Reja: Genomika fanining tarixi


BIOINFORMATIKA VA GENOMIKA FANLARI KELAJAGI GENITIKA INFORMATSIALLAR BANKI


Download 250.16 Kb.
bet2/14
Sana17.06.2023
Hajmi250.16 Kb.
#1542128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
GENETIKA

BIOINFORMATIKA VA GENOMIKA FANLARI KELAJAGI GENITIKA INFORMATSIALLAR BANKI
XXI asrning boshlanishi molekulyar biologiya va bioinformatika sohasida erishilgan 
ulkan yutuqlar bilan sharaflidir. DNKning alohida qismlarining va turli ko‘rinishdagi 
organizmlarning keng ko‘lamdagi genom ketma-ketliklarini ma’nosini ochishga imkon beruvchi 
DNK asosining ketma-ketliklarini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratilishini 
haqli ravishda muhim deb hisoblash mumkin. (Venter et al, 2001.)Inson genomlarini, hayvonlar, 
o‘simliklar, bakteriyalar va viruslar genomlarini sekvenirlash bo‘yicha keng ko‘lamdagi 
loyihalarni amalga oshirish nukleotid ketma-ketliklar to‘g‘risidagi axborotlar hajmini bamisoli 
ko‘chkisimon o‘sishga olib keldi [http://www.ncbi.nlm. nih.gov/Genbank/ genbankstats.html] 
Genetik molekulalarning vazifalari va ularning tuzilishi haqidagi bilimlarning to‘planishi va 
umumlashtirilishi, ularning tahlili molekulyar genetikaning postgenom davridagi birmuncha 
muhim muammolari sirasiga kiradi. Ma’lumotlar bazasida to‘plangan ilmiy tajriba axborotlar va 
DNK ketma-ketliklari tahlili asosida kompyuter dasturlari yordamida yangi genlarning vazifaviy 
qisqa ma’lumoti ushbu muammoni echishga yondashuvlardan biridir. 
So‘nggi 10-15 yillar mobaynida ilmiy jamiyatlar DNK ketma-ketliklarini to‘plashga 
kuchli e’tibor qaratmoqdalar va taxminan 310 nukleotid juftdan iborat bo‘lgan inson 
genomining aniqlangani ushbu faoliyatning cho‘qqisi bo‘ldi [Venter et al, 2001] Ayni paytda 
ma’lumotlarning asosiy molekulyar-genetik bankida [EMBL, GenBank, DDBJ] 
mikroorganizmlar to‘la sekvenirlangan 180 ta genomlari va inson genomlarini ham qo‘shganda 
o‘nlab eukariot genomlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plab bo‘lingan, boz ustiga aniqlangan 
ketma-ketliklar hajmi shitob bilan o‘sib bormoqda.[
MICRO-BES /Complete.html] Fan uchun, tibbiyot va inson hayotining boshqa jabhalari uchun 
olingan axborotlar qiymatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi. Biroq, ushbu axborotdan samarali 
foydalanish uchun uning biologik mazmunini tushunish, ketma-ketlik vazifasini belgilash, 
ularning tartibga solishdagi rolini va o‘zaro tadrijiy munosabatlarini aniqlash zarur. Ayni paytda 
DNK, RNK va oqsillar ketma-ketligini tahlil qilish uchun matematik uslublar tajribaviy 
uslublarning o‘rnini bosa olmaydi. Biroq kompyuter uslublarida ixtisoslashgan ma’lumotlar 
bazasida to‘plangan DNK ketma-ketliklari to‘g‘risidagi ulkan miqdordagi ilmiy tajriba 
ma’lumotlar genomlar tuzilishi va tadriji haqidagi sifat jihatdan yangi bilimlarni olishning 
imkonini beradi. [Kanehisa and Bork, 2003; Galperin, 2004]Aynan genom ma’lumotlarining
statistik tahlili asosida genetik axborotni tashkil etish to‘g‘risidagi yangi bilimlarga ega bo‘lish 
mazkur ishda tavsiya etilgan kompyuter tadqiqotlarining asosiy maqsadidir. XXI asrning 
boshlarida DNK va oqsillar ketma-ketligining tuzilishi va xossasini o‘rganishga yo‘naltirilgan 
dasturiy mahsulotlarning keng doirasi yaratildi. [Kolchanov, 1988; Wang et al, 1999; Pevzner, 
2000; Momit, 2001; Koonin and Galperin, 2002]Bu dasturlarga joylashtirilgan ko‘plab 
algoritmlar texnikasini biopolimerlar ketma-ketligini qurishda statistik xossalar va 
qonuniyatlarni tadqiq qilish uchun diskret matematikada [Gusfield, 1997] hamda matematik 
statistika va ehtimollar nazariyasida qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ketma-ketliklar 
o‘zgarishining tadrijiy cheklovini hisobga oluvchi matematik baholash yordamida genetik 
ma’lumotlar murakkabligining tahlilini o‘tkazish muhim muammolardan biridir. Eukariot genlari 
ta’sirliligini tartibga soluvchi ketma-ketliklar genomida kompyuter tadqiqotini o‘tkazish va 
izlash muammosi birmuncha muhimdir. Ketma-ketliklarni tartibga soluvchi ma’lumot 
murakkabligining miqdoriy tahlili va ma’lumotiy tashkillashuvini har taraflama tadqiq qilish 
uchun zamonaviy Internetbop kompyuter dasturlarini yaratish zarur.

Download 250.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling