Reja; Gazlama bilan ishlash xonasida texnika xavfsizligining asosiy qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari


Download 199 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi199 Kb.
#1493988
  1   2   3   4
Bog'liq
2-maruza TIKUVCHILIK MATERIALSHUNOSLIGI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


2.TIKUVCHILIK MATERIALSHUNOSLIGI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. (2-soat)
Reja;

  1. Gazlama bilan ishlash xonasida texnika xavfsizligining asosiy qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari.

  2. Tехnikа xаvfsizligi qоidаlаri vа sаnitаriya-gigiyеnа tаlаblаri.

  3. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash va undan samarali foydalanish mavzusida bir soatli namunaviy dars rejasini ishlab chiqish.

Mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida yuzaga keladigan shovq in ta’sirini kamaytirish uchun gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonalariga alohida joylashtiriladi. Xona bichish-tikish ishlarini olib borish uchun ixtisoslashtiriladi. Xona keng, yorug‘, quruq, 12–15 ta o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘l ib, bir burchagida kiyib ko‘rish xonasi ajratilishi, unda albatta ko‘zgu bo‘lishi kerak. Xonada bajarilgan ishlarni ko‘rsatish uchun ko‘rgazma javonlari va taxtalari, manekenlar, ko‘rgazmalar va texnik hujjatlarni saqlash uchun javonlar bo‘ladi. Xona o‘quvchilarning ishlarini targ‘ib qiluvchi stendlar bilan jihozl anib, ularni «Tikuvchilar qirolichasi», «Yosh tikuvchi», «Mohir tikuvchi», «Chokdan buyumgacha», «Yosh dizayner» deb nomlash mumkin.
Xonada har 2 ta o‘quvchi uchun bitta maishiy tikuv mashinasi, imkoniyat darajasida hamma foydalanishi uchun maxsus mashinalar, dazmol stoli suv purkagichli apparati bilan, bichish stoli bo‘ladi. Dazmollash stolining ustiga chit gazlamadan g‘ilof tikilib, vaqti-vaqti bilan tozalab va almashtirib turiladi. Dazmol bilan ishlaganda oyoq tagiga rezina gilamcha to‘shaladi. Xonada katta va kichik bichish qaychilari, katta lineykalar, santimetrli lenta, bir nechta ish qutilari bo‘ladi. Unda tikish jarayonida zarur bo‘lgan ish qurollari: qaychi, ignalar to‘plami, to‘g‘nag‘ichlar, pichoqli halqa, iz tushirgich, bo‘r, santimetr lenta, angishvona, qalam, masshtab lineykasi bo‘ladi. Mehnat xonasiga kirgan o‘quvchi ish kiyimida bo‘lishi talab etiladi.
Tехnikа xаvfsizligi qоidаlаri vа sаnitаriya-gigiyеnа tаlаblаri
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonasi sanitariya-gigiyena talablari, mehnat va xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga javob berish kerak. Xonaning harorati 19–21°C bo‘lishi lozim. Xona o‘z vaqtida shamollatib turiladi.
Xonaning havosi deraza, eshik orqali hamda mexanik usulda ventilatordan foydalanib, almashtiriladi. Bundan tashqari, qish faslida xonani maxsus isitish tarmoqlari yordamida isitish lozim.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonasi yaxshi yoritilishining muhim ahamiyati bor. Yoritish yaxshi bo‘lmasa, mehnat qobiliyati pasayadi, ko‘z toliqadi va shikastlanishi mumkin. O‘quvchilarning mehnat qobiliyatlari yanada yaxshi bo‘lishi uchun xonalarni quyosh tushishiga qarab och ranglarga bo‘yash kerak.
Ish joylari yoniga o‘ziga mos bo‘lgan mehnat xavfsizligi qoidalari osib qo‘yiladi. Xonada birinchi yordam ko‘rsatishda zarur bo‘ladigan dori quti, albatta, bo‘lishi kerak. Dori qutisi yonida eng yaqin davolash maskanining manzili va unga borish chizmasi osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Dars davomida navbatchi o‘quvchilarning vazifalari:
1. Xona jihozlari, foydalaniladigan asboblar, moslamalarning saranjomligini tekshirish.
2. Amaliy ishni bajarish tartibi ko‘rsatilgan yo‘l-yo‘riq xaritalarini tarqatish va ish oxirida ularni yig‘ishtirib olish.
3. Amaliy ish tugagach, xonani tozalash va shamollatish.

Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling