Reja: G`aznachilikning yagona hisobraqami to’g’risida tushuncha
Download 69.46 Kb.
|
G`aznachilik yagona g`azna hisob raqamini yuritish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. G`aznachilik hisobraqamlaridan budjet xarajatlarini to`lash
G`aznachilik yagona g`azna hisob raqamini yuritish Reja:
1.G`aznachilikning yagona hisobraqami to’g’risida tushuncha 2.Respublika va hududiy g’aznachilik hisobraqamlarining yuritilishi 3. Yagona g’azna hisobraqamida budjet daromadiari ijrosini hisobga olish 4. G`aznachilik hisobraqamlaridan budjet xarajatlarini to`lash1.G`aznachilikning yagona hisobraqami to’g’risida tushuncha Yuqoridagi bobda davlat budjeti g’azna ijrosining huquqiy asosini tashkil qiluvchi "Davlat budjeti g’azna ijrosi to’g’risida"gi Qonunning sharhini keltirgan edik. Ushbu Qonunning tegishli moddasida "Yagona g’azna hisobvarag`i g`aznachiliktomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag`i bo`lib, bu hisobvaraqqa Davlat budjeti mablag`lari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari kiritiladi. Yagona g’azna hisobvarag`idan Davlat budjetida mablag`lar nazarda tutilgan yuridik vajismoniy shaxslarning xarajatlari To`lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg'armalarining xarajatlari amalga oshiriladi"1, - deb belgilab qo`yilgan. 2009-yilga kelib, davlat budjeti g’azna ijrosining tashkiliyhuquqiy hamda meyoriy asoslari ancha takomillashtirildi. Bu davrga kelib, O`zbekistoRespublikasi Moliya vazirining 2009yil, 4-avgust-dagi 69-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan va O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil, 16sentabrda 2007-son bilan ro`yhatdan o`tkazilgan "Davlat budjetining g’azna ijrosi Qoidalari" qabul qilindi. Ushbu "Qoidalar Budjet tizimi to`g`risida"gi va "Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida"gi O`zbekiston Respublikasining qonunlari hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007yil, 28-fevral-dagi PQ-594-son "Davlat budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qaroriga muvofiq, O`zbekistoRespublikasi Moliya vazirligi g`aznachiligiva uning hududiy bo`linmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna bisobvaraqlarini qo4llash sharoitida respublika budjeti, Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi. Mazkur qoidalar respublika g’azna hisobvarag4i va hududiy g’azna hisobvaraqlarini yuritish tartiblariai, Respublika budjeti, Qoraqalpog`iston respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarinmg yoyilmasi budjetdan mablag` oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga o`zgartirishlarni g’aznachilik bolinmalariga taqdim etish tartiblarini, yuridik majburiyatlarai ro`yhatga olishning umumiy qoidalarini, bud-jetdan mablag` oluvchilarning budjetdan tashqari mablag`lari hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini belgilab berdi va muqaddam amal qilib kelgan bir qator me'yoriy hujjatlarni o`zida mujassamlashtirdi. Download 69.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling