Reja: "G`aznachilik" fanining shakllanishi va rivojlanishi


Download 36.05 Kb.
bet1/3
Sana07.05.2023
Hajmi36.05 Kb.
#1438694
  1   2   3
Bog'liq
G`aznachilik fanining mazmuni, predmeti va vazifalari


G`aznachilik fanining mazmuni, predmeti va vazifalari. Davlat byudjeti g’azna ijrosining mazmuni mohiyati va ahamiyati.
Reja:


1. "G`aznachilik" fanining shakllanishi va rivojlanishi
2. G`aznachilik" fanining predmeli, maqsad va vazifalari

3. "G`aznachilik" fanining iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o`rni va ahamiyati




KIRISH
O`zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish tizimida olib borilayotgan islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat budjetining g`azna ijrosiga bosqichma-bosqich o`tishni va uning faoliyat mexanizmlarini takomil lashtirishni nazarda tutadi. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida davlat mablag`larining harakati to`g`risidagi ma'lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish usullarini o`zlashtirish asosida davlat moliyasini boshqarishning samarali usul va vositalarini shakllantirish va muvofiq holda ishlashini ta'minlash zarur bo`ladi. Mamlakatimizda davlat budjetining g`azna ijrosini samarali tatbiq etishga faqatgina barqaror rivojlanish ko`rsatkichlariga erishganimizdan keyingina muvaffaq bo`lindi. O`zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish tizimida ham keng qamrovli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bu islohotlarning ijobiy natijalarini davlat budjeti g`azna ijrosining muvaffaqiyatli joriy etilishida ko`rishimiz mumkin. Davlat budjetining g`azna ijrosi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg`armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha tushumlarini yagona g`azna hisobraqamiga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko`rsatish jarayonlarining tezkor nazorati va monitoringini olib borish, davlati mablag`larining samarali ishlatilishini ta'minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati – to`g`risida operativ tarzda ma'lumotlami jamlash imkonini beradi. Taraqqiyotimizning bugungi sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir bo`layotgan tarkibiy o`zgarishlar butun moliya tizimida, uning markaziy bo`g`ini bo`lgan davlat moliyasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat moliyasini boshqarish masalalarida muayyan bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish zarurligini talab qilmoqda. Bunday sharoitda nafaqat davlat moliyasi haqidagi ma'lum nazariy bilimlarga ega bo`lgan, balki davlat budjeti g`azna ijrosi jarayonlarida vujudga keladigan holatlarni tushuna oladigan, budjet ijrosi ishtirokchilari bo`lgan moliya organlari, g`aznachilik bo`linmalari, budjet tashkilotiari va budjetdan mablag` oluvchilar amaliy faoliyatini samarali tashkil qila oladigan, davlat mablag`larini samarali boshqarishga qaratilgan boshqarav qarorlarini qabul qila oladigan zamonaviy mutaxassislar tayyorlash birinchi darajali ahamiyatga egadir. Shu sababli davlatmoliyasi uchun tashabbuskor, ijodiy fikrlaydigan mutaxassis kadrlarni tayyoriashda budjet-moliya va budjetning g`azna ijrosi nazariyasi va amaliyotini o`rganishga muhim o`rin beriladi. Jamiyatning bu talabini anglagan holda, shuningdek, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ta`lim tizimiga yangi avlod darsliklarini yaratish bo`yicha dasturiy vazifasini bajarish maqsadida mualliflar tomonidan oliy talimning tegishii yo`nalishlaridagi talabalar uchun "g`aznachilik" nomli ma`ruzalar matni yaratildi. Ushbu ma`ruzalar matnining maqsadi talabalarda davlat budjeti g`azna ijrosini tashkil etish va g`aznachiiik faoliyati haqidagi yaxlit bilimlar tizimini shakllantirish, g`aznachilik mexanizmlarining amal qilish xususiyatlarini ochib berishdan iborat


Download 36.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling