Reja: Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganishi


Download 36.99 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi36.99 Kb.
#1307559
Bog'liq
Farobiyning pedagogik qarashlari


Farobiyning pedagogik qarashlari

Reja:
1. Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganishi


2. Farobiyning pedagogika qarashlari
3. Abu Nasr Farobiyning ta`limiy qarashlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganib, ular orqali Platon Aristotel kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo`ladi. U matematika, meditsina kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda filosofiya, logika, siyosat, davlat haqidagi ijtimoiy fanlarning sohalari bilan ham shug`ullanadi va o`zining yuzdan ortiq asarlarini yozib qoldiradi. Farobiy kamtar, tartinchoq kishi bo`lib, mulki ham, boyligi ham bo`lmagan. U umrini ilm sohalarini o`rganishga, kitoblar yozishga sarflagan progressiv mutafakkir edi.U o`z vatanidan uzoqlashib ketishiga qaramasdan, o`z ona tili – turkiy tilni unitmagan va o`z milliy kiyimida yurgan, milliy odatlarga rioya qilgan. U o`zining yuksak ilmi bilan hammani hayratda qoldirgani uchun ham xalq orasida «mua`limi soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan mashhur bo`lgan. Farobiy bizga juda katta ijodiy meros qoldirgan. Bu asarlarning to`liq ro`yxati bo`lmasada, ilmiy adabiyotlarda u 130-160 dan ortiq asarlar yaratgani haqida fikrlar mavjud. Farobiy to`g`risida sharq adabiyotida turli-tuman hikoya, afsonalar mavjud bo`lib, ularning barchasida mutafakkirning o`z zamonasi fanning turli sohalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lganligi haqida va u juda ko`plab tillarni bilganligi haqida hikoya qilinadi. 1.2. Farobiyning inson kamoloti haqidagi qarashlari Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi muhit, hayotiy tajriba, talim-tarbiyaning ta`siri va bu ta`sir natijasida ular o`zlaridagi ijobiy yoki salbiy xislat-fazilatlarni namoyon qilishlarini aytadi. “Insonlar tug`ilganda kamolotli bo`lib tug`imaydi, ularni orasida aslida farq ham bo`lmaydi, ularning xulqi, faoliyati, hayoti o`xshash bo`ladi, keyinchalik esa o`zgaradi, ya`ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda odamlar ming yillardan beri amal qilib kelayotgan qadiriyatlarni va me`yorlarni qabul qiladilar. Ularga moslashadilar voqealar va muhit ta`sirida yaxshi yoki yomon odatlarni o`rganadilar, shu bois odamlardagi xato va kamchilik, yutuq va muvaffaqiyatlar ularda jamiyatda keyinchalik shakllanadi. Inson jamiyatdagi qarama –qarshiliklarni o`ziga singdira boshlaydi, har xil mushkulotlarga duch keladi. Inson faoliyatining adolatga yaqinligi yoki uzoqligi uning aqliga, xulqiga, yashagan jamiyatiga bog`liq. Agar unda yomonlik fikrlari ozroq bo`lsa, adolatga yaqin bo`ladi, agar ko`proq bo`lsa adolatdan, insofdan uzoqroq bo`ladi. Xulq albatta insonning yaxshi yoki yomon xislatlarining nisbatiga bog`liqdir”. Jamiyatda adolat asosiy mezon bo`lsa, uning a`zolari ham insof va diyonatli, mehr-oqibatli bo`ladilar. Inson jamoasi to`g`risidag


ta`limotning asosini kishilarning ongli harakatini ,xulq-odatlari, tabiy –mayillari, istak va malakalarini, faoliyatlari va turmush darajalarini o`rganish masalalari tashkil etadi. Mutafakkirning fikricha fozil jamoaning har bir a`zosi fozil ya`ni haqiqiy inson bo`lishi kerak. Farobiy o`z qarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e`tiborini qaratadi va u “Fozil odamlar shahri asarida o`n ikki tug`ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bo`la olishini ta`kidlaydi. Bular quyidagilar: “Birinchidan bunday odamning barcha a`zolari mukammal taraqqiy etgan, sog`lom bo`lish lozim;ikkinchidan, tez fahm so`zlovchining maqsadini tez payqay oladigan bo`lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo`lsin; to`rtinchidan, zehni tez va o`tkir bo`lsin; beshinchidan nutqi ravon ,fikri teran mulohazalarini yorqin bayon eta olsin; oltinchidan, bilish va o`rganishga ishtiyoqi baland bo`lib, bilimlarini charchashni sezmasdan o`zlashtira olsin; yettinchidan nafsini tiya oladigan, qimor o`yinlaridan jirkanadigan bo`lsin; sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo`lsin; to`qqizinchidan g`ururli va vijdonli bo`lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; o`ninchidan mol-dunyo yig`ishga berilmasin; o`n birinchidan adolatli bo`lsin, odamlarni adolatga targ`ib etadigan bo`lsin; o`n ikkinchidan adolatli bo`lsin, ammo qaysar bo`lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o`zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo`lsin, o`zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat`iylik ko`rsatsin, qo`rqmas, jasur bo`lsin, qo`rqish va ojizlikni bilmasin”. Olimning fikricha “fozil” inson barkamlol shaxs bo`lishi uchun ma`naviy- axloqiy illatlardan xoli, ruhan, ma`nan va jismonan so`glom bo`lishi lozim. Haqiqiy inson aql idrok tufayli barcha ne`matlarga ega bo`ladi va adolatli ijtimoiy hamkorlikka asoslangan fozil jamiyat barpo etadi. Demak jamiyatning taraqqiyoti, moddiy va ma`naviy ma`daniyatning rivojlanishi, undagi fuqoro-odamlarning baxt-saodatga, ozodlik va erkinlikka erishishi shu jamiyat a`zolari bo`lmish insonlarning aqli, xulqi hamda ijtimoiy muhitnining ta`siriga bog`liq. Alloma odamlarni avval o`rganish lozimligini ta`kidlaydi, buning natijasida u insonlarni johil va fozil kishilarga ajratadi.”Har bir inson boshdan komil emas, ammo tug`ma ravishda o`ziga xos bo`lgan ichki shuur ila bosqichmabosqich komillikka jiddu jahd bilan intiladi”. Shuning uchun uni o`rganib kamolot sari yo`naltirish adolatli jamiyatning asosiy maqsadidir. Yosh avlodni komil va fozil inson,yuksak insoniy fazilatlar sohibi, har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida kamol toptirish bugungi kunda taraqqiy etib borayotgan jamiyatimizda davlat siyosati
darajasidagi masala sifatida e`tiborga olingan. Bu borada jamiyatimiz o`qituvchi va pedagoglar zimmasiga g`oyat ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi. Farobiyning fikricha jamiyatdagi muhit, tinchlik va ravnaq birinchi navbatda ziyolilar ya`ni ma`naviyat va ma`rifat tarqatuvchilarning faoliyatiga, jamiyatda kishilar o`rtasida olib boriladigan ta`lim tarbiya jarayoniga bog`liq. O`rta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomi bilan bog`liq bo`lib, uning inson kamoloti haqidagi ta`imoti ta`lim – tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faydasufi Arastudan keyin Sharqda o`z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar. Abu Nasr Farobiy (to`liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Farobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da Shosh – Toshkentga yaqin Forob (O`tror) degan joyda harbiy hizmatchi oilasida tug`ilgan. Forobda boshlang`ich ta`limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqanda ta`lim olganligi haqida ma`lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bag`dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig`ilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bag`dodga jo`naydi. Bag`dodda Farobiy o`rta asr fanini, turli fan sohalarini o`rganadi. Masalan, unga Yunon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna ibn Haylon (Jilon) ta`lim bergan. Umuman, Farobiy Bog`doda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug`ullandi, turli tillarni o`rgandi. Ba`zi manbalarda Farobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. Abu nasr Farobiy qomusiy olim hisoblanadi.Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. Farobiy taxminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi bog`da qorovul bo`lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug`ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda ham bo`lgan. So`ng yana Damashqga qaytib, shu yerda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as – sag`ir» qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga ko`ra Abu Nasrning hikmat falsafani o`qishiga bir kishi sabab bo`lgan ekan. O`sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu yerda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo`yib ketgani sabab bo`lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko`zi tushib, ularning Abu Nasrning ko`ngliga ma`qul bo`lib qoladi va o`qishga kirishadi natijada yetuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan ham
Abu Nasr Farobiy o`rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan olim, Farobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Farobiy o`zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Farobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo`lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog` – salomat bo`lib, o`z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o`tkir, 5 – o`z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilim-ma`rifatga havasli, 7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o`zini tiya oladiga bo`lishi (qimor yoki boshqa o`yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo`lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo`y odamlarni sevadigan, yolg`onni va yolg`onchilarni yomon ko`radigan, 9 – o`z qadrini biluvchi va oriyatli bo`lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qat`iyatli, sabotli, jur`atli, jasur bo`lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko`rishni istaydi. Farobiy o`zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo`ladi. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy hususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko`nikmalariga e`tibor berishlik zarur deydi. U o`zning «Baxt saodatga erishuv yo`llar haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritadi». Farobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim deydi; ya`ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo`lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko`ra bilishi, boshqalarga g`amxo`r bo`lishi lozim deydi. 1.3. Abu Nasr Farobiyning ta`limiy qarashlari Farobiy ta`lim tarbiyaga bag`ishlangan asarlarida ta`lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to`g`risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma`nolari to`g`risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o`z ifodasini topgan. Farobiy o`z ishlarida ta`lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta`lim bergan bo`lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o`z o`rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi.
Farobiy «Baxt – saodatga erishuv to`g`risida» asarida bilimlarni o`rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta`kidlashicha, avval bilish zarur bo`lgan ilm o`rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o`rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o`rganish lozim.Undan so`ng, umuman, jonli tabiat o`simlik va hayvonlar haqidagi ilm o`rganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga yolg`iz o`zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo`lish, ularning ko`maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo`ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim. Bunga Forabiy ta`lim – tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta`lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri bilib oladi va hayotda to`g`ri yo`l tutadi, boshqalar bilan to`g`ri munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi. Demak, Farobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Farobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasidagi tug`ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir. Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya Aesa, amaliy ish tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir» Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`riflaydi: «Falsafani o`rganishdan avval o`zingizni hirshavaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy vashahvoniyat kabi notug`ri tuyg`ularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so`ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`zlovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»Farobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo`lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko`pchilik manfaatini yuqori qo`yish, haqiqat, ma`naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma`rifatli bo`lishidir. Shuning uchun ham Farobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog`liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi.Bundan biz Farobiyning axloqni xulq me`yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko`ramiz.Farobiy «Aql ma`nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta`limotida mantiq (logika) ilmi muhim o`rin tutadi deydi.U mantiq ilmi bilan grammatika o`rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo`lda olib borish uchun aqlni to`g`irlab turadi deydi. Farobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko`p jildi asari bilan o`rta asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashxur bo`ldi. U muzikaga ilmni nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan.Uning muzika sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir. Farobiyning ta`lim-tarbiya yo`llari, usullari vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go`zal fazilatlar ikki yo`l – ta`lim va tarbiya yo`li bilan hosil qilinadi. Ta`lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug`ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta`lim so`z va o`rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo`ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko`nikmalarni qay darajada o`rganganligiga qarab paydo bo`ladi, deb ko`rsatadi. 11 Farobiy ta`limda barcha fanlarning nazariy
iyada ma`naviy – axloqiy qoidalar, odob me`yorlari o`rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta`limtarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi.Farobiy ta`lim – tarbiya ishlarini ikki yo`l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. «Amaliy fazilatlar va amaliy san`at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo`l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh so`zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so`zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g`ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi yo`l (yoki usul) – majbur etish yo`li. Bu usul gapga ko`nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo`llaniladi. Chunki ular o`z istaklaricha so`z bilan g`ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o`rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo`ladi. Kasb hunarlarni va juz`iy san`atlarni egallashga intilish bo`lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san`at ahllariga aylantirishdir Insonning kamolga yetishida ham aqli, ham axloqiy tarbiyaning o`zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi.Bunda Farobiy tavsiya etgan ta`lim – tarbiya usullari hozirgi davrda ham o`z ahamiyatini yo`qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir. Abu Nasr Muxammad ibn Muxammad Farobiy (870-950) ilk o`rta asr uyg`onish davrining buyuk namoyondasi, qomusiy ilm sohibidir. U O`tror yaqinidagi Farob qishlog`ida tavallud topgan. Uning avlodlari qipchoq turk qavmidan edi. Farobiy juda ko`p fanlar sohasida ilg`or g`oyalarni asoslab bergani uchun unga «ikkinchi muallim» "muallimi soniy" (Arastu birinchi muallim) muallimi avval degan faxriy nom berilgan edi. Davrning siyosiy va huquqiy qarashlari chuqur tahlil qilib, o`zining ijtimoiy siyosiy

Xulosa
Davlat boshlig`i bir qator tug`ma fazilatlarga ham ega bo`lishi kerak. Jumladan, uning tani sog`, jismining a`zolari butun, tiniq fikrli balog`at sohibi bo`lib, har narsani ochiq idora eta bilishi shart. Farobiy jamiyatni boshqarishda rahbarda boshqarish mahorati shakllangan bo`lishi kerak deb uqtiradi. Boshqarish mahoratining eng muxim omillari Farobiyning fikricha quyidagilar: Xukm va ruh sog`lig`i. O`zidan avval o`tganlarning qonun va usullarini yaxshi bilish va foydalanish Eskilarning tajriba va qonunlaridan yangi xukmlar chiqarmoq. O`zi idora qilayotgan shaharning manfaatlarini qo`riqlamoq uchun isbotli qarorlar chiqarmoq.


Foydalanilgan adabiyotlar


Karimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi.T., 2006.312-betO’sha asar.312-betKarimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi.T., 2006. 304-bet.
Farabis intraductoty risolah on logic. The Islamic Quarterly, vol III, 3-4, 1957, h/ 227[10]Farobiy.Fozilshaharaholisi qarashlari haqidarisola // Vkn.: С.Н.Григорян. Из истории Средней и Ирана VII-XII веков. –М., 1960. 136-бQarang: Farobiy siyosat al-madaniya. 40-41-б[O’.M.Ensklopediyasi T.: “Davlat ilmiy nashriyoti” 2007
Download 36.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling