Reja: Gerter va Grendel, Danielli Devson modeli


Download 299.5 Kb.
bet8/8
Sana21.06.2023
Hajmi299.5 Kb.
#1645203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Ikki qavatli lipid membranalari. Bir va ikki qavatli sun‘

Sinapsdagi ekzositoz


Kimyoviy turdagi sinapslar ekzositoz jarayonlari orqali impluslarni bir hujayradan ikkinchisiga oʻtkazadi. Nerv tolasi boʻylab oʻtkazilgan qoʻzgʻalish nerv oxirida – sinaptik kengaymada depolyarizatsiyaga olib keladi. Bu jarayon hisobiga Ca kanallari ochilib, hujayraga koʻp miqdorda Ca kirishi yuzaga keladi… Aynan shu nerv oxirlarida yaʼni presinaptik membranada joylashgan vezikuladagi 3 muhim birlik jarayonlarni tushunishimiz uchun juda kerak boʻladi: 1)VMAT (katexolamin mediatorlari saqlovchi vezikulalarda) kabi transporterlar. Bu transporterlar vazifasi sitoplazmada hosil boʻlgan neyrotransmitterni vezikulaga oʻtqazish. 2)sinaptotagmin (Ca sensori) 3)v-SNARE (vesicle-specific membrane protein) vazifasi: nishon membranadagi t-SNARE bilan birikib sis-SNARE kompleks hosil qilish. Soʻng hujayraga kirgan Ca sinaptotagmin bilan bogʻlanadi, oqibatida vezikula presinaptik membrana tomon harakatlanadi. Aktiv markazlar sohasidagi t-SNARE bilan bogʻlanishi oqibatida SNARE kompleks yuzaga keladi, membranalar erib ekzositoz jarayoni – mediatorni sinaptik boʻshliqqa quyish jarayoni boshlanadi. Jarayonga kirgan Ca boshqa tomondan colmodulin bilan birikib Protein Kinaza-2 ni aktivlaydi. PK-2 boʻlsa vezikulaga birikib turgan sinapsinni aktivlaydi, sinapsin vezikuladan ajralishi hisobiga vezikula membrana tomon harakatlanadi. Oxir oqibat vezikula erib sinaptik boʻshliqqa mahsulotini toʻkadi.[4]

Transitoz


Transitoz vezikular transportning bir turi boʻlib, oʻz ichiga endo va ekzositozni qamraydi. Agar vezikula oʻzi hosil boʻlgan qismdan qarama qarshi tomonga yetib borsa transitoz deyiladi. M: tomir endoteliy hujayralarida[5]
Download 299.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling