Reja: G’ildirakli traktor va avtomobillarning burilish kinematikasi Rul mexanizmlari va yuritmalari Vazifasi, tasniflanishi, ularga qo’yiladigan talablar va rostlanishi Rul boshqarmasi


Download 153 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2023
Hajmi153 Kb.
#1344614
  1   2   3   4
Bog'liq
G’ildirakli traktor va avtomobillarning rul boshqarmalari


G’ildirakli traktor va avtomobillarning rul boshqarmalari


Reja:



  1. G’ildirakli traktor va avtomobillarning burilish kinematikasi

  2. Rul mexanizmlari va yuritmalari

  3. Vazifasi, tasniflanishi, ularga qo’yiladigan talablar va rostlanishi

Rul boshqarmasi.
Avtomobillarlan transport vositasi sifatida foydalanish jarayonida, uni bir joydan ikkiichn joyga odam yoki yuk shuningdek, maxsus qurilmalarni tashish tushuniladi.
Bunda avtomobil yuk jo’natish punktidan qabul qilish punktigacha bo’lgan yo’lni o’tganda turli egriliklardagi, shuningdek, turli murakkab shakldagi to’g’ri va egri chiziqli oraliqlardan o’tadi.
Avtomobil yo’lning egri chiziqli bo’lishining sababini quyidagi asosiy omillar bilan tushuntirish mumkin.

  1. Mukammal qurilgan yo’llar ham turli yo’nalishdagi to’g’ri chiziqli uchastkalarlan iborat bo’lib, yo’l kategoriyasi qancha past bo’lsa, uning to’g’ri chiziqli qismlari qisqa va tez o’zgaruvchan yo’nalishli uchastkalarlan tashkil topgan bo’ladi.

  2. Avtomobil mo’ljallangan manzilga yetguncha kunlab to’siqlarni aylanib o’tishi, kichik tezlik bilan xarakatlanayotgan transportlarni quvib o’tishi kerak bo’ladi.

  3. Avtomobillarni xaydovchiga bog’liq bo’lmagan tashqi kuchlarni yengib xarakatlantirishi lozim bo’ladi.

Shunday qilib, avtomobilning xarakatini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Xaydovchi, avtomobilni boshqarish jarayonida, yo’l xarakati qoidalariga rioya qilgan xolda. turli xil yo’llardan o’tishi, tashish ishlarini eng yuqori samara bilan bajarish uchun yo’ldagi yo’lovchilarga, xarakatlanayotgan boshqa transportlarga xalaqit bermasdan o’tishi, shuningdek, detal va mexanizmlarni yuklantirmasdan boshqarishi lozim.
Avtomobil xarakatiga tegishli parametrlarni kerakligicha o’zgartirishga qaratilgan barcha xarakatlar to’plamini avtomobilni boshqarish jarayoni deb ataymiz. Bu esa avtomobilda rul boshqarmasi orqali amalga oshiriladi.

Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling