Reja: Fenollar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi
Download 71.38 Kb.
|
Umaraliyev Abdulxamid - Fenollarning olinishi va xossalari
Fenollarning olinishi va xossalari Reja: Fenollar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi Fenollarning kimyoviy xossalari Olishning laboratoriya usullari Fenollar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi. Fenollar–molekulasida gidroksil guruhlari benzol yadrosi bilan bog`langan organik birikmalardir. Ular aromatik uglevodorodlarning hosilalari hisoblanadi. Molekulasida bitta gidroksil guruhi bo`ladigan fenollar bir atomli, ikkita -OH bo`lsa ikki atomli, uchta -OH bo`lsa uch atomli deyiladi. Fenollarning nomenklaturasini tuzishda benzol halqasidagi uglerod atomlarini 1 dan 6 gacha bo`lgan raqamlar bilan belgilash qabul qilingan, bunda raqam qo`yish gidroksil guruhi turgan uglerod atomidan boshlanadi. Eng oddiy fenol C6H5OH fenol yoki karbol kislota deyiladi. Olinishi. Fenol ko`p miqdorda ikki usul bilan: ko`mirni quruq xaydashda hosil bo`ladigan toshko`mir smolasidan va asosiy qismi–benzol va propilendan sintetik yo`l bilan («kumol usuli») olinadi. Dastlab benzol bilan propilendan izopropilbenzol (kumol) olinadi: C6H6 + CH2═CH−CH3 → C6H5−CH−CH3 CH3 Kumol–rangsiz suyuqlik, suvdan yengil, 152 0C da qaynaydi. Suyuq fazada havo kislorodi bilan katalitik oksidlanganda kumol gidroperoksid hosil bo`ladi. CH3 C6H5−CH−CH3 + O2 → C6H5−CH−CH3 CH3 O−OH Hosil bo`lgan birikma sulfat kislota ta`sirida fenol bilan atsetonga ajraladi: CH3 C6H5−CH−CH3 → C6H5OH + CH3−CO−CH3 O−OH Shunday qilib, benzol bilan propilendan ikkita qimmatli mahsulot–fenol bilan atseton olinadi. Bu usulni rus kimyogari P. G. Sergeyev ishlab chiqqan. Download 71.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling