Режа: Fanning mohiyati va vazifalari


“Инновацион иқтисодиёт” фанининг bozor iqtisodiyotiga mosligi


Download 69.43 Kb.
bet6/7
Sana31.10.2023
Hajmi69.43 Kb.
#1735545
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1“Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish

2.2. “Инновацион иқтисодиёт” фанининг bozor iqtisodiyotiga mosligi
Ривожланган мамлакатлар иқтисодий тараққиѐтининг босқичларига
назар ташлайдиган бўлсак, барқарор ўсишни таъминлашда инновациялар ўрни алоҳида аҳамият касб этганини кўришимиз мумкин. Яъни, илмий- техникавий йўналишларда олиб борилган тадқиқотларни ишлаб чиқариш жараѐни билан интеграциялашуви юқори технологияларга асосланган замонавий корхоналарни ташкил этишга хизмат қилмоқда.
Шу нуқтаи назардан, барқарор иқтисодий ўсишни таъминлашда инновацион ривожланиш ва инновацион иқтисодиѐтнинг ўрни жуда юқори ҳисобланади. Зеро, инновацион ривожланишни амалга ошириш аввало иқтисодиѐтнинг реал секторини модернизация қилиш, техник ва технологик янгилаш, илмий-техникавий лойиҳаларни қўллаб қувватлаш, фан ва технологиялар ҳамда ишлаб чиқаришни узвий боғлиқлигини таъминлаш лозим бўлади.
Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida, innovatsiyalarni joriy etish, milliy korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsion faoliyatni rivojlantirish insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o`sishning muhim omiliga aylanmoqda. Innovatsion faoliyatni doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o`zgarishiga jiddiy ta‘sir ko`rsatmoqda.
Mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, intellectual mulk huquqini yaratish, ularni muhofaza qilish, huquqiy egalarining manfaatlarini himoya qilish, innovatsiya sohasiga oid xalqaro integratsiyalashuvini jadallashtirish, xalqaro shartnomalarga kirish orqali milliy mualliflarining huquqlarini butun dunyoda muhofaza qilish kabi muhim masalalar davlat ustuvor yo`nalishi sifatida belgilab olindi. Hozirgi globallashuv jarayonlarida ``Innovatsion iqtisodiyot`` fanining ahamiyati benihoya kattadir. Iqtisodiyotni rivojlantirishda intellektual mulk, ixtirolar, yangi kashfiyotlar hamda ularni patentlash, litsenziyalash va sertifikatsiyalashning o`rni salmoqlidir. Chunki, dunyoning qaysi burchagida bo`lmasin bunyod etilgan ixtiro bu mulk hisoblanib, undan barcha xalqlar foydalanishi mumkin. Bu masala o`z navbatida patent olish va uni sotish orqali tartibga solinadi.
Innovatsion faoliyat ishlab chiqarish va inson hayotiy faoliyatining boshqa sohalari ehtiyojlarini qondirishning muhim uslublaridan biri hisoblanadi. U foydalaniladigan mahsulotlarning sifat o`zgarishlari, faoliyat vositalari va uslublarini yangilash yo`li bilan amalga oshiriladi. Ammo sifat o`zgarishlari faqatgina fundamental bilimlar asosida o`zgartirish mumkin bo`lib, ular texnik bosqichdan ishlab chiqarish sohasiga o`tgan holda, unda progressiv o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu sohadagi tadqiqotlarning ko`rsatishicha, sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyat mahsulotlarini sotish hisobiga milliy daromadning 20% gacha o`sishini ta‘minlashi mumkin.
Innovatsion faoliyat O`zbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi tushuncha bo‗lib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini qamrab oladi.
Innovatsiya - mavjud tizimlar rivojlanishini boshqarish jarayoni bo‗lib, unda innovatsiyaviy mahsulot amaliy qo‗llanilish bosqichigacha olib kelinadi va bozor muvaffaqiyatini ta‘minlaydi.
Mamlakatlar raqobatdoshligini baholashning ko‗rsatishicha, korxonalar rivojlanishining asosiy strategiyasi bo‗lib, quyidagi tamoyillarga asoslangan boshqaruv siyosatini amalga oshirish uchun xizmat qiladi:
- tabiiy va iqlim resurslardan oqilona foydalanish;
- jamg`arilgan boyliklardan o`z o`rnida foydalanish;
- investitsiyalarni faol jalb qilish;
- innovatsiyalarni qo`llab-quvvatlash.


Download 69.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling