Reja: “Fizika” faniga kirish. Fizika fanining prеdmеti va uslublari


FIZIKADA ISHLATILADIGAN AYRIM ATAMALAR


Download 0.75 Mb.
bet2/7
Sana20.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787575
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 - ma\'ruza

FIZIKADA ISHLATILADIGAN AYRIM ATAMALAR
Fizik jismlar - tabiatda uchraydigan barcha jismlarga aytiladi.
M: Quyosh, yulduzlar, sayyoralar, toshlar va h.k.
Jismlar sistemasi - ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi.
M: avtomobil turli qismlardan tashkil topsa-da, xuddi bitta yaxlit qismdek harakatlanadi.
Fizik hodisalar - moddani tashkil etgan zarralar o‘zgarmay qolgan holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. M: toshning tushishi, g‘ildirakning aylanishi, suvning qaynashi va muzlashi, lampochkadan yorug‘lik chiqishi, radiodan ovoz chiqishi kabi jarayonlarda uni tashkil etgan zarralarning ichki tuzilishi o‘zgarmay qoladi.
Fizik hodisalarni bevosita kuzatish va tajribada tekshirish orqali fizik qonunlar yaratiladi.
Fizik qonun - hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy bog‘lanishdan iborat bo‘lgan ifodaga aytiladi.
Kuzatish - sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning xususiyatini o‘rganishga aytiladi.
Fizik bilimlarning manbai kuzatishlar va tajriba o‘tkazishlardan iborat.
Fizik bilimlar quyidagi ketma-ketlikda bajarilgan ishlar orqali hosil qilinadi:
kuzatishlar gipoteza eksperiment xulosa.
Tajribalar o‘tkazishda va kuzatishlar olib borishda, o‘lchash ishlarini bajarish uchun o‘lchov asboblaridan foydalaniladi.
MEXANIK HARAKAT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Mexanika so’zi - yunonchadan olingan bo’lib, mashina haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.
Mexanikaning asosiy vazifasi - jismlarning harakat tezligi jism massasi va unga ta’sir etuvchi kuchlarga bog’liqligini, shuningdek, istalgan vaqtdagi vaziyatini aniqlashdan iborat.
Jismning mexanik harakati deb, jismlarning, yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan fazodagi vaziyatining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishiga aytiladi.
Fizikaning, mexanik harakat qonunlari hamda bu harakatni vujudga keltiruvchi va o’zgartiruvchi sabablarini o’rganuvchi bolimi mexanika deyiladi.
Mexanika – o’rganilayotgan jismlarning o’lchamlari va tezliklariga qarab klassik, relyativistik va kvant mexanikalariga ajraladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling