Reja: Firibgarlik to`g`risida qonun hujjatlari
Download 25.2 Kb.
|
19-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- FIRIBGARLIKKA OID ISHLAR BO`YICHA SUD AMALIYOTI TO`G`RISIDA
19. MAVZU. SUG`URTA FIRIBGARLIGI VA UNI BARTARAF ETISH TEXNOLOGIYALARI. Reja: Firibgarlik to`g`risida qonun hujjatlari Sug`urta firibgarligini bartaraf etish choralari Tayanch iboralar: Firibgarlik, firibgarlik to`g`risidagi qonun hujjatlari, sug`urta firibgarligi va uni bartaraf etish yo`llari FIRIBGARLIKKA OID ISHLAR BO`YICHA SUD AMALIYOTI TO`G`RISIDA Sud-tergov amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi, shuningdek qonunchilikka o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganligi munosabati bilan, ―Sudlar to`g`risida‖gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mulk uning barcha shakllarida daxlsizdir va unga nisbatan har qanday tajovuz qonun bilan ta‘qib etiladi. Sudlarning e‘tibori shunga qaratilsinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkka tajovuz qilish bilan bog`liq huquqbuzarliklar orasida o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan talon-toroj qilish tariqasidagi jinoyatlar o`sishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Firibgarlik o`zganing mulkini yoki mulkka bo`lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste‘mol qilish yo`li bilan qonunga xilof ravishda va tekin qo`lga kiritishda ifodalanib, buning ta‘sirida mulkdor (uning vakili), mulkning boshqa egasi yoki vakolatli organ mulkni yoki unga bo`lgan huquqni boshqa shaxsga beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga bo`lgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qo`yilishiga imkoniyat beradi. 4.Firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga to`g`ri kelmaydigan yolg`on ma‘lumotlar xabar qilinishi yoki ish holati bo`yicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga ma‘lum qilinishi lozim bo`lgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi. Firibgarlikda yolg`on ma‘lumotlarga jabrlanuvchini yanglishtirishga olib kelishi mumkin bo`lgan har qanday holatlar, jumladan, yuridik fakt va voqealar, mulkning sifati, narxi, aybdorning shaxsi, uning vakolati, niyati (masalan, aybdor shaxs o`zini mansabdor shaxs yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida ko`rsatishi) taalluqli bo`lishi mumkin. Firibgarlikda jabrlanuvchini yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etiladigan harakatlar jumlasiga, masalan, bitim yoki to`lov predmetini soxtalashtirish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni o`ynash chog`ida aldov usullarini qo`llash va h.k. kiradi. Firibgarlikda ishonchni suiiste‘mol qilish deganda, aybdorning mulkdor, mulkning boshqa egasi yoki mulkni uchinchi shaxslarga berib yuborish to`g`risida qaror qabul qilishga vakolatli boshqa shaxslar bilan ishonchli munosabatlardan g`arazli maqsadlarda foydalanishi tushunilishi lozim. Ishonchga turli holatlar, masalan, aybdor shaxsning xizmat mavqeyi yoki uning jabrlanuvchi bilan shaxsiy yoki qarindosh-urug`lik munosabatlari sabab bo`lishi mumkin. Sudlarga tushuntirilsinki, firibgarlikda aldash yoki ishonchni suiiste‘mol qilish mulkni yoki unga bo`lgan huquqni aybdor mulkdorligi yoki egaligiga ixtiyoriy ravishda beradigan aqli raso shaxsga nisbatan sodir etilgan bo`lishi shart. Aybdor tomonidan, bila turib, aqli noraso shaxsni yoki voqelik mohiyatini anglash qobiliyatiga ega bo`lmagan (masalan, kichik yoshdagi bolaligi (14 yoshga to`lmaganligi), ko`zi ojizligi, ruhiy jihatdan norasoligi, alkogol, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda ta‘sirida og`ir darajada mastligi tufayli) shaxsni aldash va undan mulkini olish firibgarlik tariqasida emas, balki o`g`irlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim, chunki bunday hollarda shaxs mulk uning egaligidan chiqib ketayotganligini anglamaydi. Mulkni egallashga qaratilgan firibgarlik, mazkur mulk aybdor yoki boshqa shaxslarning g`ayriqonuniy egaligiga o`tgan va ular undan xohlagan tarzda foydalanish yoki tasarruf etish real imkoniyatiga ega bo`lgan paytdan tugallangan deb topiladi. Qonunga ko`ra, shaxs bankdagi pul mablag`larini ular uning bankdagi hisob varaqasiga kelib tushgan (o`tkazilgan) paytdan boshlab real tasarruf qilish imkoniyatiga ega bo`lganligi tufayli, jinoyat bu mablag`lar ularni mablag` egasi hisob varaqasidan aldash yoki ishonchni suiiste‘mol qilish yo`li bilan olgan shaxsning yoki boshqa shaxsning bankdagi hisob varaqasiga o`tkazilgan paytdan tugallangan deb topish lozim. O`zganing mulkiga bo`lgan huquqni egallashga qaratilgan firibgarlik, aybdorda o`zganing mulkiga egalik qilish yoki tasarruf etish uchun yuridik jihatdan tasdiqlangan imkoniyat paydo bo`lgan paytdan (masalan, ko`chmas mulkka nisbatan mulk huquqi yoki qonunga muvofiq ro`yxatga olinishi shart bo`lgan boshqa mulkka nisbatan huquq ro`yxatga olingan paytdan; shartnoma tuzilgan vaqtdan; mulkka nisbatan shaxsning huquqi tan olingan sud qarori kuchga kirgan kundan; vakolatli davlat organi aybdorda yoki boshqa shaxslarda mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish uchun asoslar mavjudligi to`g`risida qaror qabul qilgan kundan) tugallangan hisoblanadi. Agar shaxs o`zganing mulkini yoki unga bo`lgan huquqni mazkur mulk yoki huquq unga berilishi sharti bilan bog`liq majburiyatlarni bajarmaslik niyatida olgan yoki egallagan bo`lsa, qilmish aybdorda o`zganing mulkini yoki unga bo`lgan huquqni qo`lga kiritishga nisbatan qasd faqat o`zganing mulki yoki unga bo`lgan huquq qo`lga kiritilgunga qadar paydo bo`lgan holdagina firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. O`zganing mulkini talon-toroj qilishga qaratilgan qasd mavjudligi to`g`risida, jumladan, aybdor tomonidan soxta hujjat yoki kafolat xatlaridan foydalanish, qarz mavjudligi yoki mulk garov ostidaligi to`g`risidagi ma‘lumotni yashirish, bitimda taraflardan biri sifatida ishtirok etishi uchun soxta korxona (tashkilot) tuzilishi, kredit mablag`laridan maqsadga zid foydalanish yoxud ularni naqdlashtirish kabilar guvohlik berishi mumkin. Qayd etilgan holatlar o`z o`zidan shaxsni firibgarlik sodir etishda aybdor deb topish uchun asos bo`lmaydi, shu tufayli, shaxsning o`z majburiyatlarini bila turib bajarish niyati bo`lmaganligi har bir muayyan holda ishning barcha holatlaridan kelib chiqib aniqlanishi shart. Agar o`zganing mulkini egallashga nisbatan qasd aybdorda mulk qabul qilingandan keyin yuzaga kelgan bo`lsa, shaxsning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etmaydi va muayyan holatlarni inobatga olgan holda o`zganing mulkini o`zlashtirish yoki rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilish (masalan, shaxsning o`ziga xo`jalik yuritish, operativ boshqarish, ishonchli boshqarish, yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish va h.k. maqsadida qonuniy berilgan mulkni qonunga xilof tarzda va haqini to`lamay o`zining yoki boshqa shaxsning mulkdorligiga qaratishi) sifatida baholanishi lozim. Agar shaxs o`z zimmasiga olgan majburiyatlarini uni ijro etish jarayonida ayrim obyektiv sabablarga ko`ra (masalan, mulkiy nochorligi, shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo`lgan vaziyatning jiddiy o`zgarishi, og`ir kasalligi, favqulodda holat tufayli) bajara olmasa yoki o`zganing mulkini egallashga nisbatan qasd mavjudligini isbotlashning imkoni bo`lmasa, bunday holatlar fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizo sifatida baholanib, fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yurituvi tartibida hal etiladi. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning e‘tibori shunga qaratilsinki, qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalarga asoslangan fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik ham, bunday holda o`zgalar mulkini egallashda huquqqa xiloflilik belgisi bo`lmaganligi tufayli firibgarlik deb baholanishi mumkin emas, chunki mulk bitim, shartnoma bo`yicha bir tarafdan ikkinchi tarafga, jumladan taraflar uchun o`zaro moddiy manfaatni nazarda tutuvchi muayyan shartlar bilan beriladi. Agar bitim, shartnoma shartlari bajarilmasa, qonunga ko`ra (FK 2, 9, 24-boblari, FPK II bo`limining 2-kichik bo`limi, XPK 15-bobi) buzilgan huquq faqat fuqarolik ishlari bo`yicha sud yoki iqtisodiy sud tomonidan tiklanishi mumkin bo`lib, ularda majburiyatlar ijrosini ta‘minlash uchun yetarli huquqiy vositalar mavjud. Shu munosabat bilan, qonun talablariga muvofiq tuzilgan fuqarolik-huquqiy bitim, shartnoma bo`yicha jinoyat belgilari mavjud bo`lmagan barcha hollarda, nizo fuqarolik, iqtisodiy ishlar bo`yicha sud tomonidan ko`rib chiqilishi lozim. Tushuntirilsinki, agar bitim, shartnoma tuzilishi paytida taraflar xohish-irodasi erkin ifoda etilgan bo`lib, uning shakliga nisbatan Fuqarolik kodeksida belgilangan quyidagi talablar bajarilgan bo`lsa, u qonun talablariga muvofiq tuzilgan hisoblanadi, ya‘ni: Download 25.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling