Reja: Geografiya ta’limida o‘yinlardan foydalanish
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi
Download 42.67 Kb.
|
20. Geografiya ta’limida o‘yinlardan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografiya o‘qituvchisi o‘quv jarayonida hamkorlikda o‘qitish metodlaridan
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi
Bu metod 1976 yili Tel-Aviv universiteti professori SH.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko‘proq o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar alohida individual yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o‘rganish lozim bo‘lgan o‘quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o‘quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o‘quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o‘tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘z ijodiy izlanish natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘quv bahsi, munozara o‘quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatning natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasidagi har bir o‘quvchining, muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarning, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi va kutilmagan vaziyatlarda qo‘llab, yangi bilimlarni o‘zlashtirilishiga zamin tayyorlaydi. Geografiya o‘qituvchisi o‘quv jarayonida hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanishda quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim: - qaysi mavzularni hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanib, o‘rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilashi; -tanlagan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga tavsiya etiladigan o‘quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalarni tayyorlashi; -hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanib, o‘tiladigan dars turi, dars tuzilishi va borishini loyihalashi; -o‘tgan va yangi mavzular yuzasidan o‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak. Mazkur metodlardan foydalanganda shuni nazarda to‘tish kerakki, o‘quvchilar o‘z sheriklari bilan hamkorlikda o‘quv topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishlari barobarida guruh a`zolarining faolligi, hamkorlikning vujudga kelishi hisobga olinadi. O‘qituvchi dars jarayonida hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatlariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni, o‘quvchilarning mustaqil ishlari, o‘quv bahsi va munozaralarni samarali tashkil etish yo`llarini egallagan, o‘quvchilarda esa darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o‘z fikrini qisqa va aniq bayon etish, fikrlarni asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, o‘quv bahsi va munozaralarda faol qatnashish ko‘nikmalari shakllangan va ongli intizom vujudga kelgan bo‘lishi lozim. 1-jadval
Download 42.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling