Reja: Geografik qobiqning ko’ndalang tabaqalanishining asosiy omillari


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana22.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1382385
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geografik qobiqning gorizontal tuzilishi



Mavzu: Geografik qobiqning gorizontal tuzilishi
Reja: 
1. Geografik qobiqning ko’ndalang tabaqalanishining asosiy omillari. 
2. Mintaqaviy-zonal tizimlar. 
3. Issiqlik mintaqalari.Iqlim mintaqalari 
Geografik qobiqning ko’ndalang (gorizontal) tuzilishi uning bo’ylama 
tuzilishidan keskin farq qiladi. Geografik qobiqning bo’ylama tuzilishining asosiy 
omili bo’lib moddaning zichligi va holati hisoblanadi. 
Eng qattiq va zich moddalar litosferani, o’rtacha zichlikka ega bo’lgan suyuq 
holdagi moddalar gidrosferani, zichligi juda kam bo’lgan gaz holdagi moddalar 
atmosferani va tirik moddalar esa biosferani tashkil qiladi. 
Geografik qobiqning ko’ndalang yo’nalishda tabaqalanishi geotizimlarni 
tarqalishiga bog’liq. 
Geotizim, geomajmua (kompleks) yoki tabiiy hududiy majmua deb yaxlit bir 
butun tizimdan iborat bo’lgan geografik tarkiblarning qonuniy uyg’unligiga aytiladi. 
Geografik qobiqning ko’ndalang yo’nalishda tabaqalanishi planetar, regional 
va mahalliy (lokal) miqyoslarda sodir bo’ladi. Planetar miqyosda geografik 
qobiqning tabaqalanishining asosiy omillari bo’lib qo’yidagilar hisoblanadi:
1. 
Yerning sharsimonligi. Mazkur omil tabiiy geografik jarayonlarni 
mintaqaviy-zonal tarqalishini keltirib chiqaradi. 
2. 
Quruqlik, okean va muzliklarning tarqalishi ham geografik qobiqning 
tabaqalanishidagi muhim omil bo’lib, ular tufayli Yer yuzasini va tabiiy geografik 
jarayonlarni xilma-xilligi vujudga keladi. Koriolis kuchi geografik qobiqda 
moddaning harakat yo’nalishiga ta’sir ko’rsatadi. Mazkur omillar ta’sirida atmosfera 
va okeandagi harakatlarning umumiy xususiyatlari vujudga keladi. 
Regional miqyosda geografik qobiqning tabaqalanishiga materik va 
okeanlarning joylanishi va qiyofasidagi farqlar, quruqlikning relyefidagi farqlari 
muhim o’rin tutadi. mazkur omillar ta’sirida nam va issiqlik taqsimlanadi, atmosfera 
va okean harakatlari turlari vujudga keladi, geografik zonalar o’ziga xos ravishda 
joylashadi. 
Regional miqyosda hudud materikning qirg’og’ida, markazida joylanishi 
muhimdir. Ana shunday omillar ta’sirida regional geotizmlar orasidagi o’zaro 
ta’sirning o’ziga xos xususiyatlari vujudga keladi (dengiz yoki quruq iqlim, musson 
shamollari yoki g’arbiy shamollar va x.k.). Bunda reginal geotizmlarning qiyofasi, 
boshqa geotizmlar bilan chegarasi va bir-biri bilan farqlari muhim ahamiyatga ega.
Mahalliy miqyosda geografik qobiqning tabaqalanish omillari bo’lib 
relyefning tuzilishi (daryo vodiylari, suv ayirg’ich va x.k,), tog’ jinslarining tarkibi 
va ularning fizik va ximiyaviy xossalari, yonbag’irlarning shakli va ekspozisiyasi, 
namlanish turlari va h.k. hisoblanadi. Mazkur omillar ta’sirida kichik hududlarda 
turli xil xususiyatga ega bo’lgan geotizimchalar vujudga keladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling