Reja: Gerter va Grendel, Danielli Devson modeli


Download 299.5 Kb.
bet6/8
Sana21.06.2023
Hajmi299.5 Kb.
#1645203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Ikki qavatli lipid membranalari. Bir va ikki qavatli sun‘

Fagotsitoz


Fagotsitoz (hujayraning oziqlanishi) taxminan 250nm oʻlchamdagi vezikulalar orqali yirik zarralar: hujayra qoldiqlari, bakteriyalar va boshqa mahsulotlarni hujayra ichiga yutilishi. Bunda vezikulalarning hosil boʻlishi hujayradan chiqqan pseudopodiylar orqali kechadi va hosil boʻlgan vezikula Fagosoma deyiladi. Pinositozdan farqli ravishda Fagositoz faqat MFS (mononuklear fagositar sistema) hujayralari tomonidan amalga oshiriladi. Fagositoz retseptorlar orqali amalga oshiriladigan jarayon bo'lib, hujayralar yuzasida antitanachalar orqali antigenlar (bakteriya) bilan bogʻlanuvchi Fc-retseptorlari joylashadi. Fagositoz odatda hujayralardagi “Toll-like receptors” (TLRs) orqali patogen yuzasidagi “pathogen associated molecular patterns” (PAMPs) larni sezishdan boshlanadi. PAMPs ning tanilishi “Nuclear factor kappa B” (NF-kB) ya’ni transkripsion faktorning aktivlanishiga olib keladi. (NF-kB ning aktivlanishi yadro ichidagi Fagositozga javob beruvchi genlarning “aktivlanishiga” olib keladi). Ammo, biologik boʻlmagan materiallar: uglerod zarralari, changlar, asbest tolalari, yalligʻlangan yoki oʻlgan hujayra qoldiqlari Fc-retseptorsiz MFS hujayralari tomonidan parchalanadi. Fagosomalar membrananing pseudopodiylar hosil qilishi orqali shakllanadi, bu pseudopodiylar hosil qilinishi esa sitoskelet aktin molekulalarining polimerlanishi orqali taʼminlanadi. Shu sabab Fagositoz ham Klatrindan mustaqil ammo aktinga bogʻliq endositoz hisoblanadi.

Retseptor vositachiligidagi endositoz


Retseptor vositachiligidagi endositoz hujayra ichiga faqat maxsus molekulalarning kirishiga ruxsat beradi. Maxsus molekulalar uchun hujayrada retseptorlar boʻlib ular “yuk” (cargo) retseptorlar deyiladi. Bu retseptorlar hujayra membranasining aniq qismlarida toʻplanib joylashadi. Bu sohalar lipid sollari (raft) boʻlib, oxir oqibat qoplamali chuqurchaga (coated pits) aylanadi. Chuqurchalarning paydo boʻlishi membrananing ichki sohasida, lipid sollar sohasida joylashgan klatrin molekulalari hisobiga kelib chiqadi. "Yuk retseptor"lari maxsus molekulalarni taniydi va ular bilan bogʻlanadi. Klatrin molekulalari keyinchalik shu sohada yigʻiladi va savatsimon invaginatsiya hosil qiladi. Klatrin kargo retseptorlari bilan boshqa bir oqsil – adaptin orqali bogʻlanadi, shundan soʻng kargo oqsillar va retseptorlari membranani tashqi qismini ichkariga yaʼni vezikula ichiga tortadi. Ogʻirligi 100kDa boʻlgan mexanoenzim GTFaza yaʼni Dinamin yordamida klatrin bilan qoplangan (himoyalangan) vezikula membranadan ajraladi. Shundan keyin qoplovchi (adaptin, klazrin) oqsillari plazma membranasiga qaytishi, hosil boʻlgan qoplanmagan vezikulalar kerakli qismga borishi mumkin.

Download 299.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling