Reja: Firibgarlik to`g`risida qonun hujjatlari


Download 25.2 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi25.2 Kb.
#1476618
1   2   3
Bog'liq
19-mavzu

Oldingi tahrirga qarang.
og`zaki shakl — tuzilayotgan vaqtning o`zidayoq bajariladigan (jeton, patta, kvitansiya va h.k. olish paytida) bitim, hadya shartnomasi yoki fuqarolar o`rtasida tuziladigan qarz shartnomasi (agar shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravaridan ortiq bo`lmasa) tuzilayotganda;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
oddiy yozma shakl (tilxat, xat, hujjatlar va h.k.) — quyidagi shartnomalar: garov, kafillik, zakalat, mahsulot yetkazib berish, energiya ta‘minoti, ko`chmas mulkni sotish, hadya (agar hadya beruvchi yuridik shaxs bo`lsa yoki shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravaridan ortiq bo`lsa), mulk ijarasi (agar taraflardan biri yuridik shaxs bo`lsa), prokat, yuridik shaxslar o`rtasidagi bino ijarasi, lizing, yuridik shaxslar o`rtasidagi uy-joy ijarasi, pudrat, haq evaziga xizmat ko`rsatish, yo`lovchi tashish, fuqarolar o`rtasidagi qarz shartnomasi (agar shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravaridan ortiq yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo`lsa), kredit, bank omonati, topshiriq, vositachilik, mol-mulkni ishonchli boshqarish, omonat saqlash, sug`urta tuzilayotganda;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
notarial tasdiqlangan shakl — quyidagi shartnomalar: davlat ro`yxatidan o`tkazilishi talab etiladigan avtomototransport, yer uchastkasi, boshqa ko`chmas mulk oldi-sotdisi, ayirboshlash, ko`chmas mulk va avtomototransport hadyasi, renta, uy-joy (kvartirani) boshqa shaxsga berish, ko`chmas mulk ijarasi, korxona, avtomototransport vositalari bino (fuqarolar o`rtasida) ijarasi, fuqarolar o`rtasidagi uy- joy ijarasi tuzilayotganda.

      1. Agar qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalar yuzasidan nizoni sudda ko`rish natijalari bo`yicha javobgarda o`zganing mulkini yoki o`zganing mulkiga bo`lgan huquqni qo`lga kiritishga nisbatan qasd mulkni yoki unga bo`lgan huquqni egallashdan oldinroq paydo bo`lganligi aniqlansa, sud manfaatdor taraflarga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat to`g`risida ariza bilan murojaat qilishi mumkinligini tushuntiradi.

      2. Qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalardan kelib chiqadigan arizalar sudni chetlab surishtiruv, dastlabki tergov organlariga tushganda, ular JPK 329-330-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ko`rib chiqilishi va jinoyat belgilari mavjud bo`lmagan taqdirda, manfaatdor shaxslarga nizo fuqarolik sud ishi yurituvi tartibida hal etilishi zarurligi tushuntirilishi lozim.

Shuni nazarda tutish lozimki, sudning aynan bir masala bo`yicha fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yuritish tartibida chiqarilib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorining mavjudligi, JK 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilishiga va uning jinoyat sudlov ishini yuritish tartibida ko`rib chiqilishiga to`sqinlik qilmaydi.

      1. Ijtimoiy to`lov, nafaqa, boshqa pul to`lovlari (masalan, kompensatsiyalar, sug`urta to`lovlari)ni yoki boshqa mulkni tegishli qaror qabul qilishga vakolatli ijro hokimiyati, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, muassasa yoki tashkilotlarga, qonunga ko`ra to`lovlar yoki mulkni olish uchun asos bo`ladigan holatlar mavjudligi (jumladan, oluvchining shaxsi, nogironligi, boqimandalari borligi, urush harakatlarida qatnashganligi, ishga joylashtirish imkoniyati yo`qligi, sug`urta hodisasi ro`y berganligi) to`g`risida bila turib, yolg`on ma‘lumotlar taqdim etish yo`li bilan olish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Ijtimoiy to`lov, nafaqa yoki boshqa pul to`lovlarini mazkur to`lovlarni olish uchun qonuniy asoslar tugaganligi to`g`risida tegishli organlarga qasddan xabar
bermay, ularni olishni davom ettirgan shaxsning harakatlari ham shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak.

      1. Firibgarlik jinoyatidan aldash yoki ishonchni suiiste‘mol qilish yo`li bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyatini (JK 170-moddasi) farqlash lozim, chunki bunday holda shaxs o`zganing mulkini bevosita olib qo`ymasdan va unga nisbatan huquqqa ega bo`lmasdan, qonunga (shartnomaga) ko`ra mulkdor egaligi yoki tasarrufiga o`tishi lozim bo`lgan tovar-pul qimmatliklarini o`zlashtiradi va ular hisobiga boyiydi (masalan, avtomobillarga texnik yordam ko`rsatish shoxobchasi xodimi naryadda ko`rsatilmagan ishlarni bajarib yoki vagon kuzatuvchisi yo`lovchini chiptasiz tashib, mijozdan olingan haqni o`zlashtiradi, bosmaxona bosh injeneri buyurtma qilingan mahsulotning hisobga olinmagan tiraji uchun olingan haqni o`z mulkdorligiga qaratadi va h.k.).

      2. Agar aldov shaxs tomonidan o`zganing mulkini qo`lga kiritishni yengillatish maqsadida ishlatilgan bo`lib, mulkni olib qo`yish jarayonida mulkdor, mulk egasi yoki boshqa shaxs uning asl niyatini sezib qolgan, aybdor buni anglasada, biroq mulkdor yoki mulk egasining erkiga zid ravishda mulkni ushlab turishni davom ettirgan bo`lsa, qilmish talonchilik, mulkdor yoki mulk egasiga bildirmasdan mulk bilan yashiringan hollarda esa, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.

      3. Firibgarlik yo`li bilan korxona, muassasa, tashkilotlar, mulkini talon-toroj qilish uchun jinoiy javobgarligi, faqat, talon-toroj qilingan mulk summasi MJtK 61- moddasi uchinchi qismida ko`rsatilgan miqdordan oshgan holdagina kelib chiqadi (jumladan kvalifikatsiyalovchi belgilar mavjud bo`lganda ham).


Download 25.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling