Reja: G`aznachilikning yagona hisobraqami to’g’risida tushuncha
Download 69.46 Kb.
|
G`aznachilik yagona g`azna hisob raqamini yuritish
uchinchi nusxasi - bank filialining to`langanlik to`g`risidagi belgisi bilan g’azna hisobvarag`idan ko`chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik bo`linmasiga budjetdan mablag` oluvchining shaxsiy hisobvarag`ida kassa xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo`ladi;
to'rtinchi nusxasi - g`aznachilikbo`linmasining "To`LANGAN" belgisi bilan va to`langan sana qo`yilgan holda, budjetdan mablag` oluvchining shaxsiy hisobvarag`idan ko`chirma bilan birgalikda budjetdan mablag` oluvchining vakolatli xodimiga beriladi. v) uch nusxada, agar g`aznachilikbo`linmasi hamda unga xizmat ko`rsatuvchi bank orasida "Bank-mijoz" dasturiy majmui yoiga qo`yilgan bo`lsa: birinchi nusxasi - budjetdan mablag` oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to`lov topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag` oluvchining g’aznachilik bolinmasiga budjetdan mablag` oluvchining shaxsiy hisobvarag`idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so`rovnomasi boiib xizmat qiladi; ikkinchi nusxasi – G`aznachilik bo`linmasining rahbari va mas'ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g`aznachilikbo`linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va g’azna hisobvarag`idan xarajatlar to`lovini amalga oshirish uchun asos bo`ladi. uchinchi nusxasi - g`aznachilik bo`linmasining "To`langan" belgisi bilan va to`langan sana qo`yilgan holda budjetdan mablag` oluvchining shaxsiy hisobvaragidan ko4chirma bilan birgalikda budjetdan mablag` oluvchining vakolatli xodimiga beriladi. Budjetdan mablag` oluvchilar o`z xarajatlarini to`lash uchun moliya organiga mablag`larni o`z bank hisobraqamlaridan o`tkazish uchun to`lov topshiriqnomalari, hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini va budjetdan mablag` oluvchining yetkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar, shuningdek, budjetdan mablag` oluvchi zimmasiga yetkazib beruvchiga bo`nak to`lovini o`tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Bo4nak to`lovi hisobiga mablag`larni to`lash uchun budjetdan mablag` oluvchi budjetdan mablag` oluvchi zimmasiga yetkazib beruvchiga bo`nak to`lovini o`tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarga binoan to`lov topshiriqnomasini taqdim etadi. Budjetdan mablag` oluvchilar tomonidan taqdim etilgan to`lov hujjatlari va ularga ilova qilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek, to`lov topshiriqnomalarini ijro uchun xizraat ko`rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko`ra, ular taqdim etilgan kunda amalga oshiradi. Moliya organlari budjetdan mablag` oluvchi taqdim etgan hujjatlarni ularning talablarga muvofiqligi masalasida tekshiradi. Budjetdan mablag` oluvchilar taqdim etgan to`lov va boshqa hujjatlar Nizom talablariga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni budjetdan mablag` oluvchiga qaytarib, to`lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo`ymasdan, muvofiq emaslik sabablarini ko`rsatadi. Qo‘shimcha adabiyotlar: Akperov I. Kaznacheyskaya sistema ispolneniya byudjeta v Rossiyskoy Federatsii. Uchebnoe posobie. – M.: “KNORUS”, 2010. - 640 str. Burxanov U., Atamuradov T. Davlat xaridi. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. -152 bet. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami. - T.: “Koh`inur", 2006. - 257 str. Malikov T, Jalilov P. Byudjet-soliq siyosati. - T.: Akademiya, 2011. – 264 bet. Qosimova G.A. G‘aznachilik faoliyati mexanizmni tashkil qilish. O‘quv-uslubiy majmua. – T.: “Moliya”, 2010. - 256 bet. Download 69.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling