Bu xususiyatlar tabiatda ikki xil elektr zaryadi mavjudligining natijasidir.
Shartli ravishda kuchlanganlik chiziqlari musbat zaryaddan chiquvchi va manfiy zaryadga kiruvchi deb qabul qilingan. Elektrostatik maydon kuchlanganligining nafaqat yo`nalishi va balki qiymatini ham xarakterlash uchun kuch chiziqlarini ma’lum qalinlikda o`tkazishga kelishilgan. Elektrostatik maydon kuchliroq bo`lgan joyda kuchlanganlik chiziqlari qalinroq va aksincha, maydon kuchsizroq bo`lgan joyda kuchlanganlik chiziqlari siyrakroq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |