Reja: Gerter va Grendel, Danielli Devson modeli


Download 299.5 Kb.
bet5/8
Sana21.06.2023
Hajmi299.5 Kb.
#1645203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Ikki qavatli lipid membranalari. Bir va ikki qavatli sun‘

Vezikular transport


Vezikular transportda – hujayra membranasining butunligi saqlangan holatda moddalar tashilishi yuzaga keladi. Bu transport usulida moddalarning hujayraga kirishi yoki chiqarilishi vezikula deb nomlangan pufakchalar orqali boradi. Bu pufakchalar hujayra membranasi yoki hujayraning boshqa qismlaridan hosil boʻladi. Vezikular transport oʻz ichiga endositoz hamda exzositoz deb nomlangan jarayonlarni qamraydi. Endositoz – vezikulalar orqali turli moddalarning hujayra ichiga kirishi boʻlib, oziqlanish, signallarni qabul qilish va hujayraning shaklini oʻzgarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekzositoz – moddalarning vezikula orqali hujayradan chiqarilishi boʻlib, vezikulalar organellalardan hosil boʻladi va membrana bilan qoʻshilib chiqariladi. Ekzositoz bezlar sekretsiyasi, ayirish, va signallarni uzatish jarayonlarida muhim ahmiyat kasb etadi.[4]

Endositoz


Endositoz davomida suyuqlikni va makromalekulalarni oʻzlashtirish turli 3 yoʻnalishda boradi. Baʼzi endositoz mexanizmlarida vezikulaning shakllanishi uchun oqsillar kerak boʻladi, eng ko’p oʻrganilgan (tarqalgan) oqsil bu membranaga bogʻlangan klatrin (clathrin) oqsili. Bundan tashqari erkin oqsillar (kamroq) caveolin va flotillinlar ham qatnashadi. Shu sababli, endositozni klassifikatsiyalash mumkin: klatringa bogʻliq va klatringa bogʻliq boʻlmagan. Hujayrada endositozning 3 mexanizmi e`tirof etiladi:[5]

Pinotsitoz



Endositoz turlari (pinotsitoz, fagotsitoz, retseptor vositachiligidagi endositoz)


Pinotsitoz (hujayraning ichishi) odatda 150nm dan kichik diametrga ega vezikulalar orqali suyuqliklar hamda kichik oqsillarni nomaxsus hujayraga yutilishi hisoblanadi. Organizmning deyarli har bir hujayrasida pinositozni koʻrish mumkin. Pinositozda vezikulalarning hosil boʻlish mexanizmi lipid sollarida (lipid rafts) joylashgan kaveolin va flotillin oqsillari bilan bogʻliq. Kaveolin-1 va 2 barcha muskul boʻlmagan hujayralardan (neyron va oq qon tanachalaridan tashqari), kaveolin-3 faqat muskul hujayralaridan topilgan. Flotillin-1 va 2 turli vezikuladan topilgan. Shuningdek, mexanoenzimlar, masalan GTFaza (Dinamin) pinositotik vezikula hosil boʻlishida qatnashadi. Pinositotik vezikulalarni TEM orqali koʻrish mumkin va ular silliq yuzaga ega. Bunday silliq vezikulalar ayniqsa tomirlarning endoteliysi va silliq mushak hujayralarida koʻp uchraydi. Pinositozni klatringa bogʻliq boʻlmagan endositoz deb atash mumkin.

Download 299.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling