Kimyoviy turdagi sinapslar ekzositoz jarayonlari orqali impluslarni bir hujayradan ikkinchisiga oʻtkazadi. Nerv tolasi boʻylab oʻtkazilgan qoʻzgʻalish nerv oxirida – sinaptik kengaymada depolyarizatsiyaga olib keladi. Bu jarayon hisobiga Ca kanallari ochilib, hujayraga koʻp miqdorda Ca kirishi yuzaga keladi… Aynan shu nerv oxirlarida yaʼni presinaptik membranada joylashgan vezikuladagi 3 muhim birlik jarayonlarni tushunishimiz uchun juda kerak boʻladi: 1)VMAT (katexolamin mediatorlari saqlovchi vezikulalarda) kabi transporterlar. Bu transporterlar vazifasi sitoplazmada hosil boʻlgan neyrotransmitterni vezikulaga oʻtqazish. 2)sinaptotagmin (Ca sensori) 3)v-SNARE (vesicle-specific membrane protein) vazifasi: nishon membranadagi t-SNARE bilan birikib sis-SNARE kompleks hosil qilish. Soʻng hujayraga kirgan Ca sinaptotagmin bilan bogʻlanadi, oqibatida vezikula presinaptik membrana tomon harakatlanadi. Aktiv markazlar sohasidagi t-SNARE bilan bogʻlanishi oqibatida SNARE kompleks yuzaga keladi, membranalar erib ekzositoz jarayoni – mediatorni sinaptik boʻshliqqa quyish jarayoni boshlanadi. Jarayonga kirgan Ca boshqa tomondan colmodulin bilan birikib Protein Kinaza-2 ni aktivlaydi. PK-2 boʻlsa vezikulaga birikib turgan sinapsinni aktivlaydi, sinapsin vezikuladan ajralishi hisobiga vezikula membrana tomon harakatlanadi. Oxir oqibat vezikula erib sinaptik boʻshliqqa mahsulotini toʻkadi.[4]
Transitoz
Transitoz vezikular transportning bir turi boʻlib, oʻz ichiga endo va ekzositozni qamraydi. Agar vezikula oʻzi hosil boʻlgan qismdan qarama qarshi tomonga yetib borsa transitoz deyiladi. M: tomir endoteliy hujayralarida[5]
Do'stlaringiz bilan baham: |