Reja: “Fizika” faniga kirish. Fizika fanining prеdmеti va uslublari


Download 0.75 Mb.
bet6/7
Sana20.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787575
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 - ma\'ruza

Tezlikni o‘lchash. Harakatlanayotgan jismlarning tezligi maxsus asboblar yordamida o‘lchanadi. M: avtomobil, kema, samolyot tezligi spidometr (inglizcha speed – tezlik, lotincha metreo – o‘lchash) yordamida o‘lchanadi.
4. To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan (sekinlanuvchan) harakat. Bunday harakatda jism harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi bir tekisda ortib (kamayib) boradi, ya’ni teng vaqtlar ichida bir xil kattalikka ortadi (kamayadi), lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l formula bilan aniqlanadi “+ˮ ishora tekis tezlanuvchan, a > 0, “–ˮ ishora tekis sekinlanuvchan (a < 0) bo‘l ganda qo‘yiladi).
Ixtiyoriy teng vaqtlar oraligida tezligining son qiymati bir xil kattalikka o‘zgarib boradigan jismning harakatiga tekis o‘zgaruvchan harakat deb ataladi.
Tezlik o‘zgarishining shu tezlik o‘zgarishi sodir bo‘lgan vaqt oralig‘iga nisbati bilan aniqlanadigan kattalik tezlanish bo‘lib, a harfi bilan belgilanadi.
υ0 – boshlang‘ich tezlik bilan tekis o’zgaruvchan harakatni boshlagan jismning t vaqtdagi tezligi υ ga teng bo‘lsa, tezlanish formulasi:
Tezlanishni quyidagicha ta’riflash ham mumkin:
Vaqt birligida jism tezligining o‘zgarishiga son jihatdan teng keladigan kattalik tezlanish deb ataladi.
Xalqaro birliklar sistemasidagi tezlanish birligi – m/s2 shunday birlikki, bunda jismning harakat tezligi har 1 s da 1 m/s ga o‘zgaradi.
5. Egri chiziqli tekis harakat. Egri chiziqli harakatning xususiy holi sifatida aylana bo‘ylab tekis harakatni olish mumkin. Bunday harakatda har doim tezlik yo‘nalishi uzluksiz o‘zgarib, trayektoriyaga urinma bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Harakatning asosiy parametrlari: – chiziqli tezlik; ω – burchak tezlik; T – aylanishlar davri; v – aylanishlar chastotasi; Syoy – yoy uzunligi; s – bosib o‘tilgan yo‘l.
J ism qatnashayotgan harakatlar mustaqil bo‘lib, ularning harakat tezligi (tezlanishi) bir-biriga bog‘liq emas. Bunga harakatlarning mustaqillik prinsipi deyiladi.
JISMLARNING ERKIN TUSHISHI. Jismning havosiz joyda faqat Yerning tortishi ta’siridagi Yer tomon harakati erkin tushish deb ataladi.
Erkin tushayotgan jismning tezlanishi o‘zgarmas bo‘lib, bu kattalik erkin tushish tezlanishi deb ataladi va g harfi bilan belgilanadi. Toshkent sharoitida g = 9,81 m/s2 ga teng.
1. Erkin tushayotgan jismning t vaqtdagi tezligi:
, bo’lsa
2. Erkin tushayotgan jismning o‘rtacha tezligi:
, bo’lsa
3. Erkin tushayotgan jismning tushish balandligi:
, bo’lsa
JISMLARNING VERTIKAL HARAKATI
Biror jismni qo‘limizda ushlab turib, so‘ng uni qo‘yib yuborsak, jism tortish kuchi natijasida to‘g‘ri yer sirtiga tomon harakatlanadi. Jismning bunday harakati pastga qarab vertikal harakat deyiladi.
Jismning yuqoriga tik (vertikal) harakatida masalani soddalashtirish maqsadida havoning qarshilik kuchini va Arximed kuchini hisobga olmaymiz.
J ismni yuqoriga vertikal yo‘nalishda boshlang‘ich tezlik bilan uloqtirib, uning harakatini kuzataylik. Agar jism faqat shu tezlik bilan yuqoriga harakatlanganda u t vaqt ichida h1 = · t balandlikka ko‘tarilgan bo‘lar edi. Ammo yerning tortish kuchi ta’sirida shu t vaqt ichida jismning ko‘tarilish balandligi h2 = gt2/2 ga kamayadi. U holda jismning ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan balandlik h = h1h2 ga teng bo‘ladi, ya’ni jismning harakat tenglamasi: orqali ifodalanadi.
Yuqoriga vertikal otilgan jism harakati tekis sekinlanuvchan harakatdan iborat.
Jismning t vaqtdan keyingi tezligi: ifoda yordamida aniqlanadi.
Jismning ko‘tarilishi uchun ketgan vaqti:
Jismning maksimal ko‘tarilish balandligi ifodasi quyidagicha bo‘ladi:

AYLANA BO‘YLAB NOTEKIS HARAKAT. BURCHAK TEZLANISH. TANGENSIAL TEZLANISH
A gar moddiy nuqta aylana bo‘ylab ixtiyoriy teng vaqtlar orasida teng uzunlikdagi yoylarni bosib o‘tsa, bunday harakat tekis aylanma harakat deyiladi.
1. Aylana bo‘ylab tekis harakatlanayotgan moddiy nuqtaning vaqt birligi ichida yoy bo‘ylab bosib o‘tgan yo‘liga son jihatdan teng bo‘lgan kattalikka chiziqli tezlik deyiladi va quyidagicha ifodalanadi:
2. Aylana bo‘ylab tekis harakatda aylana radiusi burilish burchagining shu
burilish uchun ketgan vaqtga nisbati burchak tezlik deyiladi:
Burchak tezlik o‘zgarishining shu o‘zgarish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka burchak tezlanish deyiladi.
, ,
Burchak tezlanishining birligi: rad/s2

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling