Reja: Foydali qazilma konlarini sanoat va genetik tiplari haqida


FOYDALI QAZILMALARNI QIDIRISH USULLARI


Download 41.16 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi41.16 Kb.
#1505845
1   2   3
Bog'liq
foydali qazilmalarning sanoat turlari. Ularning o\'zgaruvchanligi

FOYDALI QAZILMALARNI QIDIRISH USULLARI

Xar doim qidiruv ishlarini olib borish axamiyatiga ega bo`lgan tabiiy iqlimlarni o`rganish uchun geologik-bashoratlash, qidirish va qidiruv-razvedka ishlari ketma-ket 4 davrga bo`lib olib boriladi.


1 Davr: Mintaqaviy geologik o`rganish;
a) 1:1000000—:500000 masshtabdagi xududiy geologo-geofizik tekshiruvlar;
b) 1:200000—:100000 masshtabdagi xududiy geofizik, geologik-suratga olish, gidrogeologik va muxandis-geologik qidiruv ishlari.
2 Davr: 1:50000 (1:25000) masshtabdagi geologik suratga olish ishlari.
3 Davr: Qidiruv ishlari.
4 Davr: Qidiruv-baxolash ishlari.
Mintaqaviy geologik o`rganish.
Bu ishlarning maqsadi: mamlakatimizning geologik tuzilishining asosiy belgilarini, maydon lokalizatsiyasini, baxolash va qidiruv ishlarini olib borishni belgilash va ularga bog`liq bo`lgan foydali qazilma resurslarini aniqlashdan iborat.
O`rganish ob`yektlariga aloxida foydali qazilma xavzalari, ularning qismlari yoki samarador ma`dan xududlarini baxolash kiradi.
Geologik xaritalash guruxiy metod bilan birdan bir necha o`xshash xududlarida va ulkan geologik tizimida o`tkaziladi.
Xududiy geologik suratga olish va geofizik ishlar natijasida: 1:200000 masshtabdagi davlat geologik xaritasi, geofizik xaritalarining yig`masi, foydali qazilmalar xaritasi, istiqbollangan maydonlarning, foydali qazilmalarning va qidiruv ishlarining keyinchalik zarurligini ko`rsatuvchi taxrirlangan xaritalari hosil bo`ladi.
Shu bilan bir qatorda talabga javob beradigan gidrogeologik va injener —geologik xarita tuziladi. Bashoratlangan resurslarning zaxiralari ma`dan tugunlari maydonlariga bog`liq bo`ladi va R3 (tasniv) buyicha tasnivlanadi. Aloxida mukammalashtirilgan uchastkalar R2 kategoriya buyicha baxolanadi.
Bashoratlangan resurslarni R3 kategoriya buyicha baxolanayotganda, bashoratlangan ko`rinishdagi foydali qazilmaga xalk xo`jaligining talablari xisobga olinishi kerak, shu bilan bir qatorda sotsial —iqtisodiy va iqtisodiy geografik omillarning kapital sarpoyalarining mumkin bo`lgan xajmlarda va mineral xom —ashyoning yangi manba`larini o`zlashtirish vaqtiga ta`siri xam xisobga olinishi kerak.
1:50000 (1:25000) masshtabdagi foydali qazilmalarning umumiy qidiruvlari bilan geologik suratga olish ishlari.
Bu davrda ishlar samaradorli ma`dan tushunchalarida ularning metallagonik xususiyatlari va extimollik darajasi yuqori bo`lgan foydali qazilma komplekslari xududida olib boriladi.
Bular o`z ichiga quyidagilarni oladi:
— Turli maydonli geofizik tadqiqot usullari;
— Turli masofa usullarining yechimi va materiallarning ishlatilatilishi;
— Maxsus geologik marshrutlar, metallogostratigrafik, mineral —petrografik va geoximik tadqiqotlari, ximikli va geoximik namunalarini tanlashi bilan;
— Geomorfologik suratga olish, iqlim, qirqimlarning tasviri va lanshaftni xaritalash;
— Xaritalangan quduqlarni burg`ulash;
— Umumiy izlanishning maqsadi: kon maydonlari va katta qazilmalarning oddiy geologik tuzilishini topish va istiqbolli ma`danli maydonlarni qamrab olish va chegaralash. Qidiruv ishlari ayni paytda berilgan foydali qazilma konlarini xajmi ko`pligiga qaratilgan. Umumiy qidiruvlar vazifasiga
— Xamma aniqlangan anomaliyalar va anamal zonalar, foydali minerallar aniqlanganligi va kon aniqligi, ularning geologik tabiatini aniqlashi, mineral —geologik xususiyatlari, strukturali elementlar va maxalliy jinslar bilan bog`langanligini va yumshoqlangan jinslarning tekshiruvchi;
— Aniqlangan masshtabdagi samaradorli maydonining va konning R2 kategoriya buyicha bashoratlangan resurslari xisobi bilan baxolanishi;
Geologik suratga olish natijasida: 1:50000 masshtabdagi geologik xarita, bashoratlangan foydali qazilmalarning komplekslarining maxsuslashgan geoximik va boshqa maxsuslashgan xaritalari, shu bilan bir qatorda geologik suratga olish natijasida olingan, bashoratlangan xaritasi va yangi ma`lumotlar xisobi bilan samaradorlik ma`dan tugunlarining resurslari baxosi aniqlanadigan xaritalar tuziladi.
Agar foydali qazilmalar qazib olish uchun yetarli (darajada) chuqurlikda joylashgan bo`lsa, u xolda samaradorli ruda tugunlari chegaralarida chuqurlikni geologik xaritalash ishlari olib boriladi.
Chuqurlikni geologik xaritalash natijasida: fundament yuqorisining xaritasi, ularning chuqurlik xaritasi ular bashoratlangan xarita bilan R3 kategoriya buyicha bashoratlangan samaradorli ma`dan tugunlari baxosi xaritasi tuziladi va qidiruvning chuqurlikdagi aniqligi buyicha istiqboli yuqori maydonlarni chegaralash amalga oshiriladi.
Foydali qazilmalarning umumiy qidiruvi chuqurlikni geologik xaritalash va geologik suratga olish jarayonida ularning yaroqligi, zaruriyligi tasdiqlangan samaradorli ma`dan tugunlari maydonlarida olib boriladi. Geologik tuzilishi murakkab bo`lmagan xududlarda va katta o`lchamdagi qazilma konlarida qidiruv ishlari 1:200000 masshtabli geologik suratga olishlari yakunlangandan so`ng darxol amalga oshiriladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O`qituvchi» 1991 yil.

2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O`qituvchi» 1989 yil.
3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O`qituvchi» 1991 yil.
4. www.ziyonet.uz
5. www.arxiv.uz
Download 41.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling