Barcha nuqtalarida maydon kuchlanganligining ham yo`nalishi, ham kattaligi bir xil bo`lgan () elektr maydoniga bir jinsli maydon deyiladi.
Bir jinsli maydonga bir tekis zaryadlangan tekislik va yassi kondensator qoplamalari chekkasidan uzoqroqdagi elektr maydonlari misol bo`la oladi.
Superpozitsiya prinsipi Q1, Q2, …Qn harakatsiz zaryadlar sistemasi hosil qiladigan elektrostatik maydonning har bir nuqtasida kuchlanganlik vektori ning qiymati va yo`nalishini aniqlash kerak bo`lsin.Buning uchun mexanika bo`limida foydalanilgan kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipidan foydalanamiz: ya’ni sinash zaryadi Qs ga maydon tomonidan ta’sir etadigan kuch,unga har bir Qi zaryad tomonidan ko`rsatiladigan i kuchlarining vektorial yig`indisiga teng:
Hosil bo’lgan bu ifoda elektrostatik maydon uchun superpozitsiya prinsipi deyiladi.Zaryadlar sistemasi hosil qiladigan maydon kuchlanganligi , shu nuqtada har bir zaryad alohida hosil qiladigan maydonlar kuchlanganliklarining geometrik yig`indisiga teng.
Superpozitsiya prinsipi istalgan harakatsiz zaryadlar sistemasining elektrostatik maydonini hisoblashga imkon beradi.
Ikki zaryad maydonining kuchlanganligi. Eng sodda hol ikkita zaryad hosil qilgan maydonning A nuqtadagi kuchlanganligini aniqlashdir. Superpozitsiya prinsipiga asosan
bu yerda zaryadlar sistemasining A nuqtadagi kuchlanganligi, 1 va 2 lar mos ravishda Q1 va Q2 zaryadlarning shu nuqtada hosil qilgan maydon kuchlanganliklari.vektorning moduli kosinuslar teoremasiga asosan aniqlanadi.
bu yerda a-1 va 2 vektorlar orasidagi burchak.
Do'stlaringiz bilan baham: |