Reja: Gen va genom haqida


Download 10.17 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi10.17 Kb.
#1012234
Bog'liq
Mavzu Gen,geno-WPS Office


Mavzu: Gen,genom va genomlarni xilma-xilligi. Genetik tahlil.

Reja:
1. Gen va genom haqida


2. DNK strukturasi va funksiyasi
3. Genetik tahlil

Gen (yunoncha — jins) klassik genetikada — organizmning maʼlum bir belgisi yoki funksiyasi toʻgʻrisida maʼlumot tashuvchi, irsiyatning tarkibiy-funksional birligi boʻlgan irsiy omil. “Gen" atamasi 1909 yilda daniyalik botanik, o'simlik fiziologi va genetik Vilgelm Yogannsen tomonidan kiritilgan .


GENOM-XROMOSOMALARNING GAPLOID TO`PLAMIDIR. ODAM GENOMI- 1990 yilda Jeyms Uotson boshchiligida AQSh Milliy sog'liqni saqlash tashkiloti homiyligida boshlangan. 2000 yilda genom tuzilishining ishchi loyihasi, 2003 yilda to'liq genom chiqarildi, ammo bugungi kunda ham ba'zi bo'limlarning qo'shimcha tahlillari hali tugallanmagan.
XX asrning boshlarida gen bo‘linmaydigan yaxlit birlikdan iborat deb kelingan bo‘lsa, keyinchalik u muton, rekon va sistron kabi tushunchalar bilan tavsiflangan.
Rekon- bu genning rekombinatsiya hosil etuvchi eng kichik birligi. U ham bir necha nukleotidlardan tashkil topgan.
Muton- bu genning mutatsiyaga uchragan eng kichik birligidir. Ana shu kichik birlik bir yoki bir necha nukleotidlardan iborat
Sistron esa genning oqsil sintezini kodlaydigan ketma-ketligini ifodalaydi. U ilgarigi gen haqidagi tushunchaning sinonimi sanaladi. Hozirgi vaqtda gen DNK (ba'zi viruslar RNK)ning ma'lum funksiya‘ni bajaruvchi ayrim qismi degan tushuncha barcha genetiklar tomonidan e'tirof etiladi. Har bir gen nukleotidlar izchilligidan tashkil topgan va oqsil kodlaydigan ekzon va oqsil kodlamaydigan intron ketma-ketliklardan tashkil topgan. Bundan tashqari gen faoliyatini boshqaradigan qator elementlar ham mavjud
Bu elementlar asosan genning promotor ketma-ketliklari, ba'zi yuqori organizmlarda promotr yonidagi sensor ketma-ketliklari bo‘lib, birgalikda gen funksiyasi boshqarilishida operatorlik vazifasini o‘taydi. Genni faolligini oshiruvchi (enxanser) va susaytiruvchi (saylenser) ketma- ketliklari ham mavjud bo‘lib, turli regulyator oqsillar bilan hamkorlikda operator funksiyasiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari maxsus regulyator gen va supressor gen turlari bo‘lib, ular sintez qilingan oqsillar operatorini boshqaradi.

Enxanser - bu DNKning kichik bo'limi bo'lib, u transkripsiya omillari bilan bog'langandan so'ng, gen yoki genlar guruhining asosiy promotorlaridan transkripsiyani rag'batlantiradi


Saylenser - bu repressor oqsillarni (transkripsiya omillari) bog'laydigan DNK ketma-ketligi. Repressor oqsillarining saylanserlar bilan bog'lanishi DNKga bog'liq RNK polimeraza fermenti tomonidan RNK sintezining pasayishiga yoki to'liq bostirilishiga olib keladi
Transkripsiyani rag'batlantiruvchi tartibga soluvchi elementlar kuchaytirgichlar (ing. enhancer - kuchaytirgich), transkripsiyani bostiruvchi - saylenser (ing. silencer - susaytiruvchi, tinchlantiruvchi) deb ataladi. Tartibga soluvchi elementlar tartibga soluvchi oqsillarni tanlab bog'lashi mumkin.
Promotor- operonning bosh tomonidagi RNK polimerazasi “taniydigan” nukleotidlar izchilligi,oqsil transkripsiyasini boshlovchi qism.
Operon- oqsil transkripsiyasini tartibga soluvchi promotor, operator,strukturali genlardan iborat DNK qismi.
DNK da joylashgan gen tarkibidagi nukleotidlar tripletlar tarzida bo’lib ularni kodogenlar deb ataladi. DNK molekulasi polinukleotid zanjirida joylashgan genetik axborotning ma‘lum bir qismi transkripsiya jarayoni natijasida sintezlangan iRNK molekulasiga aynan ko’chirilgan bo’lib uning tarkibidagi tripletlar kodonlar deb yuritiladi. Kelgusi avlodga genetik axborot iRNK orqali beriladi va u oqsil sintezini boshqaradi. Molekulyar genetikaning so’nggi dalillarining ko’rsatishicha prokariot va eukariot organizmlar genlari o’zaro strukturaviy tuzilishi jihatidan keskin farqlanadilar.

Prokariot organizmlarda gen strukturaviy yaxlit, butun bo’ladi. Bunda genlar erkin yalang’och holatda bo’luvchi DNK molekulasining uzluksiz bo’lagini tashkil etadi. Ularning genlarida genetik axborot uzluksiz kodlangan bo’ladi. Ularni yaxlit genlar deb yuritiladi.


Eukariot organizm genlari esa ayrim strukturaviy qismlarga bo’lingan bo’ladi. Ularni bo’lingan genlar deyiladi. Eukariot genlari strukturaviy va funksional jihatidan ikkita guruhdan iborat: a) genetik kodga ega bo’lgan nukleotidlar ekzonlar deb ataladi; b) genetik kodga ega bo’lmagan nukleotidlar intronlar deyiladi. Ekzon va intron fragmentlari genda ketma-ket ma‘lum tartibda joylashgan bo’ladi.
genning intronlarning qirqib olib tashlanishini va ekzon qismlarining o`zaro qo`shilishi slaysing deb nomlanadi. iRNK ning to’laqonli yetishishini ta‘min etuvchi molekulyar genetik jarayon protsessing deyiladi.
Genetik diskriminatsiya - bu kimningdir DNKsi unga qarshi turli sharoitlarda - sog'liqni saqlash, ish joyi, sug'urta, nogironlik bo'yicha nafaqa olish yoki hatto ta'limda foydalanishdir. Universitet sizni qabul qilish to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin DNKingizni ko'rib chiqishni xohlaydimi? Bu juda yomon. Bular asosan fuqarolik huquqlari masalalari; Shunday qilib, genetik diskriminatsiya aholining sog'liqni saqlash, sug'urta, uy-joy, reproduktiv (jinsiy) erkinlik va ish bilan ta'minlash kabi ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini cheklashiga olib kelishi mumkin.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, odamda 25 mingga yaqin gen mavjud.Ular umumiy DNKning atigi 2 foizini tashkil qiladi. DNKning qolgan qismi kodlanmagan - "axlat".
Olimlar insonning "axlat" DNKsida ma'no borligini aniqladilar
Sichqonchaning DNKsiga bitta oqsilni kodlamaydigan odam DNKsining “axlat” bo‘lagini kiritish orqali uning panjasini odam qo‘liga o‘xshatish mumkin.
Download 10.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling