Reja: Firibgarlik to`g`risida qonun hujjatlari
Download 25.2 Kb.
|
19-mavzu
Oldingi tahrirga qarang.
Agar korxona, muassasa, tashkilotlarning firibgarlik yo`li bilan talon-toroj qilingan mulki summasi bazaviy hisoblash miqdorining MJtK 61-moddasi uchinchi qismida ko`rsatilgan miqdoridan oshmasa, ma‘muriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud bo`ladi. Bunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganda ham, agar talon-toroj summasi ko`rsatilgan miqdordan oshmasa, ma‘muriy javobgarlik kelib chiqadi. Bunda oz miqdorda talon-toroj necha marta sodir etilganligi ahamiyat kasb etmaydi. (15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda) Sudlarning e‘tibori shunga qaratilsinki, MJtK 61-moddasi to`rtinchi qismiga muvofiq ustav fondida davlat ulushi bo`lmagan korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari ularning mol-mulkini firibgarlik yo`li bilan oz miqdorda talon- toroj qilganda, faqat ularning rahbari, mulkdori yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko`ra javobgarlikka tortilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Shuni ta‘kidlash joizki, qonunga ko`ra fuqarolar mulkini firibgarlik yo`li bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qat‘iy nazar kelib chiqadi. Ayni paytda, talon-toroj miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o`ttiz baravarigacha bo`lgan har bir holda surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsiga va moddiy zarar qoplanishiga oid ma‘lumotlarni inobatga olgan holda JK 65, 66, 70, 71-moddalarini qo`llash masalasini muhokama etishlari shart. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda) Jinoyat predmeti bo`lgan mulkning qiymatini aniqlashda, uning mulkdor tomonidan qay yo`sinda sotib olinganligiga qarab, jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo`lgan va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan chakana, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Narx mavjud bo`lmaganda va talon-toroj miqdori to`g`risida nizo kelib chiqqan hollarda, mulk qiymati ekspert xulosasiga asosan aniqlanadi. Aybdor tomonidan talon-torojni yashirish maqsadida talon-toroj qilingan mulk o`rniga boshqa, qiymati kamroq mulk almashtirib qo`yilgan hollarda ham qilmish talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi. Bunda talon-toroj qilingan mulk o`rniga taqdim etilgan mulk qiymati aybdordan moddiy zararni undirish, shuningdek jazo turi va miqdorini belgilash chog`ida hisobga olinadi. Aybdorning harakatlarida ko`p yoki juda ko`p miqdorda firibgarlik sodir etilishi kabi kvalifikatsiyalovchi belgi mavjudligi to`g`risidagi masala JK sakkizinchi bo`limida bayon etilgan tushuntirishlarga muvofiq hal etilishi lozim. Bir necha epizoddan iborat umumiy qasd va yagona maqsadga yo‗naltirilgan davomli firibgarlik sodir etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda sudlar talon-toroj miqdorini jami talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlashlari kerak. Download 25.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling