Reja: Gerter va Grendel, Danielli Devson modeli


Download 299.5 Kb.
bet4/8
Sana21.06.2023
Hajmi299.5 Kb.
#1645203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Ikki qavatli lipid membranalari. Bir va ikki qavatli sun‘

Passiv transport


Oʻz navbatida osmos va diffuziya jarayonlarini qamrab oladi. Passiv transportda energiya talab etilmaydi, moddalar konsentratsiyasi yuqori tomonda konsentratsiyasi past tomonga qarab harakatlanadi.[2] (konsentratsiya gradiyenti boʻylab). Osmos – bu membrana orqali erituvchi molekulalarining oʻtishi hisoblanadi. Diffuziya jarayoni esa oʻz navbatida yana ikkiga: oddiy (oson) hamda osonlashtirilgan turlarga boʻlinadi. Baʼzi yogʻda eruvchan (lipofil), zaryadsiz, kichik molekulalar membrana orqali konsentratsiya gradienti boʻylab harakatlanadi. Bunga oddiy diffuziyaning birinchi turi deyiladi. Suvda eruvchan moddalar va ionlar esa bifosfolipid qavatdan oʻtishi uchun maxsus yoʻllar yaʼni ion kanallarini talab qiladi, bu esa oddiy diffuziyaning ikkinchi turi hisoblanadi.[3]

Voltaj darvozali ion kanali tuzilishi, aktiv hamda inaktiv holatlari

Ion kanallari turlari


  1. sizib oʻtuvchi

  2. ligand darvozali

  3. voltaj darvozali

  4. mexanik darvozali

  5. termik darvozali

Diffuziyaning ikkinchi turi – osonlashgan diffuziya maxsus tashuvchi oqsillar orqali “tashib qoʻyish” mexanizmida boradi. Tashuvchi (carrier) oqsillar suvda eruvchan kichik molekularni oʻtkazadi. Ular juda selektiv boʻlib, molekulalarning faqat bir turini tashiydi. Tashiluvchi molekula bilan bogʻlangan tashuvchi oqsil konformatsiyasini oʻzgartirib molekulani qarama qarshi tomonga olib oʻtadi. (masalan, translokazalar).[4]

Aktiv transport



Vodorod nasoslari tomonidan aktiv transportning amalga oshishi
Moddalarning konsentratsiya gradiyentiga qarshi harakatlanishi boʻlib, energiya sarfi orqali amalga oshadi. Aktiv transport qanday energiyadan foydalanilishiga qarab ikki turga: birlamchi aktiv transport va ikkilamchi aktiv transportga boʻlinadi. Aktiv transport asosan nasoslar va maxsus tashuvchi oqsillar orqali amalga oshadi. Agar modda ATF energiyasi hisobiga tashilsa birlamchi aktiv transport (K/Na ion nasoslari) deyiladi. Bunda ATF energiyasi hisobiga 3ta natriy hujayra tashqarisiga, 2ta kaliy hujayra ichkarisiga yaʼni konsentratsiya gradiyentiga qarshi tashiladi. Ion nasoslar alfa va betta subbirliklardan tuzilgan boʻlib, deyarli barcha muhim qismlar alfa subbirligida joylashadi. Bir modda boshqa moddaning energiyasi hisobiga tashilsa ikkilamchi aktiv transport deyiladi. Ikkilamchi aktiv transportda – konsentratsiya gradiyenti boʻyicha harakatlanuvchi moddaning harakat energiyasi hisobiga boshqa modda harakatlanadi. Bu transport oʻz navbatida kotransport (simport) hamda kontratransport (antiport) shaklida boʻladi. Simport mexanizmda aktiv tashiluvchi modda, gradiyent boʻyicha harakatlanuvchi modda bilan bir xil yoʻnalishda harakatlansa, antiport mexanizmda teskari yoʻnalishda harakatlanadi.[5]

Download 299.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling