Reja: Gerter va Grendel, Danielli Devson modeli


Download 299.5 Kb.
bet7/8
Sana21.06.2023
Hajmi299.5 Kb.
#1645203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Ikki qavatli lipid membranalari. Bir va ikki qavatli sun‘

Ekzositoz


Ekzositoz bu vezikulalarning sitoplazmadan membranaga koʻchishi va vezikuladagi mahsulotlarni hujayra tashqarisiga chiqarishdir. Eksport uchun ishlangan turli molekulalar dastlab golji majmuasiga boradi, shundan keyin saralanadi va mahsulotlar vezikulalarga joylanadi. Vezikula membrana tomon harakatlanadi va membranaga birikib eriydi, mahsulotini tashqariga chiqaradi. Ushbu vezikulalarning hujayra ichidagi harakati maxsus oqsillar: COP-1 va COP- 2 tomonidan taʼminlanadi. Ekzositozning ikki yoʻli (turi) farqlanadi. (prakariot organizmlarda uchinchi tur ham aniqlangan)

Konstitutiv yo'l


Konstitutiv yoʻlda eksport uchun moʻljallangan moddalar doimiy ravishda vezikulalarda membranaga yetkaziladi. Sintezlangan moddalar golji majmuasida vezikulaga oʻralib tezda membrana orqali chiqariladi. Bu ekzositoz deyarli barcha hujayralar tomonidan amalga oshiriladi, asosan oqsillar transporti uchun xizmat qiladi.

Regulatsiya qilingan ekzositoz


Regulatsiya qilingan ekzositozda tashqaridan keladigan stimul muhim ahamiyat kasb etadi, bundan tashqari pufakchalar harakati uchun Ca miqdori shuningdek klatrin oqsili muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ekzositoz juda muhim boʻlib neyronlar va boshqa hujayralar hosil qilgan sinapslar aynan shu mezanizm boʻyicha ish olib boradi. (vezikula va uning mahsuloti oldindan sintezlangan boʻlib, qachonki stimul kelsa ajralish yaʼni ekzositoz yuzaga keladi) sinapslardan tashqari bu jarayonni sekretsiya bezlarida ham uchratish mumkin. Sekretsiya hujayralari garmon, neyrotransmitter, hazm fermentlari saqlaydi. Garmonlar sekretsiyasida pufakchalar garmon ajratish vaqtida faqat membrana bilan qoʻshiladi va mahsulotni chiqargandan soʻng sitoplazmaga qaytadi. Vezikulani aniq qismga yetkazilishi docking oqsillar orqali boshqariladi va SNARE oqsillar kerakli soha bilan aloqani taʼminlanadi. Donor membranadan (h.membranasi yoki golji) hosil boʻlgan yangi vezikulalar nishon membrana bilan birlashib eriydi. Bu uchun hosil boʻlgan vezikula clatrin qobigʻini tashlaydi, soʻngra kerakli qismga boradi. Bu katta shahardagi taxi haydovchisining pasajirni aytilgan manzilga yetkazishiga oʻxshaydi. Hujayrada manzil vezikula membranasiga bogʻlangan Rab-GTFaza orqali topiladi. Rab-GTFaza nishon membranada joylashgan “arqon” (tethering proteins) bilan bogʻlanadi. Bu birikish kuchsiz boʻlib, faqatgina vezikulaning tanilishi uchun kifoya qiladi. Shundan soʻng Rab-GTFaza nishon membranada joylashgan RabGTFaza retseptorlariga birikadi va mustahkam tutashgan komplex (docking komplex) hosil boʻladi. Bu jarayon oʻz navbatida nishon membranada joylashgan maxsus t-SNARE va vezikulada joylashgan vSNARE oqsillari oʻzaro birikib, sis-SNARE kompleks hosil boʻlishiga olib keladi. Sis-SNARE kompleks natijasida membranalarning qoʻshilgan qismlari eriydi va mahsulot vezikuladan chiqariladi. Shundan keyin NSF va a-SNAP proteinlar kompleksi sis-SNARE kompleksning uzilishiga olib keladi va boʻsh vezikula, uning membranasi oqsillari yangi vezikula sintezi uchun qaytariladi. Ekzositozga biz uchun muhim ahamiyatga ega jarayonlardan hisoblangan meʼda osti bezidan ajraladigan insulin va glukagonni misol keltirish mumkin. Orolchalarning betta hujayralarida tayyor holdagi vezikulalarida insulin, alfa hujayralarida tayyor holdagi vezikulalarda glukagon boʻladi. Qachonki mos stimul kelsa, ulardan biri ekzositoz usulida ajralishi kuzatiladi. Bundan tashqari ovqat hazm fermentlari ham xuddi shu usulda ajraladi.

Download 299.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling