Reja: Global muammolar tushunchasi
Energetika va xom-ashyo muammolari
Download 48.5 Kb.
|
Dunyoning global muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziq-ovqat muammosi
Energetika va xom-ashyo muammolari.
Bular avvalo insoniyatni yoqilg'i va xom-ashyo bilan mustahkam ta'minlash muammolaridir. Insoniyatni resurslar bilan ta'minlash muammosi birmuncha keskinlashgan vaqtlar ilgari ham bo'lgan. Biroq bu muammo odatda tabiiy resurslari yetishmaydigan ayrim rayon va mamlakatlarga tegishli bo'lardi. U dunyo miqiyosida aftidan 70-yillarda birinchi marta namoyon bo'ldi va uning bir qancha sabablari bor edi. Ulardan biri-neft, tabiiy gaz va boshqa xil yoqilg'i hamda xom-ashyo turlari aniqlangan zahiralarning kamligi, tog'-kon ishlari sharoitning yomonlashuvi, qazib olish rayonlari bilan iste'mol rayonlari o'rtasidagi hududiy uzunlikning ortishi, kon qazish ishlarining tabiiy sharoiti nihoyatda og'ir bo'lgan yangi rayonlarga siljishi va shu kabilardir. Binobarin bizning davrimizda mineral resurslardan foydalanish va ularni qayta ishlab chiqarishi ilgarigidan ancha rasional (oqilona) olib borilishi shart. Oziq-ovqat muammosi. Insonning normal hayoti va faoliyati uchun zaruriy oziq-ovqat miqdori uning jinsi, yoshi, vazni, bo'yi, qiladigan mehnatining harakteri va sharoiti, turmushi, hududining iqlimiy hususiyatlariga bog'liq. Olimlarning hisoblashicha, iste'mol qilinadigan taomning kaloriyalik medisina normasi sutkasiga 2300-2600 kkal va 70-700g oqsildan kam bo'lmasligi kerak. Biroq BMT ma'lumotlariga ko'ra insoniyatning qismi muttasil ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi seziladigan mamlakatlarda yashaydi. Mana shuning uchun ham oziq-ovqat muammosini global (dunyoviy) muammo deb hisoblash lozim. Bu muammoni yechish uchun insoniyat ziroatchilik, chorvachilik va baliqchilik resurslaridan to'laroq foydalanish kerak, mazkur muammoning yechimi ikki xil bo'lishi mumkin. Birinchi-ekstensiv yo'l-haydaladigan va yaylov yerlar hamda baliq ovlashda foydalaniladigan yerlarni kelgusida kengaytira borishdan iborat. Ikkinchi-intensiv yo'l avvalo mavjud yerlarning biologik mahsuldorligini oshirishdan iborat. Bu yo'lni amalga oshirishda biotexnalogiya, o'simliklarning yangi, yuqori hosildor navlaridan va tuproqqa ishlov berishning yangi usullaridan foydalanish, mexanizasiya, kimyolashtirish, shuningdek meliorasiyani yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, butun Yer shari aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish hajmini XX asrning oxirgi choragida-2 baravar, XXI asr o'rtalariga borib esa-5 baravar ko'paytirish lozim. Binobarin, intensiv yo'l- insoniyat oziq-ovqat muammosini yechishning bosh yo'lidir. Download 48.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling