmagan turda bo‘lishi mumkin. Tekis ikkilik kodlari ketma-ketligi bir xil ikkilik belgilariga ega bo‘lsa, tekis bulmagan turi teng bulmagan ikkilik belgilariga ega. Tekis boʽlmagan kodga Morze alifbosi misol boʽla oladi, chunki unda har bir harf va raqamga uzun va qisqa signallarning ikkilik ketma-ketligi mos keladi. Masalan, E harfiga birgina nuqta mos kelsa, R harfiga toʽrtta nuqta mos keladi. Hisoblash texnikasida odatda tekis kodlardan foydalaniladi. Matni axborotni ikkili kodlashda har bir belgiga uning kodi-belgilangan mikdorldagi nollar va birlar ketm a-ketligi mos quyiladi. Ko‘pgina zamonaviy EHM larda har bir belgiga bayt deb ataladigan 8 ta nol va birlardan tashkil topgan ketma-ketlik mos keladi. Ular ja’mi 256 ta bo‘lib, ular 256 xil turli harflarni, raqamlar, tipish belgilari va hokazolarni kodlash imkonini beradi. Download 72.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling