Reja: Global muammolardan dunyoning globallashuvi
Download 10.31 Kb.
|
9-mavzu falsafa
9-mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja:
1.Global muammolardan dunyoning globallashuvi
2.Insoniyat tarqoqlikdan yaxlitlikka 3.Dunyoning globallashuvi sari Globallashuv – yangi falsafiy mavzu. Ming yilligimizning oxiriga kelib, insoniyat tarixida dunyodagi hayotni umuman boshqa yo‘nalishga burib yuborgan globallashuvni guvohi bo‘ldik. “Globalizatsiya”- “gloub (inglizchadan “globe”, yani Yer shari), “global” (“global”, yani butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, yani butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T.Levittning 1983 yilda “Garvard biznes revyu” jurnalida elon qilgan maqolasida qo‘llanilgan edi. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan.Bugungi kunda globallashuv atamasi shunchalik mashhur bo‘lib ketganganki, uni XXI asr mahsuli desak mubolag‘a bo‘lmaydi. SHu o‘rinda, izohlash uchun xilma-xil yondashuvlar, nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning hammasini sharhlab quyidagi xulosaga kelish mumkin: globallashuv halqlar, mamlakatlar transformatsiyasi, insoniyatning bir butunlikka integratsiyasini keltirib chiqaradi. SHu manoda, muayyan jamiyat o‘zidan etuk deb hisoblagan boshqa jamiyatning mafkura, qarashlar, ilmiy-texnikaviy, madaniy yutuqlarni o‘zlashtirishi globallashuv tasiri ostida bo‘ladi. SHu borada, kimdir buni jahonning yangi tarkibi shakllanishida xalqlarning yaqinlashuviga, iqtisodiy farovonlikka ijobiy tasir etadi, deb (K.Omae, P.Draker, T.Piters, S.Reysmit, S.Xantington va b.) hisoblasa, boshqalar (Z.Bauman, N.V.Zagladin, F.Fukuyama, G.P.Martin, X.SHuman, M.G.Delyagin, V.I.Dobrenkov va b.) globallashuv milliylikning yo‘qolishi, bir mamlakatning boshqa yirik ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan davlatlarga qaramligini oshiradi deb qaraydilar.Jumladan, “Fransuz olimi Jak Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni ishlab chiqadi:
1. Liberal yondashuv. Globallashuv faqatgina obektiv jarayon emas, foydali fenomen sifatida iqtisodiy, ijtimoiy samaradorlikka olib keladi; 2. Madaniy yondashuv. Milliy madaniyatlar inqirozi tarixiy jamiyatlar to‘qnashuvi, “chatishgan madaniyat” ning paydo bo‘lishi”[4]. YUqoridagi yondashuvlardan farqli o‘laroq Golland tadqiqotchisi YA.N.Piters globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini taklif etadi. 1. “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi. Turli madaniyatga mansub jamiyat mamlakatlarining konfrontatsiyasi; 2. “Makdonaldlashuv”. Transmilliy kompaniyalar amalga oshirayotgan moderinizatsiya ostida (vesternizatsiya, evropeizatsiya, amerikanizatsiya) madaniyatlari gegemonlashuvi. 3. “Gibridlashuv”. Halqaro munosabatlar ostida umumiy, aralash madaniyatning paydo bo‘lishi”[5]. SHunday qilib, globallashuv ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi uchun uni sharhlashda ancha muammolarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish maqsadida jahonda globallashuv tasiri ostida bo‘layotgan jarayonlarni to‘liq va mukammal tahlil etib ko‘rishga to‘g‘ri keladi.Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, manaviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro tasir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Albatta, globallashuv tushunchasiga berilgan tariflar juda ko‘p. Masalan, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi globallashuv jarayonining uch belgisini quyidagicha keltiradi: 1) globallashuv bu – doimiy davom etuvchi tarixiy jarayon; 2) globallashuv bu – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; 3) globallashuv bu – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni[6]. XX asr o‘rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, yani tashkillashuvi kuchaygandan so‘ng, bu jarayonning o‘zi ham shiddatli tus oldi. Bugungi globallashuv jarayonida asosiy etibor iqtisodiyot sohasiga qaratiladi. Ammo, bu jarayonning manaviyatga, madaniyatga tasiri ijtimoiy fanlarda etarlicha tadqiq etilmagan. Globallashuv – yangi falsafiy mavzu. Ming yilligimizning oxiriga kelib, insoniyat tarixida dunyodagi hayotni umuman boshqa yo‘nalishga burib yuborgan globallashuvni guvohi bo‘ldik. “Globalizatsiya”- “gloub (inglizchadan “globe”, yani Yer shari), “global” (“global”, yani butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, yani butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T.Levittning 1983 yilda “Garvard biznes revyu” jurnalida elon qilgan maqolasida qo‘llanilgan edi. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan[1].
Globallashuvning ilmiy muammo sifatida o‘rganish jarayoni esa Roland Robertson tomonidan 1985 yili uning jahonni yagona bir butun qilish maqsadiga qaratilgan obektiv jarayonlarning majmuasi sifatida aniqlangan davridan boshlangan.[2] Bu tushunchaga ana shu paytdan boshlab to hozirgacha turlicha qarashlar davom etib kelmoqda. Globallashuv jarayoni axborot inqilobi, ayniqsa, internetning rivojlanishi hamda moliyaviy bozorlarning integratsiyalashuvi bilan uzviy bog‘liq. Bugungi kunda globallashuv atamasi shunchalik mashhur bo‘lib ketganganki, uni XXI asr mahsuli desak mubolag‘a bo‘lmaydi. SHu o‘rinda, izohlash uchun xilma-xil yondashuvlar, nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning hammasini sharhlab quyidagi xulosaga kelish mumkin: globallashuv halqlar, mamlakatlar transformatsiyasi, insoniyatning bir butunlikka integratsiyasini keltirib chiqaradi. SHu manoda, muayyan jamiyat o‘zidan etuk deb hisoblagan boshqa jamiyatning mafkura, qarashlar, ilmiy-texnikaviy, madaniy yutuqlarni o‘zlashtirishi globallashuv tasiri ostida bo‘ladi. SHu borada, kimdir buni jahonning yangi tarkibi shakllanishida xalqlarning yaqinlashuviga, iqtisodiy farovonlikka ijobiy tasir etadi, deb (K.Omae, P.Draker, T.Piters, S.Reysmit, S.Xantington va b.) hisoblasa, boshqalar (Z.Bauman, N.V.Zagladin, F.Fukuyama, G.P.Martin, X.SHuman, M.G.Delyagin, V.I.Dobrenkov va b.) globallashuv milliylikning yo‘qolishi, bir mamlakatning boshqa yirik ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan davlatlarga qaramligini oshiradi deb qaraydilar. SHu asnoda nafaqat oddiy o‘quvchi, balki o‘z mustaqil mushohada-mulohazasiga ega bo‘lgan odamlarda ham globallashuv jarayoni tasirida jahonning yangi tarkibi yoki bo‘lmasa millatlarning totuvligini taminlovchi madaniyati, manaviyati qanday bo‘lishi to‘g‘risida gumon-shubhalar, ikkilanishlar paydo bo‘lishi tabiiy. Bir necha yillik tadqiqotlari natijasida A.CHumakov “Globallashuv ijtimoiy hayotning barcha sohalarning, manaviy qadriyatlar, dunyoqarash yo‘nalishlarini universallashuviga olib kelishi bilan birga, ananaviylik, o‘ziga xoslik va madaniy xilma-xillikni saqlashni istisno qilmaydi”[3] , - degan xulosaga keladi. Bunday davrda shaxs murakkab ijtimoiy muhit sharoitida faoliyat ko‘rsatishga majburdir. Bundan tashqari, globallashuv masalasiga oid zamonaviy bahslar ushbu muammoni yanada chigallashtirib yubormoqda hamda yangi muqobil g‘oya, nazariyalarning paydo bo‘lishiga turtki bermoqda. Jumladan, “Fransuz olimi Jak Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni ishlab chiqadi: 1. Liberal yondashuv. Globallashuv faqatgina obektiv jarayon emas, foydali fenomen sifatida iqtisodiy, ijtimoiy samaradorlikka olib keladi; 2. Madaniy yondashuv. Milliy madaniyatlar inqirozi tarixiy jamiyatlar to‘qnashuvi, “chatishgan madaniyat” ning paydo bo‘lishi”[4]. YUqoridagi yondashuvlardan farqli o‘laroq Golland tadqiqotchisi YA.N.Piters globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini taklif etadi. 1. “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi. Turli madaniyatga mansub jamiyat mamlakatlarining konfrontatsiyasi; 2. “Makdonaldlashuv”. Transmilliy kompaniyalar amalga oshirayotgan moderinizatsiya ostida (vesternizatsiya, evropeizatsiya, amerikanizatsiya) madaniyatlari gegemonlashuvi. 3. “Gibridlashuv”. Halqaro munosabatlar ostida umumiy, aralash madaniyatning paydo bo‘lishi”[5]. SHunday qilib, globallashuv ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi uchun uni sharhlashda ancha muammolarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish maqsadida jahonda globallashuv tasiri ostida bo‘layotgan jarayonlarni to‘liq va mukammal tahlil etib ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Globallashuv hodisasi va globalistika. Bugun globallashuv jarayonining turli mamlakatlarda o‘tkazayotgan tasiri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy, manaviy va boshka sohalardagi salohiyatiga bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy tasirini kamaytirish va ijobiy tasirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim. Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, manaviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro tasir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Albatta, globallashuv tushunchasiga berilgan tariflar juda ko‘p. Masalan, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi globallashuv jarayonining uch belgisini quyidagicha keltiradi: 1) globallashuv bu – doimiy davom etuvchi tarixiy jarayon; 2) globallashuv bu – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; 3) globallashuv bu – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni[6]. XX asr o‘rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, yani tashkillashuvi kuchaygandan so‘ng, bu jarayonning o‘zi ham shiddatli tus oldi. Bugungi globallashuv jarayonida asosiy etibor iqtisodiyot sohasiga qaratiladi. Ammo, bu jarayonning manaviyatga, madaniyatga tasiri ijtimoiy fanlarda etarlicha tadqiq etilmagan. CHetdan o‘tkaziladigan mafkuraviy tasirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan avval qanday tasirlarni maqullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish zarur. Hozirgi kunda birorta ham xalq yo‘qki, u boshqa xalqlar madaniyati va manaviyatidan to‘lik to‘silgan bo‘lsa. qolaversa tarix boshqa xalqlar manaviyatidan bahramand bo‘lgan xalqlar manaviyati yuksaklikka erishganidan guvohlik beradi. Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari manaviyatiga hurmat bilan qarash, kerakli joylarini o‘rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina manaviyat cho‘qqisiga erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Bizga tasir o‘tkazayotgan yoki tasir o‘tkazmoqchi bo‘layotgan g‘oyalarni qay birini qabul qilish va qay birini rad etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy tahlil lozim. Ana shunday tahlilni o‘tkazish uchun bazan hafsalasizlik, baza XX asr insoniyat taraqqiyotida ko‘plab yirik o‘zgarishlar, tarkibiy siljishlar, buhronlar (krizislarga) asri sifatida o‘rin oldi. Insoniyat o‘z taraqqiyot yo‘lida hamkorlikda va hamjihatlikda hal etishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘lami, sohalari tobora orta bormoqda. YAngi ming yillikda bu o‘zgarishlar yanada chuqurlashuvi va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib borishi tabiiydir. Globallashuv o‘z mohiyati jihatidan koinotimizdagi har bir inson, har bir davlat, qolaversa jahon hamjamiyatini befarq qoldirmaydigan va uni faqatgina xamkorlikdagina hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni o‘z tarkibiga oladi. Global jarayon asosiy ziddiyati shakllanayotgan umuminsoniy turmush tarzi bilan milliy turmush tarzlari o‘rtasidagi farq va tafovudlarni umumiy maxrajga olib kelishi masalalari bilan bog‘likdir. Ammo umumbashariy turmush tarzlarining ijobiy, asosli, barcha millatlar va elatlar qabul qilgan jihat va hislatlarini umumlashtirish asosida quriladi. SHu nuqtai nazardan olganda, har bir xalqning turmush tarzi uziga hos ijobiy hislat va xususiyatlarini saqlab qolgan holda, umuminsoniy mazmunga ega bo‘lib, barcha xalqlarning asosiy talablariga javob berishi kerak. L.E.Grininning fikricha, “Globallashuv mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir”. U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi tarifni beradi. “Globallashuv bu jarayon, uning natijasida dunyo o‘zining barcha subektlariga yanada aloqador va yana ham bog‘liq bo‘ladi”. 2006 yilda “Globallashuv” tushunchasi va uning turli sohalarga o‘tkazayotgan tasirini aniqlashga bag‘ishlangan jahonning etakchi olimlari hamkorligida “Globalistika mejdunarodnыy mejdissiplinarnыy ensiklopedicheskiy slovar” tayyorlanib elon qilindi. Unda globallashuv tushunchasiga olimlar turlicha tarif berganlar va uning tasir doirasini aniqlashga harakat qilingan. Lekin ko‘rinib turibdiki, globallashuvning milliy manaviyatga o‘tkazayotgan salbiy tasiri etibordan chetda qoldirilmoqda. Globallashuvning boshlanish davri bo‘yicha G‘arb olimlari ham turli fikrlarni ilgari surib kelmoqdalar. Jumladan, R. Kobden va J. Brayt kabi olimlar globallashuv to‘lqinlarini mamlakatlar o‘rtasida erkin savdoning amalga oshuvi va uning natijasida iqtisodiyotdagi o‘sish bilan bog‘laydilar hamda uning boshlanish davrini XIX va XX asr bilan chegaralaydilar. Ularning fikricha, Britaniya o‘zining dengiz, industriya va moliyaviy qudrati bilan globallashuv to‘lqinining birinchi bosqichi kafolati bo‘lgan. Ular globallashuvning ikkinchi bosqichi yoki tiklanishini 1970 yillarning oxirlarida informatika va telekomunikatsiyada sodir bo‘lgan inqiloblar asosida boshlanganligini takidlaydilar[7]. Aslida globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli daraja va ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. Dastlab, u stixiyali ravishda kechgan bo‘lsa, malum vaqtdan keyin iqtisodiyotni taraqqiy ettiruvchi omilga aylangan. Uning bu imkoniyatidan hamma manfaatdor bo‘lgan va bu jarayonning avj olishi XXI asrga kirib kelish davriga to‘g‘ri kelmoqda. Download 10.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling