Reja: Global muammolar tushunchasi
Download 48.5 Kb.
|
Dunyoning global muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demografiya muammosi
Ekologik muammosi.
Yer yuzining bir qancha mamlakat va rayonlarida ekologik tanazzul darajasiga yetdi. Atrof-muhitning faqat ifloslanishidan ko'rilayotgan iqtisodiy zarar ijtimoiy, estetik va boshqa xil zararlarni hisobga olmaganda yiliga ko'plab millon dollarni tashkil etadi. Buning ustiga dunyo miqiyosidagi ekologik xavf vujudga keldi; bu xavf Yer yuzi iqlimining nazorat qilib bo'lmaydigan o'zgarishlari va stratosferadagi ozon qatlamining yemirilishidir. Hozirgi vaqtda bu muammoni yechish uchun tobora ko'p davlatlar o'z kuch va imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar. Xavfning oldini olish bilan birga to'satdan favqulodda ro'y beradigan xavflarni bartaraf qilish bo'yicha ham yordam uyushtiriladi. Bularning barchasi 70-yillar BMT tomonidan olg'a surilgan «Yer faqat bitta-tanhodir» shiorini bajarish demakdir. Demografiya muammosi-«asr muammolari»dan biri. Bu muammoning o'zaro ziddiyatli ikki jihati bor. Birinchidan, mavjud demografik krizis tashvishga solmasligi mumkin emas. Chunki u hozirning o'zida bir qator mamlakatlarda aholi ko'payishi muvozanatining buzilishiga, uning tez qarib qolishi va sonining kamayib ketishiga olib keladi. Demograf (aholishunos)lar bu jarayonni depopulyasiya deb ataydilar. Ikkinchidan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ko'pchilik mamlakatlarida aholining hamon tez o'sishi tashvish tug'dirmoqda. Buning ustiga aholi tarkibida yoshlarning ulushining juda katta ekanligi sharoitida tabiiy o'sish sur'atlarining tezda pasayishini kutish qiyin. Shunga qaramay, demograf olimlarning qayd qilishicha 60-yillarga to'g'ri kelgan demografik portlash cho'qqisi endi ortda qoldi. Aholi ko'payishining ikkinchi tipiga kiruvchi barcha regionlarda (Afrika bundan mustasno) aholi tug'ilishi va o'sishining kamayishi boshlandi. Demografik muammoni hal qilish uchun BMT «Aholining tarqalishiga doir butun jahon harakat dasturi»ni qabul qildi. Uni amalga oshirishda birgina demografik siyosatining o'zi yetarli emas. Bu siyosat odamlar hayotining iqtisodiy va sosial sharoitlarini yaxshilash bilan uyg'unlikda olib borilishi lozim. Download 48.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling