Reja: Fine Reader dasturi va Adobe Reader


«Сегментировать» va «Распознать»


Download 0.52 Mb.
bet4/12
Sana11.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1449903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
malumot tipini ozgartiruvchi dasturlar.

«Сегментировать» va «Распознать» tugmalarining ishi «Пакет» darchasidan ajratilgan betlar mavjudligini aniqlashdir. Matnni qayta skanerlash ko'p vaqtni oladi, shuning uchun xatolarni to'g'rilashda Fine Reader maxsus qurilmasi ko'zda tutilgan. Qog'oz mo'ljalini avtomatik ko'tarish uchun o'sha dastumi ko'rsatish mumkin. Agar avtomatik mo'ljal ko'tarilmasa, tasvirni qo'lda to'g'rilasa ham bo'ladi.
Tasvir haqida axborot olish. Tasvir haqida ma’lumot olish uchun quyidagi amallami bajarish kerak: tasvirda o'ng tugma bosiladi va kontekst menyusida «Свойства...» punkti tanlanadi. Bu dialogda «Изображение» qismi tanlanadi. Ochilgan muloqot darchasida tasvir haqida quyidagi ma’lumotlarni bilish mumkin: • Eni va balandligi (nuqtada); • Tikligi va yoni; • Tasvir xili (oq-qora, rangli); • Torligi.
Fine Reader dasturidagi anglash tillari. Fine Reader — ko'p tilni biluvchi dastur. U erkin holatda 37 xil tildagi matnlar bilan ishlay oladi. Tilning birinchi guruhida lug'at yordami mavjud. Bu matnli tahrimi tuzatish va so'zni anglashni yengillashtiradi. Matnning qanday tilda yozilganligi asosiy belgilardan bo'lib, skanerlashdan oldin matn xili aniqlanadi. Matnni anglashda shu yoki boshqa tilni tanlab, «Распознание» panelidan kerakli tilni tanlanadi. Agar kerakli til topilmasa, «Другой...»ni tanlab, kerakli tilni topib olish mumkin.
Fine Reader dasturidan foydalanish. Fine Reader dasturi turli tasvirlar. grafiklar hamda turli tillardagi matnlami kompyuter xotirasiga kiritish va matnlami tanish uchun qo'llaniladi. Bu dastur Windows boshqaruvida ishlagani uchun u xotiraga odatdagidek yuklanadi. Uning ekrandagi umumiy ko'rinishi quyida keltirilgan.
U Windows ilovalari xos bo‘lgan menyu va asboblar paneli, hujjatlarni skanerlash, matnlami tanish bilan bog'liq tugmalar, Paket paneli va Ish sohasi dan iborat.
Acrobat Reader
Bu dastur yordamida PDF (Portable Document Format — Ko‘chma formatdagi hujjat) kengaytmali fayllarni o'qish, yo'llash (navigatsiya qilish), printer orqali chop etish imkoniyati mavjud. Ushbu fayllarni ko'pincha Internet tarmog'ida chet el universitetlari, kompaniyalar, firmalaming Web-saytlarida uchratish mumkin. Bu dastur 20 ga yaqin turdagi faylni o'qiy oladi. Ular tayyor formalar, blankalar, anketalar, elektron kitoblar va hujjatlar bo'lishi mumkin. Acrobat Reader dasturi bilan mualliflik huquqi, litsenziyalar, xalqaro kelishuvlar, nusxa olish qonun-qoidalari asosida PDF kengaytmali fayllami ko'rish va printer orqali chop qilish ishlari bajariladi. Shu bilan birga bu dastur yordamida Intemetda formalar, anketalami to'ldirish va tegishli manzilga yetkazish mumkin. Dunyoning turli burchaklarida foydalanuvchilar bu fayllardan foydalanganda muammolar tug'ilmasligi katta ahamiyatga egadir. Foydalanuvchi o'zining PDF fayllarini Adobe Acrobat dasturi yordamida yaratadi. Yaratilgan PDF faylllami Internet tarmog'idagi Web-saytlarga qo'yish mumkin va boshqa foydalanuvchilar o'sha fayllardan foydalanganda Acrobat Reader dasturi ushbu fayllami ko'radi. Bu fayllar mualliflik huquqi asosida himoya qilinadi va modifikatsiya qilishni, o'zlashtirishni cheklaydi. Acrobat Reader dasturini Internet orqali httprg'g'www.adobe.com Web saytdan Adobe firmasi server kompyuteridan bepul olish mumkin.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling