Reja: Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari
Download 11.74 Kb.
|
Mavzu Fuqarol-WPS Office
Mavzu : Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari REJA:
2. Bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar 3. Bu organlarning hayotimizda tutgan o’rni .
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak. Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan holda, umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (2004 yil). Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. Bu kab tashkilotlarning faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish komissiyasi moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi. Tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayir-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan mablag'lar orqali ta'minlanishi mumkin. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan. 1-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi tushunchasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir. 2-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 3-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (vakillar yig‘ilishi) orqali amalga oshiradilar. Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bevosita hamda o‘zlarining saylab qo‘yiladigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi. 4-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: demokratizm; oshkoralik; ijtimoiy adolat; insonparvarlik; mahalliy ahamiyatga molik masalalarni echishda mustaqillik; jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam. 5-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududlari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining hududiy birliklaridir. Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, shuningdek ularning chegaralarini o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining tegishli organlari fikrini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang. Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va tugatish, shuningdek uning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashabbusiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 6-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratadilar, ularning ishlariga aralashishga yo‘l qo‘ymaydilar, fuqarolarga o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashadilar. 7-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig‘inlari (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak. (7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda) Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-sonli “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10, 14 va 18-moddalariga muvofiq, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘ini huzuridagi taftish komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 5-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 6-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 7-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 8-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 10-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi to‘g‘risidagi nizom 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “O‘zarxiv” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Fuqarolar yig‘inlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom 13-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 4. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: bir oy muddatda tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlarning tasdiqlanishini ta’minlashga hamda ularning o‘z faoliyatini mazkur nizomlar asosida tashkil etishiga ko‘maklashish; ikki oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari va faollarining malakasini oshirishga doir o‘quv seminarlarni o‘tkazish; mazkur qarorning amalga oshirilishi monitoringini olib borish hamda 2013-yil yakuni va 2014-yilning 1-yarim yilligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hududda tadbirkorlik faoliyati subyektlarini, shu jumladan sartaroshxonalar, poyabzal ta’mirlash va tikish bo‘yicha ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish (ularning faoliyatini tugatish) tartib-taomillari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda bir oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan foydalaniladigan muhr va shtamplarning namunalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-apreldagi 180-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Download 11.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling