Reja: Geodezik tarmoqlar


Download 16.65 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi16.65 Kb.
#1306520
  1   2   3
Bog'liq
Geodeziya I kurs Davlat geodezik tayanch tarmoqlar


Mavzu:Davlat geodezik tayanch tarmoqlar

Reja:
1. Geodezik tarmoqlar. 


2. Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash. 
3. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari. 

Geodezik tarmoq - yer yuzasida triangulyatsiya, trishteratsiya va poligonometriya asosida barpo etiladigan tarmoq. Aniqligi boʻyicha 4 darajaga boʻlinadi; tarmoqlari 20–25 m dan bir necha yuz metrgacha boʻlishi mumkin. Asosan uchburchak shaklida barpo etiladi. Tarmoqning nuqtalari joyda markazlar bilan belgilanadi. Markazlar esa beton (https://fayllar.org/beton-qorishmasi.html), temir-beton, metalldan yasalishi mumkin. Ular 2—2,5 m chuqurlikdan boshlab quriladi. Markazning ustida yogʻoch yoki metalldan piramidalar oʻrna-tiladi. G. t. burchaklari esa aniqteodolitlar bilan oʻlchanadi. Oʻlchash aniqligi (0,7) dan 2" gacha, baʼzi hollarda aniqlik bundan ham yuqoriroq boʻlishi mumkin. G. t. nuqtalarining koordinatalari geodezik va astronomik oʻlchashlardan, balandliklari esa boshlangʻich deb olingan dengiz sathiga nisbatan nivelirlanib topiladi. 
G. t. Yer sunʼiy yoʻldoshi texnologiyasi asosida barpo etilmoqda. 
Joyda o’rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan (https://fayllar.org/amaliy-ish-mavzu-iv-sinf-nivelirlashni-bajarish-va-jurnalni-is.html), koordinatasi(X,Y) va absolut balandligi (https://fayllar.org/absolut-xatolik-xatolikni-baholash.html)(H) aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkti deyiladi. Bunday nuqtalar yig’indisi geodezik tayach tarmog`ini tashkil etadi.Planli koordinatasi ma’lum bo’lgan tayanch punktga planli tayanch punkt, absolut balandligi ma’lum bo’lgan tayanch punktga balandlik tayanch punkti deyiladi. Shunga yarasha geodezik tarmoqlar planli-balandlik (X, Y va H ma'lum), faqat planli va faqat balandlik (H,ma'lum) tarmoqlariga bo‘linadi. 
Geodezik tayanch tarmoqlari Davlat geodezik tayanch tarmoqlari (DGT), Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari (MGT) va Tasvirga olish tayanch tarmoqlariga (TOTT)bo’linadi.Davlat geodezik tayanch tarmoqlari maxsus dastur asosida barpo qilinadi va barcha masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi va mudofaasiga (https://fayllar.org/ii-bob-arab-xalifaligi-davrida-movarounnahr.html), turli ilmiy va texnikaga doir masalalarni yechishda ham davlat geodezik tayanch tarmoqlariga asoslaniladi.Masalan,Yerning shakli va kattaligini, yer po’stlog’ining harakati (https://fayllar.org/17-maruza-qattiq-jismning-yassi-harakati.html), qit’alarming siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va boshqalar davlat geodezik tayanch tarmoqlari natijalaridan foydalanib aniqlaniladi. 

Davlat geodezik tayanch tarmoqlari (https://fayllar.org/geodezik-tayanch-torlar-geodezik-torlarni-barpo-qilishning-ana.html)mamlakatimizning istagan joyida bir-biriga bog’lanmagan holda bir vaqtda yoki turli vaqtda tasvirga olishga va geodezik o’lchash ishlarini bajarishga, bu ishlarda ro’y beradigan tasodifiy xatolar ta’sirini kamaytirishga (https://fayllar.org/mavzu-aromatik-va-toyinmagan-ikki-asosli-karbon-kislotalar.html), mazkur ishlarning qanchalik aniq bajarilganini tekshirishga, shuningdek (https://fayllar.org/faoliyati-shuningdek-turli-sohalardagi-aloqa-jarayoni-ishtirok.html), barcha geodezik o’lchash ishlarini yagona koordinata sistemasi (YKS)ni bog’lashga imkon beradi. 


Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari. 1:500, 1:5000 masshtabli topografik planlar olish uchun va qurilish maydonlarida bajariladigan geodezik ishlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Tasvirga olish tarmoqlari barcha masshtabda planlar olish uchun bevosita asos bo’lib hisoblanadi. Tasvirga olish tarmoqlarini hosil qilih uchun teodolit yo’li, geometrik tarmoq (https://fayllar.org/nizomiy-nomidagi-pedagogika-universitet-pedagogika-va-psixolog.html), to’g’ri va teskari kesishtirish usullaridan foydalaniladi. Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari bilan tasvirga olish tarmoqlari ham planli va balandli geodezik tayanch tarmoqlariga bo’linadi. 
Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash Geodezik tayanch tarmoqlari punktlarini o’rni punktlarning ahamiyatiga va ulardan foydalanish muddatiga qarab belgilanadi. 
Davlatgeodezik tayanch tarmoqlaridan uzoq vaqt foydalanish uchun ularning punktlari joyda mustahkam saqlanadigan doimiy belgilar bilan belgilanadi. Bu belgilarga (https://fayllar.org/reja-alifbe-davri-oqish-darsi-v2.html)markaz deyiladi.Joyning tabiiy geografik sharoitiga va geodezik punktning qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab turli markazlar qo’llaniladi. Yerning muzlash chuqurligi 1,5-2 m gacha bo’lgan joylarda o’rnatiladigan markazlar 9.1-rasm (a) da, qoyali joyga o’rnatiladigan markazlar 9.1- rasm (b) da ko’rsatilgan (rasmlarda markazlarning o’lchami sm hisobida berilgan). 9.1-rasm (a) dagi markazni o’rnatish uchun yer ikki metrdan chuqurroq qazilib, uchta beton monolit o’rnatilgan. Beton monolitlar cho’yandan yasalgan markalar bitta tik chiziqda yotadigan qilib joylashtirilgan markalarning tuzilishi turlicha bo’ladi. Cho’yan marka qopqog’idagi 2 mm li teshikcha punktning markazi hisoblaniladi. Geodezik tayanch tarmoqlarini o’tkazish vaqtida ana shu teshikchaning koordinatasi aniqlaniladi. Ustki monolitdagi marka yerga 50 sm chuqurlikda ko’milishi lozim. Joydagi markazni osonlikcha topish uchun ustki monolit tepasiga beton ustun o’rnatiladi. Bir punktdan ikkinchi punktni kuzatish maqsadida ularning markazi ustiga maxsus geodezik belgi-piramida o’rnatiladi. Piramidalarningbalandligi 10-12 mbo’lishimumkin. Yonma-yon joylashgan punktlarni yerdan kuzatib bo’lmagan hollarda tayanch punktga asbob o’rnatishda va bu punktni kuzatish uchun signal quriladi. 

Signallarning balandligi 12-15 m dan 40 m gacha bo’lishi mumkin. Piramida va signallar yog’ochdan yoki metalldan yasalib , tuzilishi turlicha bo’ladi. yog’ochdan yasalgan oddiy piramida, Davlat balandlik tarmoqlari punktlarining o’rni doimiy belgi hisoblanuvchi marka va reperlar bilan belgilanadi. Doimiy reper va markalar balandlik tarmoqlari yo’lida 5-7 km oralatib o’rnatiladi. Balandlik tarmoq punktlarining absolut balandliklarini aniqlash, , ya’ni nivelirlash qiyin bo’lgan rayonlarda reper (marka) lar oralig’i 10-15 km bo’lishi mumkin. Yuqori aniqlikdagi balandlik tarmoqlari (I va II klass nivelirlash tarmoqlari) ning har 50-80 km dagi nuqtasi va bu nivelirlash yo’llarining kesishgan tugun nuqtalari doimiy saqlanadigan reperlar bilan belgilanadi. 


Marka cho’yan diskdan iborat bo’lib, mustahkam imorat devoriga, qoyaga, ko’prik, gidrotexnika va boshqa inshootlar tayanchiga yerdan 1,5 m balandlikda biriktiriladi. Markani o’rnatish uchun imorat yoki inshoot devor parmalab teshiladi (,teshik yuvib tozalanadi. Uning ichiga marka gorizontal holarda o’rnatilib, sementlanadi. Markaning devordan chiqib turgan qismining o’rtasida diametri 4 mm keladigan teshikcha bo’ladi, nivelirlash vaqtida shu teshikcha markazining absolut balandligi aniqlaniladi. 
Reperlarning devorga va gruntga o’rnatiladiganlari bo’ladi. Devor reperi (9.4-rasm b) marka kabi imorat devoriga, inshoot yoki qoyaga yerdan 0,5-0,6 m balandlikda o’rnatiladi. Reperning markadan farqi shukiu devordan qisman chiqib turadi. Marka va reperga uni o’rnatgan tashkilotning qisqartirilgan nomi va reperning nomeri yozib qo’yiladi. Reperni o’rnatish uchun munosib imorat yoki inshoot bo’lmagan joyda reper yerga o’rnatiladi. Bunday reper grunt reperi deyiladi. Qisqa muddatga (1-2 yilga) mo’ljallangan balandlik tayanch punktlariga vaqtinchalik reperlar o’rnatiladi. Vaqtinchalik reper yerga ko’milgan yog’och ustun, rels parchasi , devor, qoyalarga qoqilgan dumaloq qalpoqli mix va boshqalardan iborat. 
O’rnatilgan geodezik belgilar (markaz, piramida, signal, marka va reperlar) ning joyda saqlanishini kuzatib turishlari uchun ular geodezik belgi joylashgan mahalliy tashkilotlarga hujjat bilan topshiriladi. 

Download 16.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling