E‟tibor berish lozim bo„lgan o„rinlardan tashqari ilmiy matnlar o„z belgilariga ham ega:
Matnning morfologik xususiyatiga ko„ra fe‟llar passiv, ot va sifatdosh faol pozitsiyani egallaydi.
Ilmiy nutq uslubining ta‟kidlangan mantig„i matn qismlari o„rtasidagi munosabatni ifodalovchi ko„p sonli kirish so„zlar va jumlalardan foydalanishni talab qiladi. Masalan, birinchidan, ikkinchidan, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, yuqorida aytilganidek, shunday qilib, xullas kabi.
Tobe izohli qo„shma gaplar, sabab, maqsad, shart-sharoit, oqibatlar, yondoshuvlar keng tarqalgan.
Ilmiy uslubga xos matnlarda bir ma‟noli leksemalarning ustunlikka egaligi. Buning bosh sababi atamalar bilan to„yinganligidir.
Ilmiy ma‟lumot ta‟kidlar uyg„unligida beriladi. Masalan, yana bir misol keltiramiz, endi matnning asosiy qismiga e’tibor qaratsak, keling savolni chuqurroq tahlil qilib ko‘raylik kabi.
Ilmiy matnlarda ko„chirmalardan foydalanish, manbaalarga havola qilish va sarlavha tanlashga ham jiddiy e‟tibor beriladi. O„quv qo„llanmalari va darsliklarning turlari va vazifalari bir-biridan farq qiladi. Bu o„qish va o„qitishning turlari, xillari bilan bog„liq.
Ilmiy uslubning yetakchi vazifasi fakt yoki hodisaning tavsifi bo„lishiga qaramay, qo„shimcha mantiqiy munosabatlarni o„rnatish qobilyati matnlarni turli jihatlarda tahlil qilishda doimo o„zini eslatib turadi. Ilmiy nutqning o„z manzili bor. Ya‟ni ilmiy nutq uslubi va shu uslubdagi matnlar ilmiy va kasbiy, ilmiy va ta‟lim sohasida, olimlar, muhandislik-texnik xodimlar, ma‟lum bir sohadagi professional mutaxassislar orasida qo„llanadi. Ilmiy uslubdagi matnlarning adresatlari ilmiy axborotni idrok etishga tayyor shaxslardir. Ilmiy uslubga xos matnlarda fikr ko„plik shaklda ifoda etiladi. Masalan, “Bizning kuzatishlarimiz natijasiga ko‘ra;
…ushbu ma’lumotlarni chuquqr tahlil qildik” kabi.
Ilmiy uslub bir qator umumiy xususiyatlarga ega, umumiy sharoitlar fanlarning tabiati(tabiiy, aniq, gumanitar) va janr farqlari(monografiya, ilmiy
maqola, ma‟ruz, darslik va boshqalardan) qat‟iy nazar, o„zini namoyon qiladigan funksional va lingivistik xususiyatlar uslubning o„ziga xos xususisyatlari haqida gapirishga imkon beradi. Ilmiy uslubning oluvchilarini olimlar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |